Mavzu: Oʻzbekistonda nodavlat va notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki Reja



Download 16,75 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi16,75 Kb.
#551578
Bog'liq
Oʻzbekistonda nodavlat va notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy


Mavzu: Oʻzbekistonda nodavlat va notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki
Reja:

  1. Oʻzbekistonda nodavlat va notijorat tashkilotlarining faoliyati.

  2. O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi .

  3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning holati va istiqbollari.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, jamiyat va davlat ishlari boshqarilishida ularning o’rni hamda ahamiyatini kuchaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida ham katta qiziqish uyg’otmoqda.Jumladan, Hindistonning “Sarkaritel” va “DiplomacyIndia” axborot-tahlil portallari mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari tutayotgan o’rin haqidagi maqolalarini e’lon qildi.Mazkur elektron nashrlarning yozishicha, yaqinda Parij shahrida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida O’zbekiston tajribasini ko’rib chiqishga bag’ishlangan davra suhbati chog’ida tadbir ishtirokchilari fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, jamiyat va davlat ishlari boshqarilishida ularning o’rni hamda ahamiyatini kuchaytirish, aholining ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etish sohalarida hayotga tatbiq qilinayotgan keng ko’lamli ishlar bilan yaqindan tanishgani hind o’quvchilarining e’tiboriga havola qilingan.“Sarkaritel” va “DiplomacyIndia” ma’lum qilganidek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini hayotga tatbiq etish doirasida ko’rilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar fransiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg’otgan.Mazkur axborot-tahlil portallari O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari qarorlarini ishlab chiqishda, qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashish huquqi mustahkamlanganini e’tirof etgan. Ular O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko’maklashish sohasidagi demokratik o’zgarishlar jamiyat va davlat qurilishining boshqa sohalaridagi demokratlashtirish hamda modernizatsiyalash jarayonlari bilan yaqin aloqadorlikda tizimli, izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ham alohida ta’kidlash joiz.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining nodavlat tijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ta’minlashga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilangan.Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi va hamkor sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

  1. Belgilansinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilgan (ma’lumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha oshiriladi,Nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan hamda uning ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bir oydan o‘n besh kungacha qisqartiriladi; Nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi; Nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo‘linmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bunda alohida bo‘linmalarni hisobga qo‘yish tartibi bekor qilinadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda — Jamoat fondi) mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining (keyingi o‘rinlarda — Assotsiatsiya) quyidagi takliflari ma’qullansin:

Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasini ajratib borish;
Assotsiatsiya va uning hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonini 44 nafar etib belgilash hamda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini ikki baravarga oshirish;
Assotsiatsiya markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarini zarur texnika, avtotransport vositasi, ofis anjomlari, mebel jihozlari bilan ta’minlash hamda boshqa moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Assotsiatsiyaga ikki hafta muddatda Assotsiatsiyaning yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Jamoat fondiga “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunida zarur mablag‘lar ko‘zda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.

  1. Assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlarida, sudlarda, xalqaro, xorijiy, shuningdek, boshqa tashkilotlarda ifoda etish hamda himoya qilish;
Nodavlat notijorat tashkilotlarini Assotsiatsiyaga birlashtirish, ularning faoliyatini yo‘naltirish, rivojlantirish, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirishga ko‘maklashish;
Nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro va xorijiy tuzilmalar hamda davlat organlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
Nodavlat notijorat tashkilotlari tashabbuslarini amalga oshirish uchun ularga qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
Mamlakatda demokratik jarayonlarni barqaror rivojlantirish va ilgari surishda a’zolar hamda hamkorlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish;
Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining tashkilotni samarali boshqarish, moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy muhim loyihalarni ishlab chiqish, ijtimoiy sheriklik va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, volontyorlarni, xayriya va boshqa resurslarni jalb qilish, ijtimoiy menejment, ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishlarida salohiyatini oshirish;
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari, kitoblar, mamlakatimizga mos nazariy yondashuvlarni ishlab chiqish.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

Assotsiatsiya rahbari bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi raisining, Assotsiatsiya hududiy bo‘linmalari rahbarlari esa — hududiy jamoatchilik palatalari raislarining nodavlat notijorat tashkilotlari masalalari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahatchilari hisoblanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini joylashtirish Assotsiatsiyaning tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Assotsiatsiyaga bir oy muddatda keng jamoatchilik takliflari asosida nodavlat notijorat tashkilotlarini “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga joylashtirish uchun tavsiyanoma berish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilsin.

  1. “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Assotsiatsiyaning xalqaro grant mablag‘lari hisobidan ilovaga muvofiq 2021-2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida fuqarolik jamiyati institutlari faollari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi fuqarolik tashabbuslarini amalga oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, mavjud muammolarning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash hamda shaxsiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi kovorking-markazlarini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kovorking-markazlarini tashkil etish, shuningdek, ushbu tashabbusning samarali va to‘liq amalga oshirilishida har tomonlama ko‘maklashsin.

  1. Belgilansinki:

Faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda ikki yoki undan ortiq ma’muriy-hududiy birlikda alohida bo‘linmalariga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari respublika nodavlat notijorat tashkilotlari etib e’tirof etiladi;
Faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi;
Hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish sohalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Vazirlik va idoralar belgilangan ijtimoiy sheriklik sohalaridan kelib chiqib, bir oy muddatda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalarining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Adliya vazirligi (M. Ikramov) vazirlik va idoralarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
Download 16,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish