Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari 
 
 
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan 
doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning 
boshlarida 
Qang‘ davlati
paydo bo‘ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya 
davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‘ 
davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‘rta Osiyodagi 
yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini 
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. 
II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib 
sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji 
qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha 
borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman 
Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining 
asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va 
Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar. 
Qadimgi manbalarda Qang‘ davlat hokimiyati qay tarzda idora 
qilinganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi 
tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang‘uy (Qang‘) 
podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib 
o‘tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qang‘ 
davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok 
etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda 
tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal 
qilingan. 
Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘linib 
ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu 
yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang‘ hukmdorlari 
mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning 
ko‘pchiligi Qang‘ davlatining kuchaygan davrlarida, ya’ni, mil.avv. II-I 
asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang‘arlarga qarashli beshta: 
Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o‘tiladi. 
Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug‘diyona va Xorazm 
hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar. 


88 
Manbalarda Qang‘ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi 
qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni O‘trorda (hozirgi Qozog‘istondagi Aris 
va Turkiston oralig‘ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent 
viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazganlar. O‘troq aholidan tashqari 
Qang‘ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‘lib, ular 
dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullanib 
kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, 
yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‘z an’anaviy 
qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang‘lar podsholari va beklari yirik 
chorvadorlar bo‘lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgi 
qarorgohlarida o‘tkazganlar. 
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi 
mil.avv. III-milodiy V asrlarda o‘troq hayot kechirganlar. Arxeologik 
tadqiqotlar natijalariga qaraganda, O‘tror, Oqtepa, Qorovultepa, 
Qovunchi, Choshtepa, Mingo‘rik xarobalari o‘rnida qang‘arlarning 
qo‘rg‘onlari va ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda 
yashovchi o‘troq xalqlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga 
nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan 
dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular arpa, bug‘doy, 
tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali 
daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida 
yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug‘ullanganlar. 
Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, misgarlik 
hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan 
juda ko‘plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli 
metallarni bir-biriga qo‘shib, mustahkam qurollar yasashni ham 
o‘zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib 
ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan. 
Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. 
Devorlarning tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib 
handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va 
shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari 
bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi 
yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud bo‘lgan. 
Qang‘arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan 
topib o‘rganilgan bo‘lib, fanda 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish