Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


X BOB. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA



Download 0,62 Mb.
bet95/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   234
Bog'liq
китоб

232
X BOB. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA
l.M a’naviy qadriyatlar - tarbiyaning omili
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o‘rtaga tashlagan eng
dolzarb muammolardan bin- ma’naviyat masalasi edi. Chunki, har
qanday jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy madaniy taraqqiyoti bevosita
uning ma’naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
LA.Karimov qayd qilganidek, bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojiantirish;
- insonni o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
- vatanparvarlikdan iboratdir.
Mazkur ma’naviy axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va
milliy qadriyatlar mushtarakligiga respublikamizning bargha
fuqarolarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishiga erishish
yotadi. Bir so‘z bilan aytganda shaxs tafakkurini o‘stirmasdan,
uning ma’naviy dunyosini boyitmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy jabhalaridagi vazifalami bajarish, milliy istiqlol mafkurasini to‘la-to‘kis yaratish mumkin emas.
Awalombor ma’naviyatning o‘zi nima-yu, ma’naviy qadriyatlaming axloq-odob bilan mushtarakligi bugungi tarbiyamizda qanday o‘rin egallash masalasiga to‘xtalib o‘tmoqni o'rinli deb o‘ylaymiz. Zeroki, ma’naviyatsizlik har qanday jamiyatning tanazzulga
olib borishi shak-shubhasizdir. Insonning ma'naviyati uning odobi,
xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy,
huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi.
Ma’naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj emas, siyosiy zaruriyat
Ьярп emas. Ma’naviyat insonning o‘z mohiyati oldidagi mas’ulligidir.
Shu o'rinda Yurtboshimiz LA.Karimov ma’naviyat tushunchasini quyidagicha izohlaydi.
233
“M a’naviyat - insonni ruhan poklanishi, qalban ulg‘ayishga
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquwat, iymon—
e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir”1.
Ma’naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy,
intellektual fazilatlar majmuasi. Har bir millatning ma’naviy
boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil
topadi. Ma’naviy meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona
egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlaming vazifasidir2. 0 ‘z
madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik
madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko‘tarishga
intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun ziyondir.
Ma’naviyatini yuksak darajada rivojlantirgan insongina o‘zligini va
nodir betakrorligini anglaydi, bugungi jamiyatning ravnaqi uchun
kurashda o‘zida kuch va qudrat topa oladi.
Asrlar davomida xalqning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida
yaratilgan qadriyatlarda olg‘a surilgan ilg‘or g‘oyalarni o‘z ongida
yaxlit shakllantirgan, ulaming mohiyatini amaliy faoliyatida
namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma’naviy
rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko'rsatadigan shaxs
ma’naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va umuminsoniy
ma’naviy qadriyatlardan to‘la bahramand bo‘lmagan, ona tilini
bilmagan jaimiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli tarzda
hissa qo‘shmagan inson ma’naviy qashshoqdir.
- Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir
fuqaroning o‘z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va
axloqiylikni qayta tiklash;
- o‘zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklami,
noyob tarixiy obidalami avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga
yetkazish tadbirlarmi ko‘rish;
- qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va
san’atni bilish va rivojlantirish;
- o‘zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa
^Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch». T. «Ma’naviyat». 2008 y.
10'sha asar.
234
xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda boiish;
- hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish;
- ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish;
- oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash;
- maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida umuminsoniy va
milliy qadriyatlaming mazmuni va mohiyatini chuqur o‘rganishga
erishi kabi shartlarini amalga oshirish yotadi.
Bir so‘z bilan aytganda, insoniyat paydo bo‘libdiki, hamisha
odamiylik qiyofasini, fe’l-atvorda o‘ziga yarashadigan xattiharakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan.
Hozirgi zamon kishisiga odob, xulq atvor qoidalari asrlar davomida
tarkib topib, takomillashgan. Bu fazilatlar har bir odamning bokiriy
va botiniy xislatlarida, o‘zini tuta bilishida, xatti-harakatida,
muomala-munosabatida o‘z ifodasini topgan.
Ma’naviy barkamollik «hayot qonunini ilmini idrok etish»
demakdir. Ilmni har qanday ko‘rinishi esa ta’lim -tarbiya orqali
ustoz-muallimlar boshchiligida beriladi.
Ushbu ma’noda umumta’lim maktablari mazkur masalani ha1
qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Bugungi ta’lim oldiga
qo‘yilgan muhim masala-umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
tayangan holda ta’ lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik
g‘oyasini kuchaytirish xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi,
ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlami ma’naviy madaniyatini
shakllantirisbdan iboratdir.
Zeroki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’Iim to‘g‘risida”gi
qonunida ham, ta’Iimda umuminsoniy va milliy madaniy
qadriyatlaming ustivorligi”1 ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy tamoyillaridan biri ekanligi ta’kidlangan.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy
madaniy qadriyatlaming ustivorligiga erish o‘quvchilarining
ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muhim omilidir.
Ayniqsa boshlangMch sinflardan boshlab murg‘ak qalblarda
axloq-odobga oid sodda tushunchalardan boshlab sekin-astalik
bilan milliy qadriyatlarimiz elementlarini singdirib borish katta
ahamiyatga ega, ular ta’lim-tarbiya jarayonida o'zbekona
235
ibratomuz urf-odatlarimizdan xabardor bo‘lib boradilar. Insoniy
fazilatlarni kichi1; hikoyalar, tanbehlar va rivoyatlar orqali anglab,
axloqan tarbiyalanadilar. Salbiy xislatlardan o‘zlarini saqlab, otabobolarimizdan meros qolgan udum va qadriyatlami tiklashga,
amal qilishga bissa qo‘shishga intiladilar. Bu esa ularning milliy
mafkuramizning asl mohiyati ni tushunishga olib keladi.
Eng asosiysi bizning davlat demokratik tamoyillarga
asoslangan holda, barcha mafkuralaming yashash huquqini
ta’minlovchi institut sifatida ish ko‘rishini tushunib yetadilar,
Shu sababli biz ma’naviy qadriyatlami ta’lim-tarbiya
jarayoniga kiritib yoshlami axloqan pok va ruhan tetik, sog‘lom
aqlli qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Shaxsning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga qo‘yiladigan
hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammolari dinamik
xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog'liqdir.
Bu muammoni falsafa, etnografiya, adabiyot sotsiologiya,
pedagogika, psixologiya, etika,estetika fanlari tadqiq etadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish