Qo‘llarda turish.
Qo‘llar oldinga – yuqoriga o‘zatilgan holatdan bajariladi:
bir vaqtning o‘zida qo‘llar bilan polga tayangan holda oldinga qadam tashlab,
boshqa oyoqni siltab, qo‘llarda turishga chiqiladi, oyoqlarni birlashtirib rostlanadi.
Muvozanat saqlab qolinadi.
Himoyalash va yordam:
siltanadigan oyoq tomondan turib, bir qo‘l bilan
yelka ostidan tutib, boshqa qo‘l bilan siltanadigan oyoqning tizzasidan yuqoriroq
qismidan tutib, turishga to‘gʻri chiqish tuchun yordam beriladi. Turishni o‘tirish va
boshqa holatlardan kuch bilan bajarish mumkin. Asosiy variantni egallab olgach,
turishni oyoqlar orasini ochish, bukish bilan murakkablashtirish, shuningdek,
turishning boshqa turlarini ham bajarish mumkin: tor, birlashtirilgan, keng va
boshqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |