Himoyalash (straxovka):
tayanch joyi yonida tizzada turib, bir qo‘l bilan
yelka ostidan ushlab turiladi, ikkinchi qo‘l bilan bo‘ksa ostidan turtib, oldinga
o‘mbaloq oshishni yakunlashga beriladi.
Orqaga o‘mbaloq oshish yelka orqali (engashib) bajariladi. O‘quvchilar bu
mashqni o‘tirgan holatdan oldinga engashib, kuraklarga tayangan holda orqaga
dumalab bajaradilar; so‘ngra yelkada asoiy holatga qaytib (qo‘llar bilan yonga
tayangan holda), ko‘krak orqali dumalab, bo‘ksalarga yotib tayangan holda
tugallaydilar. Boshda yoki qo‘llarda turib bajarishda orqaga dumalashdan so‘ng
tos-bo‘ksa qismlarini to‘liq yoyish va qo‘llarni tayanchga qo‘yish kerak, qo‘llarda
turib bajarishda esa bir vaqtning o‘zida tanani va qo‘llarni yoyish muhim.
Himoyalash:
yon tomonda turib, oyoqlardan ushlab oxirgi holatiga chiqishga
yordam beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |