10-mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida o`zbek
davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot.
Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi
va harbiy yurishlari
Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336-yil 8-
aprelda (hijriy 736, sha’bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo`ja
Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘ rayoni) qishlog‘ida barlos beklaridan biri Amir
Tarag‘ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takinaxotun Keshning
obro‘li bekalaridan biri bo‘lgan.
218
Temurning bolaligi va o`spirinlik yillari Keshda o`tdi. Ibn
Arabshoh, Rui Gonzales de Klavixo va boshqa tarixshunoslar 1360 yilga
qadar uning hayotini ayrim ma’lumotlar bilan izohlashadi.
1360-1361 yillarda Mo`g‘uliston hukmdori hoqon Tug‘luq Temur
Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning
bosqinchilik tadbirlari O`rta Osiyolik mustaqil hukmdorlarga ma’lum
bo`lganidan keyin ular sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh
amiri Hoji Barlosni ham kiritish mumkin. Tug‘luq Temur Xo`jandni
ishg‘ol etish niyatida Sirdaryodan o`tganidan so`ng Movaraunnahr
amirlari va Hoji Barlos qo`rquvdan o`z jonlarini xalos etish uchun
Amudaryodan o`tib Xurosonga ketib qoldilar.
1360-1370-yillarda Movaraunnahr siyosiy hayotida Amir Temur
bilan bir qatorda ta’sir o`tkazgan shaxslardan yana biri Amir
Qozog‘onning nabirasi amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-
mulklar uning tasarrufida edi. 1361-yilda Amir Temur amir Husaynga
yaqinlashgan edi. Endi ikkala hukmdor birlashib, mo`g‘ul xonlariga
qarshilik ko`rsatish imkoniga ega bo`ldilar. Ma’lumki, Amir Temur
mo`g‘ul hokimiga qaram edi. Vaqti kelib, Movaraunnahrni boshqarishni
Tug‘luq Temur o`z o`g‘li Ilyosxo`jaga topshirdi. Mustaqil bo`lishga
harakat qilib yurgan Amir Temur yangi hukmdorga itoat etmadi. Buning
oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron
Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda
bo`lgan davrlar 1361-1365-yillarni o`z ichiga oladi.
Amir Temurning hayotida ro`y bergan va bir umrga unga tan
jarohatini muhrlagan voqea 1362 yilda Seyistonda bo`lib o`tgan. Amir
Temur jang vaqtida o`ng qo`lini tirsagidan va o`ng oyog‘idan kamon o`qi
tegishidan qattiq jarohatlanadi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib
yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari Amir Temurni
hasad bilan “Temurlang” deb atashgan.
Tug‘luq Temur o`limidan so`ng 1363-yilda Movaraunnahr
tuprog‘idan haydalgan Mo`g‘ul xoni Ilyosxo`ja yangidan juda katta
lashkar bilan avvalgi mulklarini egallab olish maqsadida Movaraunnahr
tomon harakat qila boshlaydi. Mo`g‘ul xoni ayniqsa o`zining raqiblariga
nisbatan qahrli kayfiyatda ekanligi ham ma’lum edi. Temur va Amir
Husayn bo`lg‘usi qaqshatqich to`qnashuvga imkon boricha harbiy
kuchlarni yig‘dilar. Tarixda “Loy jangi” nomi bilan kirgan mazkur jang.
Chinoz bilan Toshkent o`rtasida 1365-yilning bahorida ro`y bergan. Amir
Temur va Amir Husayn Chirchiq daryosi bo`yidagi bu jangda
mag‘lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag‘lubiyat sabablarini, har xil bayon
219
etishadi. Ayrim solnomachilar mo`g‘ul xonining g‘olib chiqishida Amir
Husaynning sust va layoqatsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi.
Ehtimol shundandir, yoki mo`g‘ul xoni qo`shinining soni ko`pligi hamda
yaxshiroq tayyorlanganligi bu yutuqning asosiy omili bo`lsa kerak.
Qayta urinish behuda ekanligini anglab yetgan Amir Temur jang
maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomon
qaytib ketgan. Samarqand shahriga kelgandan so`ng bu yerda ham uzoq
turmasdan avvaliga Keshga so`ngra Amudaryo orqali Balxga o`tib ketadi.
Yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, bu paytda Movarounnahrning bosh
amiri Husayn edi. Biror qarorga kelish esa uning irodasiga bog‘liq
bo`lgan. Shu sababli Amir Temur ham uning ko`rsatmasi bilan, ko`p
hollarda Husaynning roziligi bilan ish tutishga majbur edi. Samarqand
shahri, qolaversa, butun Movaraunnahr o`z holiga tashlab qo`yildi.
Mo`g‘ul xoni changalidan qutilish samarqandliklarning o`ziga bog‘liq edi.
Bu sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o`z qo`llariga oldilar.
Sarbadorlar mo`g‘ullar zulmidan ozod bo`lish yo`lida o`zlarini
qurbon qilishga tayyor edilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-
yillarida Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo`lib, 50-60-
yillarda Movarounnahrga ham yoyildi. Harakat qatnashchilarining asosiy
maqsadi mo`g‘ul istilochilari va zulm o`tkazuvchi mahalliy qatlamlarga
qarshi kurash edi.
Xurosondagi
singari
Samarqandda
ham
bu
harakat
qatnashchilarning ijtimoiy tarkibi aynan bir xil bo`lgan. Hunarmandlar,
do`kondorlar ayrim madrasa mudarislari va talabalar mazkur harakatga
faol qo`shildi. Ilyosxo`ja to`g‘ridan-to`g‘ri Samarqandga tomon yo`l oldi.
Shahar jome’ machitiga yig‘ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo`lajak
rahbaridan biri bo`lgan, madrasa mudarrisi Mavlonozoda chiqib,
shaharning har bir a’zosidan katta miqdorda soliq va to`lov yig‘ib, uni o`z
bilganicha sarf etib yurgan hukmdorning shaharni o`z holiga tashlab
qo`yganligini uqtirib o`tadi.
Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Mavlono Xo`rdak
Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy ham qo`shildilar. Mudofaa tashkil
etilganligidan xabarsiz mo`g‘ullar hukmdorsiz shaharni himoyasiz deb
o`ylashardi. Ularning asosiy qo`shinlari shaharga kiraverishdagi bosh
ko`chadan
hujum
qiladilar.
Xavf-xatardan
shubhasi
bo`lmagan
bosqinchilar Mavlonozoda kamonchilari bilan pistirmada turgan joyga
yaqinlashganlarida to`satdan kamon o`qlariga duch keladilar. Shahar
mudofaachilari mo`g‘ullarga uch tarafdan hujum qildilar. Birinchi
220
hamladayoq shaharni egallaymiz deb o`ylab bostirib kirgan mo`g‘ullar
katta talofat ko`rib, orqaga chekinishga majbur bo`ldilar.
Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va
o`z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach, mo`g‘ullar
shahar atrofini qurshab olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o`ylab
chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi. Buni ot vabosi
(o`lati) deb atashadi. O`lat oqibatida Ilyosxo`ja qo`shinlariga mansub
otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo`ja katta yo`qotishlar bilan
dastlab Samarqandni keyin esa Movaraunnahrni tashlab ketishga majbur
bo`ldi.
Bu paytda Keshda bo`lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo
bo`ylarida bo`lgan Amir Husaynga etkazdi. 1366-yilning bahorida ular
Samarqandga etib keladilar va sarbadorlar rahbarlarini o`z huzurlariga
chorladilar. Uchrashuv Samarqanddagi Konigil degan joyda bo`ldi. Bu
erda sarbadorlarning rahbarlari bilan kelishmovchilik yuz beradi va ular
qatl etiladi. Amir Temurning iltimosi bilan faqat Mavlonozoda omon
qoldirilib, Xurosonga jo`natiladi. Sarbadorlar harakati bostirilgandan
so`ng Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi munosabatlar
keskinlashadi. Bunga
Amir
Husaynning
sarbadorlarga
nisbatan
adolatsizligi ham bir qadar sabab bo`lgan edi.
1366-1370-yillar oralig‘ida Amir Temur o`z e’tiborini ichki ishlarga
qaratdi. Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi ziddiyatlar 1370-yilda
Husaynning o`ldirilishi va Amir Temurning taxtga o`tirishi bilan
yakunlandi. Movaraunnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga
mansub bo`lgan Suyurg‘otmish qo`liga o`tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa
Movaraunnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo`lida qoldi, hamda Kesh
shahridan Samarqandga ko`chib, uni o`z davlatining poytaxtiga aylantirdi.
Amir
Temurning
Movarounnahrdagi
birlashtirish
siyosati
boshlangan edi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida turgan yerlarni o`ziga
bo`ysundirib, o`ziga itoat ettirdi. Farg‘ona, Shosh viloyatlarini o`z
tasarrufiga kiritish unga qiyin bo`lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi
Oltin O`rdaga qarashli erlarni egallashda u bu erlardagi ichki sulolaviy
urushlardan foydalandi.
Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movaraunnahrga kiritishga
intildi. 1372-yilda Husayn Sufi Amir Temurga boj to`lamasdan, buning
ustiga Sohibqiron tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi:
“Men mamlakatni qilich bilan fath etganman, shuning uchun ham uni
faqat qilich bilan olish mumkin”.
221
O`sha yili Amir Temur Xorazmga qo`shin tortib keladi. Urganchga
borish uchun Qiyot shahri orqali o`tish kerak edi, bu shahar bir oz
qarshilik ko`rsatgandan keyin Temur qo`shini tomonidan ishg‘ol qilinadi.
Qiyotning qo`ldan ketishi Xusayn Sufiga kuchli ta’sir ko`rsatadi. U Amir
Temur bilan yarashishga, uni talablarini bajarishga rozi bo`ladi. Lekin
ayrim hokimlar Amir Temurning tez baland martabaga erishishini
ko`rolmay Husaynni unga qarshi gij-gijlay boshladilar. Husayn ularning
yordamiga ishonib Amir Temurga qarshi chiqadi, ammo uning tomonidan
tor-mor etiladi. Shundan so`ng Husayn Urganch qal’asiga berkinadi va
tezda vafot etadi. Uning o`rniga akasi Yusuf So`fi (1372) hokimiyatga
keladi va Amir Temur bilan yarash shartnomasi tuzadi. Lekin u yarash
shartlarini xiyonatkorona buzib, Amir Temur qaytib ketgandan keyin
Qiyot shahrini bosib oladi va unga qarshi ochiqdan-ochiq dushmanlik
harakatlariga o`tadi. Shundan so`ng Amir Temur Xorazmga ikkinchi
marotaba yurish qilishga majbur bo`ladi. (1373-1374-y.). Ammo bu
harbiy to`qnashuvgacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba
qilib yarash shartlarini so`zsiz bajarishga va’da beradi. Bu ikkinchi yurish
natijasidan Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi.
1374-yildan keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish
qildi. Buning sababi Oltin O`rda xoni To`xtamishning Xorazmga da’vosi
tufayli edi.
1387-1388-yillarda To`xtamish, Amir Temurning Movaraunnahrda
yo`qligidan foydalanib, Xorazmga hujum qildi. Xorazm hokimi bo`lgan
Sulaymon So`fini Amir Temurga qarshi qo`zg‘olon ko`tarishga undadi.
Sulaymon So`fi bunga rozi bo`ldi. Bu voqealar Amir Temurni 1388-yili
Xorazmga yana yurishga majbur etdi. Temur Urganchni ishg‘ol qildi va
sufiylar sulolasini tugatdi.
Shu vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Yettisuvdagi va
Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari, Turkiston yerlarining hammasi
Amir Temur qo`liga o`tdi.
Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda
Do'stlaringiz bilan baham: |