11. «To‘p qo‘shniga» o‘yini
. O‘yichilar bir-birlaridan 3 qadam narida turib
aylana hosil qiladi. Onaboshi esa aylanining tashqarisida yuradi. O‘yichilardan biri
basketbol to‘pini ushlab turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha to‘pni ushlab
turgan o‘yinchi uni yonidagi qatorcha uzatadi, u esa keyingi o‘yinchiga uzatadi.
Onaboshi aylanaga kirmagan holda to‘pga yetib olishga va unga qo‘l tegizishga
harakat qiladi. Agar to‘pga yetib olib, unga qo‘l tengizsa, o‘yinchi bilan o‘z o‘rnini
almashadi. O‘yin davom etadi. To‘p olgan o‘yinchi yondagisi qolib, undan
naridagi o‘yinchiga to‘pni uzatib yuborishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |