17. «Kam ochko to‘plash» o‘yini.
Uch jamoa bir qatordan bo‘lib alohida-
alohida kolonnalarga saflanadilar. Start chizigʻidan 15-20 m narida uchala
komanalarning ro‘parasiga doira chizilib uning ichiga gimnastik tayoqacha
qo‘yiladi. O‘qituvchining signaliga ko‘ra har bir kolonnaning birinchi chizigʻidan
aylanagacha yugurib boradi va undagi tayoqchani olib, bir uchinchi yerga uch
marta uradi-da, joyiga qo‘yadi, so‘ngra yugurib start chizigʻiga qaytarib keladi va
kolonna oxiriga borib turadi. Birinchi bo‘lib yetib kelgan o‘yinchi bir, ikkinchi
bo‘lib kelgan esa ikki ochko oladi. Keyin ikkinchi bo‘lib turganlar yuguradi va
hokazo. O‘yin oxirida eng kam ochko to‘plagan jamoa gʻolib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |