222
o`rtasiga kelib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o`tdi. “Uch yillik”
urush davrida Amir Teur Ozarbayjon, Tabriz,
Mozandaron, G‘ilonni
bo`ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum
va Van qal’asini egalladi.
Shunday qulay payt kelganidan, ya’ni Amir Temurning
Erondaligidan foydalangan To`xtamish Movaraunnahrga Qamariddin
etakchiligida qo`shin yubordi.
1388-yil yanvarida Amir Temurning
qaytishini kutgan dushman
orqaga qayta boshladi. Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir
va boshqalarga dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo`yidagi
Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga katta talofat yetkazdilar.
To`xtamish 1388-yil oxirida Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi.
Amir Temur esa urushga tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo`rg‘on)da
qarorgohini tikib, qo`shinlarini jangovar holatga keltirdi. Amir
Temur
dushmanning orqa tarafidan hujum qilish uchun Qo`ng‘i o`g‘lon, Temur
Qutlug‘ o`g‘lon, Shayx Ali Bahodir qo`mondonligidagi qo`shinlarni
yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo`ldi. Dushman tor-mor etilib,
To`xtamish zo`rg‘a qochib qutuldi.
1393-1394-yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy
qismi)da turgan paytda To`xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi.
Amir Temur Shekidan chiqib Qura daryosi bo`ylab yurdi. Oltin
O‘rdaliklar Amir Temur qo`shinlari kelayotganini
eshitib chekinishga
majbur bo`ldilar. 1395-yil aprelida Amir Temur va To`xtamish o`rtasida
urush harakatlari yana boshlanib ketdi. Jangning asosiy qismi o`ng
qanotda bo`ldi. Ushbu qanotda mushkul vaziyat paydo bo`lgan. Amir
Temur zahira qo`shin bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga majbur
qildi. To`xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi.
To`xtamish qo`shinining Terek daryosi bo`yida tor-mor etilishi va
1395 yilda Saroy Berkaning xaroba qilinishi Oltin O`rdaga juda kuchli
zarba bo`ldi. Shundan keyin u o`zini o`nglay olmadi.
Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa
mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket
borganligini urush
voqealari ko`rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba
hujum qilib bordi va 1387-yilda uni bo`ysundirishga muyassar bo`ldi.
Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo`ysundiradi.
Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda tamomlandi.
Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o`z
dushmanlarini erkin nafas olishga qo`ymagan. 1400-yilda Amir Temur
qo`shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib
223
bordilar. 1402-yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi
marta to`qnashdi va uni tor-mor etdi.
Amir Temur o`z qo`shinlari bilan 1404-yilning
oxirida Xitoyga
qarab yo`lga chiqqandi. O`sha yili qish O`rta Osiyo tarixida eng qahraton
qish bo`lgan. Sirdaryoning suvi 1 metga muzlagan, askarlardan ko`pini
quloq-burunlarini, qo`l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o`zi
ham ko`p o`tmay shamollab qoladi. 1405-yil yanvar oyining o`rtalarida
O`trorda to`xtashga qaror qilishadi va bu erda 18-fevral kuni buyuk
jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi.
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar
natijasida u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi.
Uning tarkibiga
Movarounnahr,
Xorazm,
Kaspiy
atrofidagi
viloyatlar,
hozirgi
Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va
G‘arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning
muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste’dodi sabab bo`ldi. Amir
Temur qo`shinida qat’iy tartib va intizom o`rnatilgan edi. Har bir jang
rejasini va barcha qismlar uchun yo`l-yo`riqlarni o`zi ishlab chiqardi.
Uning harbiy iste’dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda
ayniqsa yorqin namoyon bo`ldi. Armiyaning yuragini va qo`mondonlik
o`zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi. Shu davr voqealarining
shohidi
bo`lganlarning
guvohlik
berishicha
barloslar
harbiy
qo`nimsizlikka
nihoyatda chidamli, yoydan o`q uzishga juda usta, o`z
hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo`lganlar.
Mustaqillik sharofati hamda Respublikamiz Prezidenti I.Karimov
tashabbusi bilan sovetlar davrida unut bo‘lgan buyuk Sohibqironning pok
nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat qaror topib, 1996 yili Sohibqironning
660 yillik tavallud yoshi butun jahonda keng miqyosda nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: