Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar
Qadimgi aholi 
 
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo hudularidan topilgan 
piktografik belgi-yozuvlar bronza davriga oid bo‘lsa-da, ular hozircha 
kam sonli bo‘lib, qadimgi jamiyat haqida to‘liq ma’lumotlar bera olmaydi. 
Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid ayrim kam sonli topilmalar ham 
(Xorazm, sak yozuvlari) to‘liq emas. O‘rta Osiyo hududlaridan milloddan 
avval III-II asrlarga oid ko‘plab tanga pullar topilganki, ular qadimgi 
tarixni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to o‘rta 
asrlarga qadar yetib kelgan ko‘p sonli yozma manbalar ma’lumotlari ham 
muhimdir. 
O‘rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi 
yozma manbalar - zardo‘shtiylarning muqaddas diniy kitobi “Avesto”, 
ahmoniylar davri mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari 
hisoblanib, ularning barchasi yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uchun 
ham ularda ba’zi hollarda chalkashliklar va noaniqliklar, bir-birini inkor 
etish hollari uchrab turadiki, bu o‘rinda mavjud yozma manbalarni 
arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish nihoyatda 
muhimdir. Arxeologik ma’lumotlar yozma manbalar ma’lumotlarini 
kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy taraqqiyotning aniq 
yo‘nalishlarini ko‘rsatib, ma’lum davr haqidagi tasavvurlarimizni yanada 
boyitadi. 
Vatanimiz tarixini o‘rganishidagi dastlabki yozma manba sifatida 
“Avesto” katta ahamiyat kasb etadi. “Avesto” qachon va qayerda paydo 
bo‘lganligi tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo‘lmoqda. 
“Avesto” kitobi va zardo‘shtiylik dinining asoschisi Zaratushtra 


53 
(Zardo‘sht, yunoncha Zoroastr) paydo bo‘lgan va faoliyat ko‘rsatgan 
hudud haqida “Avesto”da keltirilgan geografik hududlarni o‘rganib xulosa 
chiqargan ko‘pchilik hozirgi tadqiqotchilar O‘rta Osiyo yoki hech 
bo‘lmaganda bu hududga qo‘shni bo‘lgan shimoli-sharqiy Eron degan fikr 
bildiradilar. Umuman olganda, “Avesto”ning vatani Xorazm yoki 
Baqtriya deb hisoblovchi olimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
“Avesto”ni fransuz olimi Anketil dyu Perron birinchi bo‘lib tadqiq 
etgan. 1755-1761 yillarda dyu Perron Hindistonning Gujarat viloyatida 
eron zardo‘shtiylarining avlodlari-parslarning urf-odatlari va diniy 
marosimlari bilan tanishib chiqadi hamda 1771-yilda “Avesto”ni fransuz 
tiliga tarjima qiladi. Dastlabki “Avesto” 21ta kitobdan iborat bo‘lgan. 
Bizgacha “Avesto”ning Yasna - “qurbonlik keltirish”, Visprat - “Hamma 
hukmronlar”, Yasht - “qadrlash”, Videvdat - “devlarga qarshi qonun” 
qismlari saqlanib qolgan. Bu qismlar Sosoniylar davrida (III-VI asrlar) 
tahrir qilingan. 
“Avesto”da ahmoniylargacha bo‘lgan geografik, hududiy nomlar, 
atamalar, ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar, siyosiy tarix, diniy falsafa va 
turli ma’lumotlar saqlangan. Unda jumladan shunday deyiladi: “O, 
Spitama Zaratushtra, yashaydigan joylarga, bu yerlarga baxtlik qancha 
kam bo‘lsada, tinchlik tortiq qildim. Birinchidan, odamlar yashashi uchun 
eng yaxshi mamlakatni, Vanxvi Datyo daryosidagi Aryonam Vayjoga 
(Eron tekisligi yoki ariylar o‘lkasi) asos soldim. 
Ikkinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va 
o‘lkalardan bo‘lgan Gava So‘g‘da (So‘g‘diyona) makoniga asos soldim. 
Uchinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va 
o‘lkalardan bo‘lgan qudratli Mouruga (Marg‘iyona) asos soldim. 
To‘rtinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va 
o‘lkalardan bo‘lgan, baland bayroqlari bo‘lgan go‘zal Bahdiga (Baqtriya) 
asos soldim”.
1
“Avesto”da tilga olingan juda ko‘plab mamlakatlar - O‘rta Osiyo va 
O‘rta Sharq, Afg‘oniston, Eronning shimoli-sharqiy hududlari bilan 
bog‘liqdir. Yasht qismlari ariylarning yerlari haqida quyidagicha e’lon 
qiladi: “U mamlakatning jasur sardorlari ko‘pdan ko‘p harbiy yurishlar 
qiladi, uning keng yaylovlarga ega, suvga serob tog‘larida chorva tinch 
o‘tlov va yemish bilan ta’minlangan, bu yerdagi sersuv chuqur ko‘llar 
to‘lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi 
1
Yozma manbalar haqidagi ma’lumotlar A.Sagdullayevning “Qadimgi O`zbekiston ilk yozma manbalarda” 
(T., 1996) kitobidan olinib qisman tahrir qilindi. 


54 
Pourutadagi Iskta, Xaravaydagi Mouru, So‘g‘ddagi Gava va Xvarizam 
tomoniga toshib intiladi”. 
“Avesto” ma’lumotlariga ko‘ra, eroniy sulolalaridan bo‘lgan 
Kayoniylar sulolasining so‘nggi vakillaridan biri Kavi Vishtasp 
payg‘ambar Zaratushtraga homiylik qiladi. Zaratushtra yashab faoliyat 
ko‘rsatgan davr haqida aniq fikr yo‘q. Tadqiqotchilar bu davrni mil.avv. II 
ming yillik o‘rtalaridan milodiy I ming yillik o‘rtalarigacha belgilaydilar. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikrlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, 
Zaratushtra mil.avv. I ming yillikning birinchi choragida yashab faoliyat 
ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar Kavi Vishtaspni Baqtriyada hukmronlik 
qilganini e’tirof etadilar. Avesto ma’lumotlariga ko‘ra, Kavi Vishtasp 
davrida davlat uyushmasi mavjud bo‘lgan. Misol uchun, Gatalarda 
Zaratushtra kichik hukmdorlarni urushlarni to‘xtatishga, kuchli va odil 
podsho qo‘l ostida birlashishga da’vat etadi. Aftidan, o‘sha paytdayoq 
kichik mulklarning yagona podsho hukmronligi ostidagi nisbatan yirik 
siyosiy uyushmalarga birlashuvi boshlanadi. Payg‘ambar Zaratushtra va 
shoh Vishtasp fikrimizcha, bu birlashuvning tashabbuskorlari edilar. 
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil.avv. II ming yillikka 
kelib, O‘rta Osiyoning janubida Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona hamda 
unga qo‘shni bo‘lgan hududlarda Baqtriya - Marg‘iyona arxeologik 
majmuiga kiruvchi yuqori darajada rivojlangan madaniy yodgorliklar 
guruhi mavjud edi. To‘g‘aloq, Gonur, Dashli, Oltintepa, Sopolli, 
Jarqo‘ton, Tillatepa kabilar shular jumlasidandir. Ularning ko‘pchiligi 
dastlabki shahar markazlari bo‘lib, ularda arki a’lo, shahriston, diniy 
markazlar hamda shahar oldi hududlari mavjud edi. Ya’ni ular o‘sha davr 
nuqtai nazaridan yetarli darajada rivojlangan shaharlar edi. Ko‘pchilik 
tadqiqotlardan bizga ma’lumki, ilk shaharlar davlatchilik paydo 
bo‘lishining muhim va asosiy belgisi hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar 
mil.avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlari qadimgi Baqtriya 
hududlarida davlatchilik ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganidan dalolat 
beradi. Ktesiy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mil.avv. II ming yillikning 
dastlabki asrlarida Baqtriya kuchli podsholik bo‘lib, mintaqada 
hukmronlik mavqeini qo‘lga kiritish maqsadida Midiya va Ossuriya 
o‘rtasidagi urushlarda ishtirok etadi.
Davlatchilik paydo bo‘lishining muhim belgilaridan biri jamiyatning 
ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi hisoblanadi. Ko‘pchilik manbalardan bizga 
ma’lumki, Avesto jamiyati quyidagi to‘rtta tabaqaga bo‘linadi: 1) qohinlar 
(atravanlar); 2) harbiylar (ratayistralar); 3) dehqon-chorvadorlar (vastrya-


55 
fshuyant); 4) hunarmandlar (xutlar). Jamiyatning bunday tabaqalashuvi 
qadimgi, ya’ni zardushtiylikkacha bo‘lgan a’analarni o‘zida aks ettiradi. 
Bu an’analar ayrim o‘zgarishlar bilan ko‘p asrlar, Avestodan keyingi 
davrlarda ham saqlanib qoladi.
Dastlabki ikkita tabaqa ancha imtiyozlarga ega bo‘lib, jamiyatni 
boshqargan. Ayniqsa, qohinlar juda yuqori mavqeda turganlar. 
Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib etish jarayonida podsho Vishtaspning 
eng yaqin odami va maslahtchisiga aylanadi. O‘sha davrdagi jamiyatning 
har bir bo‘lagi (yacheykasi) – uy, qishloq, voha va viloyat – o‘lka ma’lum 
unvoni bo‘lgan o‘z diniy yo‘lboshchisiga ega bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, 
davlatning bosh qohini «zaratushtrotem» unvoniga ega bo‘lgan. Undan 
tashqari «zautara» (diniy qo‘shiqlar ijrochisi), «aturpat» (olov bosh 
qohini), «xirpat» (ibodatxona va diniy tadbirlar boshlig‘i) kabi diniy 
uvonlar ham mavjud bo‘lgan. 
Podsho va uning yaqinlari kelib chiqqan harbiylar tabaqasining ham 
mavqei baland bo‘lgan. Jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchilari va 
moddiy yaratuvchilari dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar edilar. 
Avestoda qullar ham bir necha bor eslatib o‘tiladi. Ular tabaqalarga 
kirmagan va aftidan, jamiyat hayotida unchalik katta rol o‘ynamagan.
Jamiyatning boshqaruv tartibi haqida Avestoda ma’lumotlar 
saqlangan. Manbada keltirilishicha, oriylar o‘lkasi quyidagi to‘rtta 
ma’muriy hududiy birlikka bo‘linadi: 1-patriarxal oilaga tegishli bo‘lgan 
turar-joylar (nmana); 2-qishloqlar (vis); 3- tumanlar (zantu); 4-viloyat – 
o‘lka (daxyu). Ushbu birliklarning har biri o‘z yo‘lboshchisiga ega 
bo‘lgan: 1-nmanopati (uy boshlig‘i); 2-vispati (qishloq boshlig‘i); 3-
zantupati (tuman oqsoqoli); 4-daxyupati (viloyat –o‘lka yo‘lboshchisi). 
Eng yirik uyushma «daxyusasti» (viloyatlar ustidan hukmronlik 
yoki viloyatlar uyushmasi) edi. Bunday uyushmaning hukmdori «butun 
daxyular daxyupatisi» deb atalgan. Qiyosiy tahlillar asosida ahmoniylar 
davridagi «shohlar shohi» unvoni ushbu Avesto unvoniga borib 
taqalashini taxmin qilish mumkin. Avestoda shuningdek, «kavi», «sastar» 
va «xatra» kabi boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lgan unvonlar ham uchraydi. 
«Kavi» (forschada «kay») unvoni Avestoda ko‘p uchraydi. Bu unvon 
nafaqat katta o‘lkalar podsholari, balki kichik mulklar hukmdorlariga ham 
berilgan. Qal’alar, tumanlar va viloyatlar hukmdorlari «Sastar» unvoni 
bilan atalgan. «Hokimiyat», «qudrat» ma’nolarini beruvchi «xshatra» 
unvoni tumandan tortib o‘lkalar hukmdorlarigacha berilgan. Misol uchun, 
Bexistun yozuvlarida podsho Doro I ushbu unvon bilan tilga olinadi.


56 
Avestoda yig‘in yoki yig‘ilish ma’nosidagi «xanjmana» (yangi fors 
tilida «anjuman») so‘zi uchraydi. Aftidan, dastlabki paytlarda podsho 
hokimiyati saylab qo‘yilgan. Chunki, «Shohnoma» ma’lumotlariga ko‘ra 
kayoniylar (kavilar) sulolasining asoschisi Kayqubod kavilar umumiy 
anjumanida Eron podshosi qilib saylanadi. Avesto ma’lumotlariga ko‘ra, 
podsho (daxyupati) bir vaqtning o‘zida bosh harbiy va bosh qozi (sudya) 
hisoblanga. Podsho o‘zining harbiy drujinasiga ega bo‘lgan. Viloyat va 
harbiy holatlarda bu drujinalar shoh ixtiyorida bo‘lgan.
Mil avv. VI asrning o‘rtalariga kelib Erondagi Ahmoniylar sulolasi 
hukmdorlari Qadimgi Sharqdagi ko‘pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, 
O‘rta Osiyodagi Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, 
“Saklar o‘lkasi” ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatdilar. Ahmoniylar davrida 
bitilgan mixxat manbalarda O‘rta Osiyo xalqlari va viloyatlari haqida turli 
ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. 
Bu yozuvlar mil avv. VI -IV asrlarga oid bo‘lib, Eron hududlarida, 
xususan, Behistun va Naqshi Rustam qoyalarida, Suza, Persepol va 
Hamadon shaharlaridan topib o‘rganilgan. Bular orasida eng muhimi 
Behistun yozuvlari bo‘lib, u Doro I davrida yozilgan. Bu yozuvlarda Doro 
I bosib olgan o‘lkalar sanab o‘tiladi. Shuningdek, bosib olingan 
hududlarda forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar haqida ma’lumotlar beriladi. 
Suza shahridan topilgan yozuvlarda Doro I bunday e’lon qiladi: 
“Suzadagi saroyni men bino qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan 
olib kelingan. Uaka yog‘ochi Gadxaradan, oltin - Sard va Baqtriyadan, 
yaltiroq toshlar va lojuvard So‘g‘diyonadan, feruza-Xorazmdan, kumush 
va bronza Araxoziyadan, tosh ustunlar - Elamdan yetkazib kelingan.”
Persepol shahridagi saroy devorlarida baqtriyaliklar, xorazmliklar, 
so‘g‘dlar va saklarning o‘yib ishlangan rasmlari topilgan. Bu rasmlarda 
So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm va saklar o‘lkasidan bo‘lgan soliq 
to‘lovchilarning ahmoniylarga turli xil buyumlar (hunarmandchilik, 
tikuvchilik, zargarlik, harbiy qurollar) hamda qadimgi Sharqda mashhur 
bo‘lgan otlar va tuyalarni soliq sifatida olib kelayotgani tasvirlangan. 
Xullas, ahmoniylar davri yozuvlarida o‘lkamiz xalqlarining qadimgi 
tarixiga oid quyidagi ma’lumotlar saqlangan: viloyatlar va xalqlarning 
nomlari, ayrim siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy 
tuzum va moddiy madaniyat ma’lumotlari. 
Yunon-rim tarixchilaridan birinchi bo‘lib “tarixning otasi” Gerodot 
(mil.avv. V asr) O‘rta Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar beradi. Gerodot 
o‘zining mashhur “Tarix” kitobini mil. avv. 455-445 yillarda yozgan. Bu 
o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, Gerodot O‘rta Osiyo viloyatlarining 


57 
birortasida ham bo‘lmagan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyodagi xalqlar, 
viloyatlar joylashuvidagi nafaqat aniq, balki umumiy chegaralaridan ham 
bexabar bo‘lgan. O‘rta Osiyo viloyatlari haqida esa, o‘zi eshitgan 
hikoyalari, surishtirib bilganlari asosida yozgan. 
Tadqiqotchilarning hisobiga qaraganda, Gerodot “Tarix” kitobida 
Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, so‘g‘dlarni 2 marta, 
xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga 
olib ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya 
qilgan. 
Gerodotning O‘rta Osiyo to‘g‘risidagi asosiy fikrlari forslarning 
sak-massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To‘maris o‘rtasidagi siyosiy 
munosabatlar, ahamoniylar harbiy qo‘shinlari safida yurtimiz xalqlari 
jangchilarining ishtiroki, ularning yarog‘-aslahalari, yo‘lboshchilari, fors-
yunon urushlarida ularning jasorat ko‘rsatganligi, xalqlarning ahmoniylar 
davlatiga bo‘ysunishi va soliq tartibi, sak-massagetlarning turmush tarzi 
va diniy e’tiqodi va boshqa ayrim ma’lumotlardan iborat. 
Misol uchun Gerodot massagetlar haqida shunday xabar qiladi: 
“Bug‘doyni massagetlar ekmaydilar, chorvachilik va baliqchilik bilan 
(Araks daryosida baliq serob) shug‘ullanadilar hamda sut ichadilar. 
Massagetlar ichida ulug‘langan yagona xudo - bu Quyoshdir, Quyoshga 
ular otlarni qurbon qiladilar, chunki xudoga dunyodagi eng chaqqon - 
tezchopar jonliqni qurbon qilish lozim deb o‘ylaydilar”. 
Asli Kichik Osiyodagi Knid shahrilik bo‘lgan yunon tarixchisi 
Ktesiy ahmoniylar podshosi Artakserks (mil.avv. 404-359 yy.) saroyida 
tabiblik qilgan. Ktesiy qalamiga mansub “Persika” asarining katta bir 
qismi baqtriyaliklar tarixiga bag‘ishlangan. 
Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishlari, 
Baqtriyaning poytaxti va ko‘p sonli mustahkam istehkom va shaharlar 
haqida ma’lumotlar berib jumladan shunday yozadi: “Baqtriyadagi 
ko‘pdan ko‘p shaharlar orasida Baqtra nomli mashhur bir shahar bo‘lgan. 
Bu shahar mamlakatning markazi bo‘lib, ko‘p shaharlar o‘rtasida, baland 
va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podsho qal’asi 
joylashgan”. 
Yana bir yunon muallifi Ksenofont “Kiropediya” nomli asarida 
Ktesiy xabarlariga o‘xshash, Baqtra shaharlarining ossuriyaliklar 
tomonidan qamal qilinishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shuningdek, 
Ksenofont Kir II va Baqtriya urushlari haqida ham yozadi. 
Mil. avv. IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandarning 
Sharqqa qilgan yurishlari natijasida O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar 


58 
haqida ko‘plab yangi tarixiy-geografik ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Keyingi 
antik davr mualliflari (Arrian, Kursiy Ruf, Strabon va b.) asarlaridagi 
ma’lumotlar ilk antik davr mualliflarinikiga nisbatan kengroq berilgan. 
Makedoniyalik Iskadar yurishlari haqida yozgan tarixchilar asarlarida 
qadimgi O‘zbekiston viloyatlari, shaharlar, qal’alar, manzilgohlar, himoya 
devorlari, xo‘jalik va madaniy hayot haqida kengroq va batafsilroq 
ma’lumotlar olish mumkin. 
Olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijalari 
qiyosiy tahlil etilar ekan, qadimgi davrdagi O‘rta Osiyo hududida 
yashagan qadimgi aholi tarixini tadqiq etish bir necha sabablarga ko‘ra 
katta ahamiyat kasb etishi kuzatiladi. Ushbu ahamiyatli holatni 
quyidagicha izohlash mumkin: 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish