Referat Ro’yxatga olindi№ Toshkent-2022


Munosib daromad, yordam puli emas



Download 81,69 Kb.
bet5/6
Sana20.02.2022
Hajmi81,69 Kb.
#460907
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kambarova Muslima

2. Munosib daromad, yordam puli emas
Shuni ham taʼkidlas kerakki, aholining eng kambagʻal qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan yordam pullari bilan cheklanib qolmaydi. Asosiy maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratish.
Odatda kambagʻallikka tushib qolishdan koʻra, undan chiqish anchayin mushkul hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “avvalo, “toʻr belanchak” emas, balki “zina” vazifasini oʻtashi lozim” — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib turishdan koʻra, kambagʻallar toifasidan chiqarish vositasi sifatida koʻproq oʻzini koʻrsatishi zarur.
Masalan, Shimoliy Yevropa mamlakatlarida (Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya) umumiy bandlikka erishish va fuqarolarning barcha toifalari orasida daromad darajalarini tenglashtirish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Bu borada Prezidentimiz tomonidan belgilangan maqsad “kambagʻal oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini ish bilan taʼminlash” har qachongidan ham dolzarbdir. Bunday yondashuvning dolzarbligi koʻplab mutaxassislar tomonidan ham tasdiqlangan. Shunday qilib, Ijtimoiy siyosat instituti IOM iqtisodchilarining fikricha, “hukumat saʼy-harakatlarni yoʻnaltirishi kerak boʻlgan asosiy soha — bu mehnat bozoridir, chunki u inqirozning asosiy zarbasini oʻziga qabul qiladi”.
Qayd etish kerakki, inqirozga qarshi dastur doirasida, koronavirus pandemiyasi sababli ishsiz yoki xorijga ishlashga keta olmay qolgan 415 mingdan ortiq kishi allaqachon ish bilan taʼminlangan.
Ish oʻrinlari yaratish bilan birga, kam taʼminlanganlarga istiqbolda uzoq muddatga va moddiy ahvolini oʻz kuchi bilan yaxshilashga imkon beradigan shart-sharoitlar yaratishga katta eʼtibor berilmoqda.
Boshqacha aytganda, bunda eʼtibor ehtiyojmand qatlamga yordam puli berishga emas, balki ishlab pul topish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishga qaratiladi. Iqtisodiy istiqbol va kambagʻallikni bartaraf etish nuqtayi nazaridan bunday yondashuv eng oqilona va oʻrinli hisoblanadi.
Ish oʻrinlari yaratish bilan bir vaqtda, fuqarolarning tadbirkorlik borasidagi faolligi ham ragʻbatlantiriladi. Mamlakatimizda aholi, avvalo, mehnatga layoqatli odamlar sonini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish fuqarolar farovonligini oshirishdagi koʻplab masalalarni hal etadi.
Oʻzbekistonda oilaviy biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishni oshirishning eng ommaviy vositalaridan biriga aylandi. Bu maqsadlar uchun juda salmoqli miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Birgina “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun qoʻshimcha 2 trln. soʻm ajratilgan. Umuman, joriy yilda oilaviy biznes dasturlari uchun 4 trln. soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.
Ushbu yondashuvga talab mavjudligi va uning ishlashidan manfaatdorlikni tadbirkorlik faoliyati uchun 5 mingdan ortiq kishining qariyb 6 mlrd. soʻm subsidiya olgani ham dalolat beradi. Yil oxiriga qadar bunday subsidiyalarni oluvchilar soni 13 ming kishiga yetishi, ajratilgan mablagʻ esa 11,5 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. 
Kam taʼminlangan oilalarni ish va daromad manbai bilan taʼminlash nafaqat ularni inqiroz davrida ushlab turishga, balki yuz minglab odamlarning mustahkam oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Barqaror daromadga va oilasini taʼminlay olish imkoniga ega boʻlishi natijasida, insonlar qanday va qanaqa vositalar hisobiga yashash haqida bosh qotirmay qoʻyadi. El qatori yashay boshlaydilar, kelajakka ishonch bilan boqadilar va farzandlarini tarbiyalash, ilmli qilish borasida fikrlaydilar. Bunday koʻrinishdagi turmush tarzida odatda “har bir keyingi avlod oldingisidan muvaffaqiyatliroq va boyroq” qoidasi ishlab ketadi.
Shunday qilib, taʼkidlash mumkinki, ehtiyojmand fuqarolarning bandligini taʼminlash imkoniyatlarini yaratish bilan birga, maqsadli va toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari majmuining birlashtirilishi tanlangan strategiyaning xalq turmush darajasini yaxshilash va farovonligini oshirish borasidagi samaradorligini bir necha baravarga oshiradi.
Ana shu yondashuv tufayli “qashshoqlik tuzogʻiga” tushib qolgan minglab umidsiz fuqarolar oʻzini oʻnglash va ahvolini yaxshilash uchun samarali iqtisodiy ragʻbatga ega boʻldilar.
Kambagʻallik muammosini butunlay va qisqa vaqt ichida bartaraf etib boʻlmasligi tabiiy. Boshqa mamlakatlarning tajribasi shuni koʻrsatadiki, bu juda uzoq vaqt va mashaqqatli mehnatni talab etadigan jarayon. Biroq aynan oʻsha xalqaro tajriba bu muammoga har tomonlama va izchil yondashilsa, toʻgʻri amalga oshirilsa, kutilgan natijani berishini tasdiqlaydi.
Buni “Temir daftar” amaliyoti ham tasdiqlaydi. Birgina toʻrt oy ichida doimiy daromad bilan taʼminlanishi tufayli ehtiyojmand oilalarning 159 mingtasi yoki 40 foizdan ortigʻi “temir daftar” roʻyxatidan chiqarildi. Toshkent va Qoraqalpogʻistonda bu koʻrsatkich yana-da yuqori — mos ravishda 55 foiz va 58 foiz. Kelajakda kamida ana shunday ish surʼatini saqlab qolish mamlakatda qashshoqlikni qisqartirish yoʻlida ildam odimlash imkonini beradi.
Belgilangan rejalarni amalga oshirish natijasida, aholining kambagʻal qatlami nafaqat iqtisodiy oʻsishdan foyda koʻrishi, balki oʻzi ham iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshishi kutilmoqda. Bularning barchasi mamlakatdagi butun ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ijobiy multiplikativ taʼsir koʻrsatadi.1
Bugungi kunda, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ayni paytda maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suvi bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi huzurida “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir masala — yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti.
Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin vaqt ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingga yangi zamonaviy avtobuslar, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi.
Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda, temir yo‘l liniyalari qurilishi va elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari “bizning eng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta’kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so‘z aslida mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, o‘tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. Tarixiy o‘zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u endi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat e’tirofiga ham sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-istaklar ro‘yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo‘l bilan xalqimiz o‘z kelajagi poydevori yanada mustahkam bo‘lishini ta’minladi. Oliy va o‘rta ta’lim tizimi ham isloh etilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo‘ylashish, dunyo sahnasida munosib o‘ringa ega bo‘lishimizga zamin yaratadi.
Albatta, bunday yangilanishlar bugun barcha sohada yuz ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham o‘z faoliyatini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili Davlat dasturi doirasida tashkil etib, aholi farovonligi yo‘lida izchil ishlarni olib borayapti.
Bu borada dunyo tajribasi ham muhim ahamiyatga ega. Binobarin, Davlat dasturiga binoan, milliy mentalitetimizga mos keluvchi ilg‘or xorijiy tajribalarni qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yish va aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromad darajasini aniqlash, “iste’mol savati” tushunchasini hayotimizga amaliy qo‘llash mexanizmlarini yaratish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, dasturga ko‘ra, aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich ko‘tarish, ichki bozorda iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
Mehnat bozorida talab mavjud bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ayni vaqtda ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kengroq jalb etish ham muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Shularga mushtarak ravishda kasaba uyushmalarining ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalari Kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar uchun ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyati mana bularga yo‘naltirilmoqda.
Zaif qatlamlarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan’anaviy shakllarida mashg‘ul kishilar (norasmiy sektorda mashg‘ul, vaqtincha va mavsumiy xodimlar va boshqalar) hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, balog‘atga yetmaganlar, yolg‘iz keksalar va yuqori darajadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalarini ijtimoiy himoyalash, “Korporativ ijtimoiy mas’uliyat” hamda “Ijtimoiy mas’ul korxona” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni keng qo‘llash shular jumlasiga kiradi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali moddiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Chunonchi, 2017 yilning o‘zida kasaba uyushmalari tomonidan 3073 nafar mehnat faxriysi va keksaning respublikamizdagi tarixiy shaharlar hamda diqqatga sazovor joylari bo‘ylab ekskursiyasi tashkil etilgan bo‘lsa, 592 nafar yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning kommunal to‘lovlari qoplab berildi. Davlat bayramlari munosabati bilan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga 136,4 million so‘mlik maishiy texnika, kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar berildi. Ayni chog‘da jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 110 ming nafar keksa avlod vakili ish beruvchilar va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 41,9 milliard so‘m miqdorida moddiy qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi munosabati bo‘yicha nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik bo‘yicha pensiya, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugunga kelib ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti.
XMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini olishadi. Bu esa ko‘plab mamlakatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minotining yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.
Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan — xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va bu bilan u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarining beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi.
O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi.
Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi.
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.
2017 — 2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda 50 ming­­ga yaqin kvartirali, arzon, ko‘p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017-yilda xuddi shunday ko‘pkvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat ­metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlarning ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog‘liq, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki, oqibatda u odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi.
Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suv bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi qoshida maxsus “Toza suv” fondi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti.
Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi.
Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda temir yo‘l liniyalari qurilishi va elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda.

Download 81,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish