Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Download 0,62 Mb.
bet12/160
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#216033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160
Bog'liq
makroiqtisodiyot

Mavzuga oid masalalar


    1. YaIM tarkibidagi qo’shilgan qiymatni aniqlang:




Ishlab chiqarish bosqichlari

Mahsulotning bozor narxi

Qo’shilgan qiymat

Paxta ishlab chiqarish

250




Ip ishlab chiqarish

330




Gazlama to’qish

380




Ko’ylak tikish

480




Tayyor ko’ylakning chakana narxi

590




Sotuvning umumiy qiymati

2030




Qo’shilgan qiymat

* * *





    1. Mamlakat iqtisodiyotining quyidagi ko’rsatkichlari asosida SIM (sof ichki mahsulot), Xn (sof eksport), ID (ixtiyoridagi daromad) va S (jamg’arma)ni aniqlang:

YaIM - 1700; yalpi investitsiyalar hajmi - 480; sof investitsiyalar hajmi - 300; uy xo’jaliklari iste’molining hajmi - 950; davlat xarajatlari - 230; davlat byudjetining ortiqchaligi - 20.

* * *


    1. Iqtisodiyot quyidagi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi:

YaIM - 600, uy xo’jaliklarining iste’moli - 320, sof investitsiyalar hajmi - 110, davlat xarajatlari - 90, eksport -120, import - 90, davlat byudjetiga tushgan to’g’ri soliqlarning hajmi - 40, egri soliqlarning hajmi - 30, tadbirkorlarga berilgan subsidiyalar - 25.

Aniqlang:

  1. amortizatsiya ajratmalarining hajmini;

  2. milliy daromadni;

v) davlat byudjetining ahvolini.

* * *


    1. Quyidagi ma’lumotlar asosida SIM, MD va ID aniqlang:




YaIM

6500

Amortizatsiya ajratmalari

500

Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi

300

Ijtimoiy sug’urta to’lovlari

320

Transfert to’lovlari

500

Korporatsiyalar foydasiga soliqlar

120

Shaxsiy soliqlar

610

Biznesga egri soliqlar

400

* * *


    1. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, yalpi ichki mahsulot va shaxsiy ixtiyoridagi daromadni aniqlang?

Shaxsiy iste’mol xarajatlari 245

Transfert to’lovlari 12

Ijara haqi 14

Amortizatsiya 27

Ijtimoiy sug’urta badallari 13

Mulkdan olinadigan daromad 31

Sof eksport 3

Dividentlar 16

Yollanma ishchilarning ish haqisi 221

Biznesga egri soliqlar 18

Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi 21

Yakka tartibdagi soliqlar 26

Korporatsiyalar foydasiga soliq 19

Tovar va xizmatlarni davlat xaridi 72

Sof xususiy ichki investitsiyalar 33

* * *


    1. Faraz qilaylik, 3 xil ne’mat ishlab chiqarilmoqda va iste’mol qilinmoqda. Jadvalda ularning har birini miqdori va bir birligining narxi 2 yil uchun berilgan. Laspeyres indeksini, Paashe indeksini va Fisher indeksini hisoblang (2012 yil-asos qilib olingan yil).



Yillar

2012 yil

2013 yil

narx

miqdor

narx

miqdor

Bug’doy

10

10

15

8

Paxta

27

6

24

7

Avtomobil

655

3

425

5

* * *


    1. Iqtisodiyotda 3 tovar ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Jadvalda ularning ikki yildagi miqdori va narxi ko’rsatilgan. YaIM deflyatorini va iste’mol narxlari indeksini aniqlang.

Yillar




2012 yil




2013 yil




narx

miqdor

narx

miqdor

Soatlar

20

15

25

12

Futbolkalar

10

25

8

30

Sovutgichlar

750

5

950

8

III BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI.


ISHSIZLIK



    1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari

Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.

Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (tsikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (3-chizma).

Iqtisodiy davrlar to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining o’sish holati kuzatiladi.

YaIM



cho’qqi retsessiya cho’qqi

potentsial YaIM trendi

ko’tarilish

iktisodiy davr pasayishning quyi nuqtasi

vaqt t



3-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi

Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi.

Ko’tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish va to’liq bandlik darajasiga erishiladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko’rsatadi.

Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi. Masalan, avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo’l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo’ladi.

Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog’lashadi.

Bu jarayonni monetar siyosatga bog’laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqarish ko’lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni narxlashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o’z tovar va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O’z navbatida, ishlab chiqarishda

bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo’ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning o’sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.

    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish