Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi



Download 0,62 Mb.
bet93/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   234
Bog'liq
китоб

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi
qoidasi.
0 ‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishda va rivojlantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma'naviy xususiyatlari hisobga
olinib, xalq pedagogika an'analariga suyangan holda ish ko‘rilishi
maqsadga muvofiq. Xalq pedagogikasining bola tarbiyasidagi boy
tajribalari hayotga to‘la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalaming
pedagogik qarashlari, Sharqona urf-odatlar, boy an'analari hayotga
joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlaming yuzaga
kelishiga sabab bo‘lgan. Xalqimizning ko‘p asrli qadriyatlarini,
ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni
anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas.
0 ‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni
yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita
bo‘lib xizmat qiladi. Ismoil-al Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy,
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy,
Sa'di Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Farididdin
Attor, Abdurahman Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk
mutafakkirlaming asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq, baxt,
insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik,
ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasawurga ega
bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
xususiyatlarini, ya'ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda
bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik
kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shu go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga ahamiyat berganlar.
Tarbiyada o ‘quvchilarning yosh va o ‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish qoidasi
Bolalar maktabda rivojlanishning turli
davrlarini bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik pallalarini bosib o‘tadilar.
Shu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, umuman atrofimizni
o‘rab olgan duoyo haqida aniq bilimlarga ega bo’ladilar. Ulamig
axloqi ham o‘zgarib boradi. Shu yillar ichida bolaning axloqiy
tuyg‘ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o‘rtasida uyg‘unlik vujudga
230
keladi, xarakteri tarkib topadi, o‘z xulqi va xatti-harakatlarini ehtiyojga va sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiyalanadi.
Bolalaming yoshi rivojlanish darajasiga ko‘ra ularga beriladigan tarbiyaning mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham
o‘zgarib boradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchi!ari maktabdagi o‘z asosiy vazifalarini: o‘zini maktabda, uyda, ko‘chada
qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday odatlar ularga
namuna ko‘ rsatish, tushuntirishyo‘li bilan singdiriladi. Bolalaming
yoshi ulg‘aygan sari ularga talab ham orta boradi. Shu tufayli o‘rta
va katta yoshdagi bolalami tarbiyalashda ulaming mustaqilligiga
suyanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalaming
kuchi va imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ulaming
kuchiga ortiqcha baho berib yuborish ham yaramaydi.
Tarbiya berishda о‘quvchilaming yosh xususiyatlaridan
tashqari, har qaysi bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish
ham katta ahamiyatga ega. Bolalaming yoshi, bo‘yi bir xil bo‘lsada, ulamig mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har
xil boiadi. Bu farqlar bolalaming xulqida, o‘qish va mehnatida aks
etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan muvofiq boigan tarbiya uslubini
boshqa bir o‘quvchiga nisbatan qo‘llaganda u kutilgan natijani
bermasligi mumkin. Sinfdagi o‘quvchilaming ba’zilariga oddiy
tanbehning o‘ziyoq samarali ta’sir ko‘rsatadi, ammo boshqa
o‘quvchilarga tanbeh berishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ba’zi bir
o‘quvchi ayrim axloqiy fazilatlami tezda uqib oladi va unga amal
qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil
sifatlami o‘zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar.
Ayrim о‘quvchilar o'zlarining faolliklari, saranjom-sarishtaligi, intizomliligi, fahm-farosati bilan o‘qituvchi va bolalar jamoasining ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘ladi!ar, boshqalari esa
intizomsizligi, pala-partishligi, betgachoparligi, bema’ni qiliqlari
bilan tezda “tanilib” qoladilar. Demak, har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqishi, his-tuyg‘ulari, kuchli va zaif jihatlarini aniqlab,
tarbiyaviy ishlarda ulami hisobga olish tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga
qo ‘ yish imkoniyatmi beradi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish