6. «Boyqushcha» o‘yini . Maydonchadan boyqushcha yashaydigan «uya»
ajratiladi. Qolgan o‘yinchilar esa kapalak, uchayotgandek harakat qiladilar, erkin
yugurib yuradilar. O‘qituvchi «tun» deganida hammalari taqqa to‘xtab,
kapalakning qanot qoqishi, chigiritkaning qo‘llariga tayanib turishi va hokazo
holatlarni ifodalangan holda qimirlamasdan turadilar. Xudi shu jamoadan so‘ng
boyqushcha uyasidan chiqib, kim uxlamayotganini tekshirib chiqadi. Kimda-kim
qimirlab qolsa, «boyqushcha» uni qo‘lidan ushlab o‘z «uya»siga olib ketadi. 15
sekunddan so‘ng o‘qituvchi «kun» deydi. shunda «boyqushcha» uchib ketadi,
hamma o‘yinchilar bemalol yugurib yuraveradilar. «Boyqushcha» kimni o‘z
181
«uya»siga olgan bo‘lsa, o‘sha o‘yinchiga jarima ochko beriladi.