Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Temuriylar hukmronligi (1405-1506-yy.) davrida ilm-fan va madaniy



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
Temuriylar hukmronligi (1405-1506-yy.) davrida ilm-fan va madaniy 
hayot
Garchi XV asr boshidan ichki nizolar, o`zaro kurashlar mamlakat 
ichki hayotiga salbiy ta’sir o`tkazgan bo`lsa-da, lekin temuriy 
hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo Ulug‘bek (1409-1449), 
Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-


234 
1469) davrlarida ichki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga e’tibor 
tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana 
Sharqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi.
Bu vaqtda nafaqat poytaxt Hirot va Samarqand, balki 
Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, 
shoiru-me’morlar, bastakoru-naqqoshlar guruhlari to`plana boshlaydi. 
Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz ham o`ziga xos madaniy 
markazlar rolini o`ynay boshlaydi. Tarixda ma’rifatparvar va oqilligi bilan 
nom chiqargan Shohruh (1405-1447) davrida asriy ilm-fan, madaniyat, 
an’analari qayta jonlana boshlagan edi. Shahar qayta qurila boshlandi. 
Hirotdagi eng gavjum joylardan biri Shohruhning o`g‘li Boysunqur 
tashkil etgan kitobxona nomini olgan joy bo`lib qoldi. Bu yerda o`z 
davrining eng sara kitoblari qayta ko`chirilar, sotib olinar va sotilar edi. 
Bu paytda hukmdor va amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san’at, 
amaliy san’at, hattotlik san’ati, ayniqsa, o`z rivojini maromiga yetkazdi. 
Mirak naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san’ati ham o`z 
faoliyatini shu yerdan boshlagan edi.
Hirotlik va xurosonlik ko`plab badavlat zodagonlar, savdogarlar 
ham ilm-fan, madaniyatga homiylik qila boshlaydilar. Masalan, Shohruh 
davrida yashagan taniqli zodagon Hoji Arslon tarxon o`zining 
ma’rifatparvarligi bilan nom chiqargan edi. Lekin, har holda hukmdorlar 
ichida ilm-fan, ma’rifat va madaniyatga yetarli homiylik qilgan shaxs - bu 
o`zi ham buyuk olim bo`lgan Mirzo Ulug‘bek hisoblanadi.
Mirzo Ulug‘bek uning zamondoshlari, muarrixlarning xabar 
berishlaricha sharq mutafakkirlari, ular orqali yunon mumtoz ilmiy 
asarlaridan xabardor bo`lgan. Ulug‘bek zamondoshi G‘iyosiddin 
Koshiyning yozishiga ko`ra, Mirzo Ulug‘bek o`ta zukko va juda ilmli 
shaxs bo`lib, Qur’oni karimni yod bilgan, arab va fors tillarini yaxshi 
bilib, tafsir va hadis ilmi bobida bilimdon inson bo`lgan. Ulug‘bek islom 
olamida ilk bora hukmdorlik va olimlikni birgalikda olib bordi. U 
Movaraunnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga 
harakat qildi. Xususan Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm-fan 
markazlariga aylandi. U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqandda, 1433-
yillarda G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik 
ishlariga bosh-qosh bo`lib, Go`ri Amir, Shohizinda me’moriy 
majmualarini oxiriga yetkazadi. Marvda ham bir qator diniy muassasalar 
qurdiradi. Hadisi sharifdagi ”Ilm olmakka intilmoq har bir muslim va 
muslima uchun ham farz, ham qarz” degan iborasi Buxoro madrasasi 
peshtoqiga shior sifatida o`yib yozdirib qo`yiladi. Xususan, u 


235 
Samarqandga o`z zamonasining yirik, taniqli olimlarini chorlashga 
harakat qilgan.
Uning sa’yi-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olimlari 
Samarqandga yig‘ildilar. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, o`z 
zamonasining “Aflotuni” deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin 
Koshiy, Muhammad Hafoviylar va boshqa taniqli zotlar ham bor edi. 
1420-yil Samarqand madrasasi ochilganda, unda 100 dan ziyod talaba 
o`qigan, madrasada 50 tadan ko`proq talabalar uchun maxsus hujralar 
mavjud bo`lgan. Zayniddin Vosifiyning yozishicha, 1420-yil Samarqand 
madrasasi ochilganida unda 90 tadan oshiq olim qatnashgan. Ilk 
ma’ruzani Mavlono Hafoviy o`qigan vaqtida, uni faqat ikki kishi -Mirzo 
Ulug‘bek va Qozizoda Rumiy tushungan xolos. Keyinchalik o`z 
zamonining taniqli kishilari Abdurahmon Jomiy, Xo`ja Axror va 
boshqalar ham Samarqand madrasalarida tahsil olganlar.
Shuningdek, Samarqandda bu davrda bir necha boshqa madrasalar 
ham bo`lib (Xonim, Feruzshoh, Shohmalik, Qutbiddin va boshqalar) u 
yerlarda ham salohiyatli olimlar dars berishar edi. 1424-1429 yillarda 
Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo`yida Mirzo Ulug‘bek 
rasadxona qurdiradi. Rasadxona o`sha davrning noyob inshootlaridan 
bo`lib, u doira shaklida barpo etilgan, imoratning aylanasi 47 m, 
balandligi 31 m.dan iborat 3 qavatli bino bo`lgan. Binoning ichi bir necha 
xona, aylana zal, maxsus tekshirish xonalaridan iborat bo`lib, u yerlarda 
maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan.
Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo`lib, 
xalq ichida shuning uchun “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat 
topgan edi. Samoni kuzatish va o`rganish borasida G‘iyosiddin Jamshid 
yordamida astronomik o`lchov asbobi-ulkan sekstant o`rnatildi. Bu 
sekstant, o`z navbatida, Sharqdagi eng katta astronomik asbob o`lchovi 
hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, Abu Mahmud 
Xo`jandiy, usta Ibrohim) qo`li bilan ko`plab zaruriy astronomik o`lchov 
asboblari ham yasaldi va o`rnatildi. Rasadxona qoshida, shuningdek, 
15.000 jilddan iborat boy kutubxona ham bo`lgan. Uning atrofida olimlar 
yashaydigan yer-chorbog‘lar Bog‘imaydon va Chinnixona nomi bilan 
shuhrat topdi. Ulug‘bek Samarqandda o`ziga xos astronomiya maktabini 
yaratdi. Rasadxonada Ulug‘bek bilan bir qatorda o`z zamonasining 
mashhur matematigi va astronomlari Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso 
ibn Muhammad), G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bekning shogirdi o`z 
davrining “Ptolemey”i nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi 


236 
(Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Rasadxonadagi tadqiqotlar natijasida 1018 ta yulduzning o`rni va 
holati (koordinatlari) aniqlanib, astronomik jadvali tuzildi. O`rta Osiyo, 
Yaqin va O`rta Sharq o`lkalari bo`ylab joylashgan 683 geografik 
punktlarning Samarqand kenglik koordinatlari bilan belgilab chiqildi. 
Matematika fani sohasida Ulug‘bek maktabi yaratgan-uning darajali 
algebrali tenglama yechilib, bir darajali yoyning sinusi aniqlangan.
Shu jihatdan buyuk olimning “Ziji jadidi Ko`ragoniy” 
(Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli asari diqqatga 
sazovordir. Bu asar 1437-yil yozib tugatilgan bo`lsa-da, olim umrining 
oxiriga qadar unga yangi natijalarni kiritib borgan. Bu asar ikki qismdan 
iborat bo`lib, unda keng muqaddima va 1018 ta yulduzlarning o`rni 
berilgan. Undan tashqari Ulug‘bekning “Tarixi arba’ ulus” (To`rt ulus 
tarixi) nomli tarixiy asari va musiqaga bag‘ishlangan beshta risolasi ham 
mavjuddir. Ulug‘bekning o`ta salohiyatli olim bo`lganligini uning 
zamondoshlari G‘iyosiddin Jamshid, Abdurazzoq Samarqandiy, 
Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar ham e’tirof etganlar. Jumladan, 
o`zbek adabiyotining asoschisi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy 
(1441-1501) bu xususda:
Temurxon naslidin Sulton Ulug‘bek 
Ki olam ko`rmadi sulton aningdek, 
deb unga o`z ta’rifini bergan edi.
Ulug‘bek davrida, shuningdek, Samarqand Sharqning madaniy 
markaziga aylanganligi uchun mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad 
Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, “Yusuf va 
Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli 
namoyondasi o`zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim 
Xorazmiy va boshqalar Ulug‘bek homiyligi ostida Samarqandda yashab 
ijod qildilar. Shuningdek, Sharqning ko`plab taniqli olim va shoirlari, 
fuzaloi-ulamolari Samarqandga tez-tez kelib turdilar. Ulug‘bek davrida 
o`ziga xos tarixnavislik maktabi ham paydo bo`ldi. XV asrdagi taniqli 
tarixchilar, “Zubdat at tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi) asarining 
muallifi Hofizi Abro`, “Matla as-sadayin va majmuai al-bahrayn” (Ikki 
dengizning qo`shilishi va ikki saodatli yulduzning balqishi) asarining 
muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as safo” (Jannat bog‘lari) 
asarining muallifi Mirxond, “Habib us siyar” (Do`stga maktub) va boshqa 
qator asarlarning muallifi Xondamir Ulug‘bek yaratgan madaniy sharoitda 
o`sib ulg‘aydilar. Ulug‘bek davridagi madaniy markaz, keyinchalik 


