12. «O‘ysiz quyon» o‘yini. Ikki boshqaruvchidan tashqari barcha
o‘yinchilar 3-5 kishi bo‘lib gruppalarga bo‘linadilar. Har qaysi gruppa qo‘l
ushlashib aylana hosil qiladi. Aylanalar maydonchaning har yer-har yerida bir-
biridan 3-6 qadam narida turadi. Har qaysi aylana uya hisoblanadi va o‘rtasiga
birinchi raqamli o‘yinchilar turib quyon nomini oladi. Boshqaruvchidan biri ovchi,
ikkinchisi esa uysiz quyon bo‘ladi. O‘qituvchining ishorasi bilan uysiz quyon
ovchidan qochib ketadi va o‘zi istagan uyaga kirib olishi mumkin, ammo u yerdan
184
quyon tez qochib chiqishi lozim, ovchi bo‘lsa uyadan chiqqan quyonni ta’qib
qilishda davom etadi. Ovchi quyonni tutib olsa, u holda ular o‘rin almashadilar.
Uyaga kirmasdan qochib yurishiga ruxsat etilmaydi.