8. «Bo‘sh o‘rin» o‘yini
. Boshqaruvchi o‘yinchidan boshqa hamma o‘yinchilar bir-
biridan bir qadam oraliqda aylana hosil qilib turadilar. Boshqaruvchi aylana
atrofida yura turib o‘yinchilardan birini asta turtadi va u yoxud bu tomonga qarab
yuguradi. Qo‘l tekkan o‘yinchi esa qarama-qarshi tomonga yugurib tezroq o‘z
o‘rnini, ya’ni bo‘sh turgan joyni egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofiga
yugurib kelib, bo‘sh joyni birinchi egallab olgan o‘yinchi o‘sha yerda turib qoladi.
Yetib kela olmagan o‘yinchi boshqaruvchi bo‘lib qoladi. O‘yin yana davom
ettiriladi. Yugurish musobaqasini oyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin.
182
Do'stlaringiz bilan baham: |