237 
”Ulug‘bek akademiyasi” nomini olib, dastavval mashhur fransuz 
yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e’tirof etilgan edi. 
Ajdodlarimiz tarixida 1010-yilda tuzilgan Ma’mun akademiyasidan so`ng, 
Ulug‘bek akademiyasi O`rta Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida 
yuzaga keldi.
Mustaqillik tufayli buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekning bizga 
qoldirib ketgan merosi haqiqiy jihatdan o`rganila boshlandi. 1994 yili 
Prezidentimiz tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik tavallud 
to`yi respublikamizda va jahonda keng nishonlandi. Qator ko`cha, tuman, 
shahar va inshootlarga Ulug‘bekning faxriy nomi berildi. Jumladan, 
Prezidentimiz farmoni bilan 1995 yili sobiq ToshDU, hozirgi O`zbekiston 
Milliy Universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi berildi. 
Ulug‘bekning vafotidan so`ng madaniy markaz Xurosonga, 
jumladan, uning poytaxti Hirotga ko`chdi. Hirot madaniy va ilmiy 
markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) 
(1469-1506) va ayniqsa, buyuk shoir va mutafakkir, g‘azal mulkining 
sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) roli nihoyatda beqiyos 
bo`ldi. Ma’rifatli hukmdor bo`lmish Sulton Husayn (Boyqaro) butun 
Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylanadi. Uning o`zi 
“Husayniy” taxallusi ostida g‘azallar yozgan. Bizning kunlargacha uning 
she’riy “Devon”i va nasriy “Risola” asarlari yetib kelgan.
Alisher Navoiy 1441 yili Hirotda taniqli barlos bahodiri xonadonida 
dunyoga kelgan. U yoshligidanoq nihoyatda zakovatli va zehnli bola 
bo`lgan. Uning besh yoshida yozgan g‘azaliga taniqli o`zbek shoiri Lutfiy 
o`z vaqtida katta baho bergan edi. Yoshligidanoq u temuriy shahzoda 
Sulton Husayn bilan do`st bo`lib, keyinchalik ular Xuroson hokimi 
Abulqosim Bobur (1451-1457) xizmatida birga bo`lganlar. Husaynning 
xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil 
ko`radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan 
Samarqandga ketishga majbur bo`ladi va u yerda ikki yilcha turib, o`z 
bilimini yanada takomillashtiradi. 1469-yili Xuroson taxti Sulton 
Husaynga tekkandan so`ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga 
kelib, avval muhrdorlik, so`ngra vazirlik lavozimida faoliyat ko`rsatadi. 
Jumladan, Alisher Navoiy o`zining vazirlik lavozimini egallagan vaqtida 
(1472-1476) mamlakatda iloji boricha osoyishtalik va adolat o`rnatishga 
harakat qiladi. Uning hatti-harakatlari natijasida shaharlar yuksaldi. Suv 
chiqarilib, ko`pgina yerlar obod qilindi, hunarmandchilik va savdo-sotiq 
ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma’rifat va madaniyat ahliga 
shaxsan o`zi homiylik ko`rsatdi. Garchi toju-taxt uchun kurashlarda va 


238 
fitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan oralari bir oz 
sovugan bo`lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning 
tayanch shaxslaridan biri bo`lib qoladi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan 
ketar ekan, sulton Navoiyga shohona to`n kiygizib, uning hech bir iltimosi 
hech qachon yerda qolmasligini aytadi. Alisher Navoiyning birgina o`zi 
300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo`ladi. 
Hirotdagi Injil daryosi bo`yida uning qurilish ishlari uchun maxsus er ham 
ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi “Ixlosiya”, “Shifoiya” 
majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va 
Mashhaddagi sug‘orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, 
Marvdagi madrasa shular jumlasidandir. El-yurt farovonligini o`ylagan 
Navoiy o`z daromadlarining aksariyat qismini hayriya ishlariga sarflaydi. 
Odamiy dersang demagil odamiy, 
Onikim yo`q xalq g‘amidin g‘ami, 
deb, o`z ta’rifini bergan edi shoir. Shaxsan uning mablag‘lari hisobidan 
52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko`prik, 9 ta hammom va boshqalar qurildi. 
Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq ahamiyatli bo`lgan 
va ta’mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va boshqalarni ta’mir etib 
o`z holiga qaytaradi. Jumladan, Navoiy ta’mir etgan Hirotdagi Jome’ 
masjidi hozirgi kunga qadar Hirot shahrining go`zal inshootlaridan biri 
hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi 
maktabining yetuk namoyondasi “Sharq Rafaýli” nomini olgan 
Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, 
hattotlardan - Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan-Husayn Uddiy, 
shoir va tarixchilardan-Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin 
Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond,, 
Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar yetishib 
chiqdilar. Alisher Navoiy ilk bora o`zga shoirlardan farqli ravishda turkiy 
tilda 1483-1485-yillarda beshta dostondan iborat “Xamsa” asarini yozdi. 
Navoiy o`z ona tili ko`rkamligi va jozibadorligini asarlarida namoyon 
etdi: 
Tortib turk nazmida alam, 
Ayladim ul mamlakatni yak qalam, 
degan edi shoirning o`zi.
Buyuk shoirning 20 tadan ziyod yirik asarlar 
mavjuddir. Ular “Xazoyinul maoniy”, “Lison ut tayr”, “Mahbub ul 
qulub”, “Majolisun nafois”, “Munshaot”, “Muhokamatul lug‘atayn”, 
“Mezonul avzon” va boshqalardir. Bular o`z ichiga tarixiy, falsafiy, 
ahloqiy mezonlarni olib, ularda insoniyatga xos bo`lgan barcha ijobiy 


239 
hislatlar ulug‘lanadi. Navoiy o`z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o`sgan yeriga 
nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi.
Navoiyning o`zi esa barkamol, komil inson qiyofasi uchun buyuk 
ramzdir. Ulug‘ shoirning o`lmas merosini o`rganish mustaqillik yillarida 
o`zining haqiqiy darajasiga chiqdi. Adibning barcha asarlari qayta chop 
etildi. Hukumatimiz qaroriga binoan, xalqimizning buyuk mukofoti 
ramzida Navoiy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi. O`lkamizda 
Navoiyning ulug‘ nomini bilmagan zot yo`qdir. Prezidentimiz 
tashabbusiga ko`ra, 1991 yili Alisher Navoiyning 560 yilligi juda katta 
tantanalar bilan nishonlanib, shoirning mahobatli haykali xalqimizning 
muqaddas ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad ko`tardi. 
XV asrning zabardast o`zbek shoirlari ichida, shuningdek Lutfiy, 
Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalarning ham nomlari ma’lum 
va mashhur bo`lgan. Jumladan, Navoiydan avval eng mashhur turkigo`y 
shoir Lutfiy (1366-1465) bo`lgan. Uning o`z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib 
asarlari mavjud bo`lib, bizgacha faqat mashhur “Gul va Navro`z” va 
g‘azallar devoni yetib kelgan xolos.
Bu davrlarda shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454 yili 
vafot etgan) Temur tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin Shomiydan so`ng 
yozilgan bir xil nomdagi “Zafarnoma” asari yaratildi. Fors-tojik 
adabiyotida, ayniqsa, mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi 
hamda do`sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk 
bo`ldi. Jomiy va Navoiyning do`stligi esa, tarixda xalqlarimiz 
ittifoqligining buyuk ramzi bo`lib qoldi. 
1499-yildan boshlab O`rta Osiyoga o`z yurishlarini boshlagan 
Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) temuriylar ichidagi ichki nizo va 
noittifoqlikdan 
foydalanib, 
Movaraunnahrga 
nisbatan 
istilochilik 
harakatlarini boshladi. Temuriy shahzodalardan, shu vaqtdagi yagona 
movarounnahrlik iqtidorli va harbiy sarkardalik mahoratiga ega bo`lgan, 
keyinchalik buyuk shoir va davlat arbobi darajasiga chiqqan Zahiriddin 
Muhammad Boburning (1483-1530) sa’yi-harakatlari ham o`zining 
tegishli natijasini bermadi. 1505-1506 yillarga kelib Shayboniyxon 
Xorazm va Movaraunnahrni to`liq egallaydi. Shayboniyxonga qarshi 
kurashish uchun yo`lga chiqqan Xuroson hukmdori Sulton Husayn (1469-
1506) 1506-yilning bahorida vafot etadi. Sulton Husaynning vorislari 
o`rtasida toju-taxt uchun kurash avj olib, natijada hokimiyat ikkita 
shahzodaga-Badiuzzamon Mirzo bilan Muzaffar Mirzolarga o`tadi. Qulay 
vaziyatdan foydalangan Shayboniyxon 1507-yili shahzodalarni tor-mor 


240 
etib, qattiq janglardan so`ng poytaxt Hirot va butun Xurosonni o`z qo`li 
ostiga oladi.
Shunday qilib, deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli 
Temuriylar saltanati o`z nihoyasiga yetadi. Temuriylarning oxirgi 
zabardast vakili Zahiriddin Muhammad Bobur 1525-yilgi Panipat 
jangidan so`ng shimoliy Hindistonni egallashga muvaffaq bo`ladi. 
Boburiylar sulolasi Hindistonda deyarli uch asr mobaynida hukmronlik 
qilib, ko`p holda temuriylarning shon-shuhratini bu yerda tiklashga 
muvaffaq bo`ladilar.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish