O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM
“IQTISODIYOT(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
ta’lim yo’nalishi 4-kurs (o’zbek) talabasi
Kambarova Muslimaning
Davlat byujeti va g`aznachiligi tizimi fanidan
Referat
Ro’yxatga olindi№ __________
Toshkent-2022
O`zbekistonda ijtimoiy siyosatni shakllanishi va uning ustuvor yo`nalishlari.
Kirish.
1. Oʻzbekistonda ijtimoiy siyosat: tizimli “qayta yuklash” va yangi imkoniyatlar.
2. Munosib daromad, yordam puli emas.
3. Bizning eng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyodlar
Kirish.
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.
2017 — 2020 yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylarda 50 mingga yaqin arzon kvartiralar barpo qilinadi. Xususan, 2017 yilda xuddi shunday ko‘p kvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog‘liq, desak, noto‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki, oqibatda u odamlar normal hayot kechirishlariga monelik qildi.
Bugungi kunda, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ayni paytda maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suvi bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi huzurida “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |