Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

birinchidan
, bu davrda aholining tabiiy 
hududlar bo‘yicha xo‘jalik jihatdan tabaqalanishi sodir bo‘ladiki, olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning 
asosan dehqonchilik bilan shug‘ullangan janubiy hamda asosan 
chorvachilik bilan shug‘ullangan shimoliy hududlarini ajratish va o‘zaro 
taqqoslash imkonini beradi. 
Ikkinchidan
, dehqonchilikka va ishlab 
chiqaruvchi iqtisodga erta o‘tish dehqonchilik jamoalari sonining ortishini 
hamda ilk shaharlarning rivojlanishini belgilab berdi va demografik 
jihatdan ta’sir ko‘rsatib ortiqcha aholining turli arxeologik madaniyatlarga 
va xo‘jalik yuritish tartibiga mansub bo‘lgan tabaqalarning ko‘chib 
ketishiga turtki berdi. 
Uchinchidan,
O‘rta Osiyo hududida murakkab 
etno-madaniy jarayonlarning sodir bo‘lishi, hozirgi zamon o‘lkamiz 
xalqlarining shakllanishida uzoq qadimga borib taqaluvchi mahalliy 
unsurlarning ustunligi qadimgi davrlar bilan bevosita bog‘liqdir. 
To‘rtinchidan
, aynan mana shu aholi ilk shaharlar madaniyatini 
rivojlantirish jarayonida o‘lkamiz hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning boshqaruvchilari bo‘lib, ularning ilk dehqonchilik 
manzilgohlari va dastlabki shaharsozlik madaniyatining yaratuvchanligi 
xususiyatini ham alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. 
Turli arxeologik madaniyatlar keng tarqalgan O‘rta Osiyo hududida 
so‘nggi bronza va ilk temir davrida kuzatiluvchi manzara muayyan 
tarixiy-madaniy jarayonlar o‘ta murakkab kechganligini ko‘rsatadi. 
Shimol chorvadorlari madaniyati - bu bronza davrining Andronov- 
madaniyati bo‘lib, Qozog‘iston hududlarini to‘la qamrab olib g‘arbda 
Volga orti cho‘llarigacha, sharqda Minusinsk havzasigacha cho‘ziladi. 
Chorvadorlar 
madaniyatining 
izlari 
o‘sha 
davrning 
ko‘pgina 
qo‘rg‘onlaridan aniqlangan bo‘lib, ulardan ko‘p sonli bronza va sopol 


59 
buyumlar, mehnat va jangovar qurollar hamda san’at asarlari topilgan. 
Ular qadimiyligi jihatdan Old Osiyodan keyinda turadi. 
Qadimda O‘rta Osiyoning shimoliy va janubiy viloyatlari aholisi 
bilan markaziy hududlar aholisining murakkab etnomadaniy aloqalari 
qizg‘in rivojlanib bu aloqalar mahalliy aholi hayotida katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan boshqa o‘xshash madaniyatlar taraqqiyotiga ham ta’sir 
o‘tkazgan. 
Ma’lumki, O‘zbekiston qadimgi tarixining juda katta davri yozma 
manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan 
holda o‘rganiladi. Qadimgi Sharq yozma manbalaridan (Hind, Ossuriya 
va Eron manbalari) ma’lumki, mil. avv. II ming yillikning o‘rtalari va 
oxirlari (bronza davri) - O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron 
tarixi - hind-eron qabilalari yoyilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Hind-eron 
qabilalari dastlab juda keng hududlarda - Volga, Ural va Janubiy Sibir 
oralig‘idagi yerlarda yashaganlar. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda aholi 
joylashuvi etnik hududlarining ajrala boshlashi mil. avv. IX-VIII asrlarga 
oid bo‘lishi mumkin. Mil. avv. VI asrda Erondagi ahmoniylar sulolasi 
podsholari yurtimizda yurish qilganda bu xalqlarning ajralib borish 
jarayoni butunlay tugagan va turli xalqlarning hududiy joylashuv 
chegaralari, viloyatlarning ma’muriy chegaralari ahmoniylardan ancha 
oldingi davrda paydo bo‘lgan. 
Ming yillar davomida O‘zbekiston hududlarida yashab o‘tgan 
qabilalar va elatlarning tarixi hamda madaniyati izsiz yo‘qolib ketmagan. 
Ushbu elatlarning ayrimlari ajdodlarimizning yirik guruhlarini tashkil 
etib, eng qadimgi yozma manbalarda tilga olingan. Ushbu manbalarning 
guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekistonning 
dehqonchilik vohalarida so‘g‘diylar, baqtriyaliklar va xorazmiylar 
yashaganlar. O‘rta Osiyo va Qozog‘istoning tog‘lari, dashtlari va 
cho‘llarida yashagan saklar va massagetlar chorvador qabilalardir.
Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida yurtimiz hududlarida 
joylashgan turli xalqlar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida 
gaplashganlar. Ularning etnik qiyofasi va tillari bir-biriga yaqin bo‘lgan. 
Shuning uchun ham so‘g‘dlar, baqtriylar, xorazmiylar, sak-massagetlar 
qarindosh xalqlar bo‘lib, bir-birlarini tushunganlar. Ayniqsa, dehqonchilik 
bilan shug‘ullanib o‘troq xo‘jalik yuritgan aholining moddiy va ma’naviy 
madaniyat bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish