Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ishtirokining amaldagi holati



Download 1,4 Mb.
bet74/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ishtirokining amaldagi holati


Aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishtiroki birinchi navbatda davlatning yoki davlat xo‘jalik boshqaruvi organ (xo‘jalik birlashma)larining aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi ishtiroki bilan belgilanadi. Ustav kapitalida davlatning ishtiroki mavjud aksiyadorlik jamiyatlari quyidagicha guruhlanadi:

  • ustav kapitali to‘liq davlat mulki hisobiga shakllantirilgan aksiyadorlik jamiyatlari;

  • ustav kapitalida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari;

  • ustav kapitali xo‘jalik birlashmalari (davlat xo‘jalik boshqaruv organlari) mulki hisobiga shakllangan aksiyadorlik jamiyatlari;

  • ustav kapitalida xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari;

  • ustav kapitalida davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari.

Ustav kapitali to‘liq davlat mulki hisobiga shakllantirilgan aksiyadorlik jamiyatlari davlat yagona aksiyador bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bunday aksiyadorlik jamiyatlari mamlakatimizda mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 oktyabrdagi PQ-2635- sonli “Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan oddiy aksiyalari 100 foizga davlatga tegishli bo‘lgan strategik ahamiyatga ega aksiyadorlik jamiyatlari sifatida quyidagilar belgilandi:

  1. «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi;

  2. «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati;

  3. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati;

  4. «O‘zbekiston havo yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati

  5. «O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati;

  6. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati;

  7. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati;

  8. Aksiyadorlik tijorat bank «Xalq banki».

Bunda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va «Navoiy kon- metallurgiya kombinati» davlat korxonasi qayta tashkil etish yo‘li bilan aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi belgilangan.
2017 yil 1 dekabr holatiga mamlakatimizda 610 ta aksiyadorlik jamiyati mavjud bo‘lib, unda davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari – 172 ta; xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari – 318 ta; davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlari esa 153 tani tashkil etgan (11.1-rasm). Aynan shu sanada respublika bo‘yicha umumiy aksiyadorlik kapitali 47,71 trillion so‘mni tashkil etgan holda uning 38,12 trillion so‘mlik qismi, ya’ni 79,9 foizi davlatga tegishlidir. Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining 75 foizida davlat va (yoki) davlat xolding kompaniyalari (xo‘jalik birlashmalari) ulushi mavjud.

11.1-rasm. Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ishtiroki holati, 2017 yil 1 dekabr holatiga43


Xorijiy davlatlarda esa davlatning aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi ishtiroki nisbatan past ekanligiga quyidagi jadval orqali guvoh bo‘lish mumkin (11.2-jadval).


11.2-jadval Listingdan o‘tgan kompaniyalarda mulkdorlar ulushi, foizda44



Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish