364
axloqini, rus bosqini arafasidagi xalqning ahvoli, kayfiyatini teran tadqiq
qiladi. Buyuk tarixga, qudratli davlatchilik, madaniy, ma’naviy
an’analarga ega Turkiston o`lkasining tanazulliga yuz tutish, rus
imperiyasining mustamlakasiga aylanish sabablarini ochib beradi.
Qodiriyning asarlari XX asrning ko`plab balo-ofatlariga,
qora bulutli
kunlariga duch keldi va ulardan eson-omon chiqdi. Bu o`lmas asarlar
o`zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini,
qalblarini charog‘on etmoqda.
Cho`lpon
(1897-1938)-ko`p qirrali iste’dod sohibi edi. Cho`lpon
ehtirosli va yoniq asarlari bilan o`zbek xalqining milliy ongini
uyg‘otishda, uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda katta xizmat
qildi.
20-yillarda Cho`lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan
muxolifatga o`tgani va bu qarashlarini yashirmay, she’rlarida
oshkora
kuylagani tufayli, uni millatchiga chiqarib qo`ydilar. Qo`yilgan
aybnomalarini isbotlash uchun asosiy dalil sifatida “Buzilgan o`lkaga”
she’rini keltirdilar. Chindan ham bu she’rda sovet voqeligini madh etish
yo`q. Bu tom ma’noda vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan she’r.
She’rda ulug‘ o`lka boshiga tushgan fojealar, haqsizliklarga,
adolatsizlikka qarshi, ona yurtning erki va ozodligi uchun kurashga
undovchi misralar bor.
Adibning “Kecha va kunduz” romanida Turkistonning zulmga,
jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to`la hayotini ochib bergan.
Turkistonning tuganmas dardlarini, jarohatlarini anglash va anglatish,
uni birlikka, erkka, mustaqillikka chorlash va bu yo`ldagi fidoyilik har
uch adib ijodining mushtarak jihatini tashkil qiladi.
Hamza
o`z she’rlarida faqat ma’rifatga chaqirish bilan cheklanmaydi,
u qadimiy Turkistonning siyosiy-ijtimoiy ahvolini o`ylaydi,
muxtoriyat
g‘oyalarini ulug‘laydi. Masalan, uning “Turkiston muxtoriyatiga” degan
she’rida “islom davlati”ni bir sanjoq ostida birlashishga chaqiradi, “arab,
turk, qobil, hindiston” kabi xalqlardan tashkil topgan “islom millatini
ahillikka, ittifoq bo`lib ish yuritishga” undaydi.
Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda,
milliy san’at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg‘onada “O`lka
Sayyor” siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori - Yoqubov,
Y.Egamberdiyev, H.Islomov, M.Kuznetsovalar shu teatr qaldirg‘ochlari
bo`ldilar. O`sha yili Mannon Uyg‘ur Toshkentda “Turon” jamiyati
qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik O`lka Davlat namuna teatriga
aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari-Abror Hidoyatov,
Muzaffar
365
Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma
Qorieva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va
ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Fitrat, G‘ulom Zafariy,
Cho`lpon, Qodiriy, ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini
sahnalashtirdi.
Shu yillarda Qori ¨qubov tomonidan birinchi bo`lib o`zbek xalq
musiqa ansambli tashkil etildi. 1926-yilda esa yuzaga kelgan birinchi
o`zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o`zbek xonanda,
aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929-yilda uning zaminida Samarqandda
O`zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Aynan o`sha
davrlarda atoqli
o`zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo`lishgan: Tamaraxonim va Qori
¨qubovlar Parij va Berlin(1925)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. 1936
yilda O`zbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi ijrochilik san’atini
ma’lum darajada tizimlanishiga asos bo`ldi. O`zbek xalq cholg‘u
asboblari orkestri, ashula va raqs ansambllari, xor kapellasi, simfonik
orkestr uning tarkibida ish boshladi.
Oktabr to`ntarishidan so`ng, respublikamizda bir qancha ilmiy va
o`quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan
Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot
institutlari
faoliyat ko`rsata boshladilar. Tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya,
zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya
ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, respublikada 20-yillar oxiri-30 yillar boshida Tropik
tibbiyot instituti, Tibbiy parazitologiya va gelmintologiya ilmiy-tadqiqot
instituti, Suv xo`jaligi tajriba-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy
muassasalar tashkil qilindi.
30-yillarda respublikamiz hamda
mintaqada ilm-fan ravnaqiga
munosib hissa qo`shgan mahallliy millatga mansub olimlar yetishib
chiqdilar.
Ular:
T.Qori-Niyoziy,
T.Sarimsoqov,
S.Sirojiddinov,
O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal
o`sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo`yilishi, ilmiy-tadqiqot
ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini
takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo`mitasi ta’sis etilib,
1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O`zbekiston filiali (O`zFAN) tuzildi.
Shu davrdan O`zFAN O`zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi.
Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo`jaligi muammolari,
tarix,
til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va
366
matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy
tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.
1943-yilda O`zFAN asosida O`zbekiston Fanlar Akademiyasi
(O`zFA)
tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik
Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.
O`zbek matematika atamashunosligi asoschisi, taniqli matematik
Toshmuhammad
Qori
Niyoziy
zamonaviy
o`zbek
matematik
tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo`shgan olimdir.
Uning Beruniy mukofotiga sazovor bo`lgan uch jildlik “Asosiy matematik
analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi
o`zbek tilidagi original qo`llanma ekanligidadir. O`zbekiston xalqlarining
madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o`zbek matematika va
astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug‘bekning astronomiya maktabiga
oid asarlai ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: