Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki afzalliklari va kamchiliklari



Download 1,4 Mb.
bet72/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki afzalliklari va kamchiliklari


Afzalliklar
i

Kamchiliklari

  1. Strategik ahamiyatga ega iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat nazorati o‘rnatiladi;

  2. Strategik muhim tarmoqlarning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratiladi;

  3. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshiradi;

  4. Yirik aksiyadorlik jamiyatlari bankrotligining oldi olinadi va tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

  5. Davlat byudjeti soliqlardan boshqa daromadlariga ega bo‘ladi;

  6. Monopoliya tartibga solib turiladi va narxlar barqarorligi ta’minlanadi;

  7. Professional boshqaruv amalga oshiriladi va boshqalar.

  1. Davlatning haddan tashqari ko‘p aralashuvi korporativ tuzilmaning mustaqilligini chegaralaydi;

  2. Oltin aksiya asosida veto qo‘yish huquqining berilishi qarorlar qabul qilishning ortga surilishiga olib keladi;

  3. Veto qo‘yish huquqi davlat vakili tomonidan qaror qabul qilish aralashtirib yuborish holatlari uchraydi.

  4. Aksiyadorlik jamiyatlariga investorlarning qiziqishlari nisbatan past bo‘ladi;

  5. Xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

  6. Boshqa aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishiga olib keladi;

  7. Dividend amaliyotlari deyarli

kuzatilmaydi va boshqalar.

Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki strategik ahamiyatga ega iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat nazorati o‘rnatish orqali ijtimoiy- iqtisoiy taraqqiyot uchun muhim tarmoqlarning rivojlantirish imkonini beradi. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali davlat aholi turmush farovonligini oshirishga intiladi. Keltirilayotgan bu jihatlarga erishish uchun esa mamlakatda yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritishi muhim hisoblanadi.


Chunki yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati aholi bandligi va daromadliligi ta’minlanishida, davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi shakllanishida, keskin xalqaro raqobat sharoitida mamlakat eksport salohiyatini oshirishda va hokozolarda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu boisdan yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida, korporativ boshqaruvida davlatning ishtiroki moliyaviy- iqtisodiy inqiroz holatlarida ular bankrotligining oldini oladi va tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunga misol sifatida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitida Amerika qo‘shma shtatlarida milliy avtokontsernlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ustav kapitaliga davlat ulushini kiritish amaliti qo‘llanilganligini keltirishimiz mumkin. Dunyodagi eng rivojlangan davlat hisoblangan Amerika qo‘shma shtatlarida bunday amaliyotning qo‘llanilishini mamlakatning eksport salohiyatini saqlab qolish, tashqi ishlab chiqaruvchilarning amerika bozorini egallashlariga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatda ishsizlik darajasining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat byudjeti daromadlari qisqarishining oldi olish kabilarga qaratilgan chora-tadbir sifatida baholashimiz mumkin. Shu o‘rinda yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar davlat byudjeti daromadlarining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etishini ham qayd etish lozim. Bunda davlat ishtiroki yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonian to‘lanadigan dividendlarning ham bir qismiga egalik qilish orqali davlat byudjetining soliqlardan boshqa daromadlarini oshirishga imkon beradi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish orqali davlat narx barqarorligini ta’minlashi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab- quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ham qayd etish zarur.
O‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning korporativ boshqaruvdagi faol ishtiroki ma’lum bir muammoli holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatiga haddan tashqari ko‘p aralashuvi tadbirkorlik sub’ekti sifatida korporativ tuzilmaning mustaqilligini chegaralaydi. Bunda oltin aksiya asosida veto qo‘yish huquqining berilishi qarorlar qabul qilishning ortga surilishiga olib keladi va bu o‘z navbatida tezkor moliyaviy qarorlar qabul qilish shart bo‘lib turgan bir vaqtda korporativ tuzilma faoliyat samaradorligi pasayishiga olib keladi. Shuningdek kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari ma’lum bir qarorlariga veto qo‘yish huquqi davlat vakili tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaror qabul qilish bilan chalkashtirib yuborilish holatlari ham uchrab turadi. Bu masalalar o‘z navbatida davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlariga investorlar qiziqishlarini keskin pasaytiradi. Boshqa aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishi natijasida norozilik holatlari va korporativ nizolar yuzaga keladi. Qo‘shimcha ravishda xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan erishilgan foydaning yangi loyihalarga muntazam yo‘naltirilishi tufayli dividend amaliyotlari deyarli kuzatilmaydi.
Har bir mamlakatda yuqorida keltirilgan kamchiliklardan kelib chiqqan holda hamda xususiy sektorni keng rivojlantirish maqsadida davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtirokini kamaytirishga harakat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishmasalasi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 3.4-ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Unda quyidagi tizimli yo‘nalishlarga ham jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi:

  • davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib- taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;

  • korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;

  • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

Shundan kelib chiqqan holda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan “Iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirlarni qisqartirish va bozor mexanizmlaridan keng foydalanish kerak. Ya’ni davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarini tashkil etishni cheklash, bu borada bozorga xos mexanizmlarni ishlab chiqish, davlatning ayrim funktsiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish darkor”42, deya qat’iy ta’kidlandi.
Harakatlar strategiyasida belgilangan davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ishtirokini optimallashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi xorijiy investorlar qiziqishi ortishiga ham olib keladi.



    1. Download 1,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish