dT T V
(3)
ifodani olamiz. Bu tenglama Klapeyron tenglamasi deyiladi va fazalar orasidagi muvozanatni ifodalovchi tenglamaning aniq ko‘rinishini ifodalaydi. Suyuqlikning
molyar hajmi bug‘nikidan juda kichik ekanligini ( V suyuq<< V bug‘) hisobga olib, (3)
tenglamadagi
V Vbug ' Vsuyuq
o‘rniga
V Vbug '
deb olsak va Vbug '
o‘rniga ideal gaz
holat tenglamasidagi RT/p ni qo‘ysak, quyidagilarni keltirib chiqaramiz:
bug '
dp H f .o 'tish Hbug 'l p dT TV RT 2
(4)
dp d ln p Hbug 'l dT dT RT 2
yoki
d ln p Hbug ' l
dT RT 2
(6)
(6) tenglama Klapeyron tenglamasining taqribiy ko‘rinishi bo‘lib, Klapeyron- Klauzius tenglamasi deyiladi.
(6) tenglamani (5) dan keltirib chiqarishda bug‘ni kritik nuqtadan, ya’ni gaz holatidan uzoqda deb olingan.
tenglamadan bug‘lanish issiqligi uchun quyidagi ifodani keltirib chiqaramiz:
bug '
dp H f .o 'tish Hbug 'l p dT TV RT 2
(7)
tenglama ham Klapeyron-Klauzius tenglamasining taqribiy ko‘rinishidir.
Bug‘lanish issiqligining T ga bog‘liqligi ma’lum bo‘lsa, (5) ni integrallash mumkin (bunda Нbug‘. ni const deb olamiz):
R
d ln p Hbug 'l. T 2dT
(8) tenglamaning o‘ng tomonidagi integral ostidagi ifoda T 2dT 1 C
T
ga teng
bo‘lgani uchun:
ln p Hbug ' C
RT
(9)
tenglamadagi natural logarifmni o‘nli logarifm ko‘rinishiga o‘tkazsak:
lg p
Hbug ' l
2, 303 RT
(10)
bu yerda C va C` integrallash doimiysi.
ni quyidagi ko‘rinishda yozsak bo‘ladi :
lg p A B
T
(11)
Bu yerda
A Hbug 'l
2, 303R
va В = С`.
tenglama to‘g‘ri chiziq tenglamasidir, demak lgp ning 1/T dan bog‘liqligi chiziqli bo‘ladi.
Haroratning keng oralig‘ida chiziqli bog‘lanishdan chetlanishlar kuzatiladi, chunki ayrim taxminlar (tenglamani chiqarayotganda qilingan) o‘z kuchini yo‘qotadi. lgp = f(1/T) chiziqli bog‘lanishdagi burchakning tangensi tg =
bug‘l./2,303R ga va ordinata o‘qi bilan kesishgan nuqta C` ga teng bo‘ladi. Bundan bug‘lanish issiqligi uchun bug‘l.= tg 2,303R tenglamani olamiz.
(12)
Ko‘pincha р1 dan р2 gacha va T1 dan T2 gacha integrallaganda hosil bo‘lgan tenglamadan foydalanish qulaydir. (5) ni integrallaymiz:
d ln p
bug 'l.
T 2dT
p2 H T2
R
H
ln p
bug 'l.
2 1 R
1 1
(
)
(13)
T T
p1 T1
2 1
ln p2 Hbug 'l. (T2 T1 )
(14)
H 2,303R lg p2 / p1 T1 T2
(15)
p 2, 303RT T
bug 'l.
T T
1 1 2 2 1
Ushbu tenglama bo‘yicha bug‘lanish yoki sublimatlanish issiqligini hisoblasa bo‘ladi. Molyar bug‘lanish issiqligini topish uchun (15) ifodani moddaning molekulyar massasiga bo‘lib yuboriladi:
2,303R lg p2 / p1 T1 T2
(16)
bug 'l.
(T T ) M
2 1
Klapeyron-Klauzius tenglamasini kondensirlangan sistemalardagi fazaviy o‘tishlarga ham qo‘llash mumkin. Suyuqlanish jarayoni uchun (3) tenglamani quyidagi ko‘rinishda yozib olamiz:
dT
dp
T V
Hsuyuq.
(17)
bu yerda: dT/dp – bosimning bir birlikka o‘zgarishida suyuqlanish haroratining o‘zgarishi; T – suyuqlanish harorati, K; suyuq. – suyuqlanish issiqligi; V = Vs-Vq
– qattiq holatdan suyuq holatga o‘tish jarayonidagi hajm o‘zgarishi.
dT/dp hosilasining ishorasi suyuqlanish jarayonida hajm o‘zgarishining ishorasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar Vs>Vq va V>0 bo‘lsa, dT/dp>0 bo‘ladi, ya’ni suyuqlanish jarayonida suyuq fazaning hajmi qattiq fazanikidan katta bo‘lsa bosim ortishi bilan suyuqlanish harorati ortadi. Agar V<0 bo‘lsa bosim ortishi bilan suyuqlanish harorati pasayadi. Suv, vismut va boshqa ayrim moddalargina bunday xossalarni namoyon qiladi.
Kondensirlangan fazalardagi o‘zaro o‘tish haroratining bosimga nisbatan kuchsiz bog‘liqligini hisobga olib quyidagi
dT T dp p
T V
Hsuyuq.
(18)
tenglamani yozishimiz mumkin. Ushbu tenglamadan suyuqlanish issiqligi aniqlanadi.
AMALIY QISM
Usulning fizik ma’nosi: Dinamik usul suyuqlikning qaynash temperaturasidagi to‘yingan bug‘ bosimi tashqi bosimga tengligiga asoslangan. Suyuqlikning turli bosimlarda qaynash holatigacha olib borib, qaynash temperaturasi aniqlanadi va p=f(T) bog‘liqlik o‘rganiladi. Bunda tashqi bosim mustaqil o‘zgaruvchi bo‘lib, qaynash temperaturasi tajriba olib boruvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rnatiladi.
Ishning bajarilishi: qaynatgichga tekshirilayotgan suyuqlik quyiladi. Suyuqlikning o‘ta qizib ketishi va buning natijasida temperaturaning noto‘g‘ri o‘lchashni oldini olish maqsadida qaynatgich ichiga shisha kapillyar kirgiziladi. Qaynatgich sovutgich orqali sistemadagi havoni so‘rib olib vakuum hosil qiluvchi nasosga va bir tarafi ochiq bo‘lgan manometrga ulangan bo‘ladi. Sovutgichning vazifasi suyuqlik bug‘larining sistemaga hamda manometrga kondensatsiyalanishini oldini olishdir. Vakuum nasosdan oldin sistemaga qo‘shimcha idish ulangan bo‘lib, uning yordamida sistemaga bir tekisda havo kiritilishi boshqariladi. O‘rganilayotgan suyuqlikning xona temperaturasida qaynab ketishidan avvalroq, ya’ni bosim undan 20-30 mm s.u. ga yuqoriroq bo‘lganda sistemadan havo so‘rib olishni to‘xtatish lozim (masalan, suv uchun 18-20oC da ushbu bosim 35-45 mm s.u. ga teng), chunki yuqori vakuumda suyuqlik isitilmasdanoq qaynab ketadi va o‘lchashlarni olib borish mumkin bo‘lmasdan qoladi. Sistemadan havo so‘rib olingandan so‘ng nasos o‘chiriladi va darhol vakuum yo‘lidagi jo‘mrak havo bilan tutashtiriladi, aks holda atmosfera bosimi ostida nasosdagi moy vakuum yo‘lini to‘ldiradi. Sistemaning germetikligi tekshiriladi: agar 10-15 minut davomida sistemadagi bosimning o‘zgarishi 1-2 mm
s.u. dan ortmasa, sistema germetik hisoblanadi. Isitgich yoqiladi va isish tezligi
5oC/min atrofida bo‘lishiga erishiladi. Temperatura ko‘tarilishi to‘xtagach (ya’ni ushbu bosimda suyuqlik qaynash holatiga kelib, dinamik muvozanat qaror topgach), manometrning h1 va h2 hamda termometrning ko‘rsatkichlari yozib olinadi. So‘ngra vakuum sistemani atmosfera bilan ulovchi jo‘mrak ochiladi va bosim 10-15 mm s.u. ga o‘zgarguncha sistemaga havo yuboriladi. Bunda sistemada avval qaror topgan dinamik muvozanat buziladi. Yangi bosimga mos keluvchi muvozanat temperaturasi o‘rnatilguncha suyuqlikni qizdirishni davom ettiramiz va yangi dinamik muvozanat holatiga etishganda manometrning va termometrning ko‘rsatkichlarini yozib olamiz. Xuddi shu tartibda sistemadagi bosim atmosfera bosimi bilan tenglashgunga qadar 15-20 ta o‘lchashlar o‘tkazamiz.
Sistemadagi manometr ochiq bo‘lganligi sababli h = h2-h1 ning qiymati barometrda o‘lchangan atmosfera bosimi Patm. ning qurilma ichidagi bosimdan qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Shu sababli qaynash kuzatilayotgan bosim barometrik bosim bilan manometr ko‘rsatayotgan bosim orasidagi farqga teng bo‘ladi:
p=Patm.-h.
Ishning aniqligi suyuqlikning bir tekis qaynashiga bog‘liq bo‘lgani uchun, ayniqsa tajriba boshida sistemada yuqori vakuum bo‘lgan holda suyuqlikning sachrab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun tajriba boshlayotganda suyuqlikka yangi kapillyar tushirish foydalidir. O‘lchovlar termometrda 0,50C va manometrda 0,5 mm s.u. aniqligida olib boriladi.
Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yoziladi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |