14. «Quyonlar polizda» o‘yini
. Maydonchada diametri 8-10 m keladigan
aylana chiziladi, bu aylana polizni bildiradi. Uning o‘rtasida qorovul turadi
(onaboshi). Qolgan o‘yinchilarning hammasi – «quyonlar». «Quyonlar sakrab-
sakrab polizga kiradi, o‘tlarni, mevalarni uzib yetganday bo‘ladi va qaytib chiqadi.
Qorovul (onaboshi) ularni qo‘qqisdan ushlashga kirishadi. Poliz ichida qo‘l
tekkizilgan «quyonlar» ushlangan hisoblanadi. 3-4 quyon ushlangandan so‘ng,
boshqa onaboshi saylanadi. Bir marta ham qo‘lga tushmagan o‘yinchilar gʻolib
185
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |