Qaysi javobda aksiyadorlarning huquqlari noto‘g‘ri berilgan?
boshqa aksiyadorlar aksiyalarini o‘z nomidan sotish, aksiyadorlik jamiyatida xodim sifatida ishlash, tijorat sirini oshkor qilish;
aksiyadorlar reestriga kiritilish, depo hisobvarag‘idan ko‘chirma olish; dividendlar tarzida olish;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish, depo hisobvarag‘idan ko‘chirma olish, tegishli shartlar bajarilganda kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzod ko‘rsatish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish; aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish, aksiyalarni boshqalarga o‘tkazish.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan qo‘shimcha aksiyalar joylashtirilayotganda ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning imtiyozli sotib olish huquqi qaysi hujjatda belgilab qo‘yiladi?
ustavda;
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunda;
“Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi nizomda;
imtiyozli aksiyalar muomalasini tashkil etish bo‘yicha tartiblarda.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalariga ta’sir o‘tkazmaydigan aksiyalar egalari qanday nom bilan ataladi?
minoritar aksiyadorlar;
majoritar aksiyadorlar;
oddiy aksiyadorlar;
imtiyozli aksiyadorlar.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalariga bevosita ta’sir o‘tkazib, hal qiluvchi ahamiyatga ega aksiyalar egalari qanday nom bilan ataladi?
majoritar aksiyadorlar;
minoritar aksiyadorlar;
oddiy aksiyadorlar;
imtiyozli aksiyadorlar.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etilishi mumkinligi qaysi hujjatda belgilab qo‘yilishi lozim?
ustavda;
umumiy yig‘ilish qarorida;
ijroiya organi buyrug‘ida;
alohida hujjat talab qilinmaydi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli organlarga murojaatlar kiritish;
aksiyadorlik jamiyatlari sof foydasini taqsimlash, aksiyadorlar reestrini yuritish;
majoritar aksiyadorlar bilan hisob-kitoblar qilish, majoritar aksiyadorlar ulushini o‘z hisobidan sotish;
minoritar aksiyadorlar majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, minoritar aksiyadorlar dividendlarini markazlashgan tartibda taqsimlash;
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi a’zolarining soni qaysi hujjatda belgilab qo‘yiladi?
jamiyat ustavida;
umumiy yig‘ilish qarorida;
qo‘mita faoliyatini tartibga soluvchi nizomda;
ichki buyruqlarda.
Minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida har yili kimning oldida hisobot beradi?
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida;
minoritar aksiyadorlar yig‘ilishida;
kuzatuv kengashi yig‘ilishida;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi huzurida.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining qaysi tuzilma faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi?
minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi faoliyatiga;
ichki audit xizmatiga;
buxgalteriya bo‘limi faoliyatiga;
marketing bo‘limi faoliyatiga.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi o‘z faoliyatida haqli bo‘lmagan jihatni belgilang.
jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas;
ichki hujjatlarni ijroiya organidan so‘rab olishga haqli emas;
kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasiga nomzodlar kiritishga haqli
emas;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masala kiritishga haqli emas.
Minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mamlakatlar reytingi qaysi tomonidan tuziladi va qaysi hisobotda o‘z aksini topadi:
Jahon banki guruhi, “Biznes yuritish” hisoboti;
Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo kredit hisoboti;
Jahon banki guruhi, “Investitsiyalar” hisoboti;
Xalqaro moliya korporatsiyasi, “Soliq ma’murchiligi” hisoboti.
Minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mamlakatlar reytingi aniqlanishida aynan qaysi mezonlar baholanadi?
bitimlar haqida axborotlarni oshkor etish indeksi, direktorlarning javobgarligi indeksi; manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish indeksi, korporativ shaffoflik indeksi, aksiyadorlik boshqaruvi indeksi.
davlat aralashuvi indeksi, qonuniylik indeksi, raqobat indeksi, aksiyadorlik jamiyati daromadliligi indeksi;
kreditlash indeksi, adolatlilik indeksi, aksiyadorlik jamiyati daromadliligi indeksi, iqtisodiy sudlar amaliyoti indeksi;
soliq to‘lash bo‘yicha mamlakat reytingi, tadbirkorlikni ro‘yxatga olish reytingi.