Nazorat uchun savol va topshiriqlar
344
XIII BOB. VIIASRJDAN XIV ASRGACHA BO‘LGAN
DAVRDA MAKTAB, TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR
TARAQQIYOTI
1. Islom dini g‘oyalarming ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Musulmon maktablarida fa’Hm-tarbiya mazmuni
Isiom dinining asoschisi va targ‘ibotchisi Muliammad ibn
Abdulloh 570 yilda Makkada quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tug‘iladi. Otasi Abdulloh Shorn safariga ketayotib Madina shahrida vafot etganda, yoshi 30 ga yetmagan edi.
Yosh Muhammad besh yoshi da onasi Ominadan ham ajraladi.
Shundan so‘ng uni bobosi Abdul Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Bu
chog‘da Abdul Mutallibning yoshi yuzdan oshgan edi. Ko‘p o‘tmay
u ham vafot etadi. Bobosining vafotidan so‘ng uning vasiyatiga
ko‘ra, hali voyaga yetib utgurmagan Muhammadni amakisi Abu
Tolib tarbiyalaydi. Ushbu yillarda u savdogarlik kasbining sirasrorlarini o‘rgana boshlaydi. Voyaga yetgach Makka shahrining
badavlat ayollaridan biri bo'lgan Xadichaning xizmatiga ishga
kiradi.
609-610-yillardan boshlab Muhammad payg‘ambar sifatida
yagona Allohga e'tiqod qilish g‘oyasini targ‘ib eta boshladi. Islom
dinining g‘oyalarini quraysh va boshqa qabilalaming a’zolari
o'rtasida targ‘ib etishda Muhammad alayhissalomga Xadicha har
jihatdan ko‘mak beradi, ular bir umr maslakdosh, ham fikr bo‘lib
qoladilar. Islom dini g‘oyalari targ‘ibotining dastlabki yillari
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning g‘oyaviy e’tiqodlariga qarshi kofirlar va Makka mushriklarining adovati tobora
kuchayib boradi. Bir necha urushlar bo‘ldi. Shundan so‘ng
Allohning izni bilan Makka shahridan Madina shahriga hijrat
etishga ruxsat bo‘ldi. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom
622 yilda o‘z sahoba va tarafdorlari bilan Madina shahriga yo‘l
oldilar. Musulmonlaming hijriy yil hisobi xuddi shu yildan
345
boshlanadi. Madinada qabilalar qo‘shilib, yangi ittifoq - jamoa
tuziladi. Bora-bora Madina shahrida musulmon jamoalari kuchli
davlatga aylanadi.
632. yilda Muhammad alayhissalom Makka shahriga yana bir
bor haj qiladilar, oradan uch oy o‘tgach, Madina shahrida vafot
etadilar.
“Qur’on” - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida “qiroat” ma’nosini
anglatadi. “Qur’on” 114 suradan iborat bo‘lib, ulaming 90 tasi
Muhammad alayhissalom Makka shahrida, 24 tasi esa Madina
shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo‘linganligi to‘g‘risida
manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. “qur’on” g‘oyalari kishilami
tenglik, birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi.
Shunga ko‘ra, u katta axloqiy qimmatga ega. “qur’on” g‘oyalarining ma’naviy-axloqiy xususiyatlari xususida so‘z yuritilar
ekan, uning insonning ma’naviy kamolga yetishida qay darajada
muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Shuning uchun u
mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug‘ qadriyati sifatida
e’zozlanib kelinmoqda. Qur’oni Karim kishilami tinch-totuv
yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr-muhabbat
ko‘rsatishga undaydi. Shunga ko‘ra u katta axloqiy ahamiyatga ega.
“Qur’on”ning axloqiy qimmati uning insonni ma’naviy kamolotga
erishishida rioya etishi lozim bo‘lgan talablami bir butun holda
mujassam eta olganligi bilan belgilanadi. Shu bois u necha
asrlardan buyon insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Ota-onaiar “Qur’oni karim” g‘oyalariga ko‘ra eng birinchi navbatda ehson ko'rsatilishiga loyiq
kishilar sifatida qayd etilgani holda ulaming haqlari belgilab beriladi. Ota-onaning farzand oldidagi haqqi quyidagilardan iboratdir:
- farzandga ota-ona xatti-harakatlarining malol kelmasligi;
- ota-ona bilan gaplashganda ulaming dillariga og‘ir botadigan
so‘z aytmaslik;
- ota-onaga ehtirom bajo keltirish;
- ota-onaga rahm-shafqat ko‘rsatish;
- ota-onaning haqlariga duo qilish.
346
“Qur’on”da faqat ota-ona emas, oilaning boshqa a’zolariga,
qarindoshlar, yetimlar, kambag‘allar, qo‘ni-qo‘shnilarga ham
yaxshilik qilish ta’kidlangan. “Niso” summing 36-oyatida “Otaonangizga ham qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh,
qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga,
yo‘lovchi musofirga yaxshilik qilingiz!” (58 bet) deya, kishilami
bir-biriga yaxshilik qilishga unday di. Bu oyat katta ijtimoiy-axloqiy
ahamiyatga ega. Chunki har bir oilaning mustahkamligi jamiyatni
mustahkamlashga, har bir yetimga g‘amxo‘rlik esa jamiyatning
taqdiri uchun harakat qiladigan ma’naviy yuksak insonni kamolga
yetkazishga olib keladi. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan totuvlik esa mahalla
hayotining tinch-totuv bo'lishini ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida
jamiyatning barqarorligiga olib keladi. Demak, yuqoridagi sura oila
va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam aloqa mohiyatini ham ifbda
etadi. “Qur5on”da sabr-qanoatga ham yuksak axloqiy fazilat
sifatida katta e’tibor beriladi. Shuning uchun ham sabr “Qur’on”da
eng ko‘p zikr etiladigan xislat bo‘lib, quyidagi xislatlami kamol
toptiradi. Shu o£rinda shijoat qiyinchiliklarga, iffat - shahvoniy
hirsga, halimlik esa jahlga sabr qilishning mezoni sifatida talqin
etiladi. “Qur’on”da ta’kidlanganidek, sabrli, sabotli bo‘lish - bu
qiyinchiliklarga bardosh berish, yomon kishilar tomonidan
yetkazgan nohaqliklarga chidash, boshga tushgan musibatlarga
nisbatan bardoshli bo‘lishdan iboratdir. Quyida keltiriluvchi
oyatlarda qayd etilgan fikrlarga rioya etish insonda sabr-toqat
hamda matonat kabi xislatlami tarbiyalaydi: “Va albatta, sizlami
xavf-u xatar, ochlik, mol-u jon va meva-chevalami kamaytirish
kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda:
“Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga
qaytguvchilarimiz”, deydigan sobirlarga xushxabar bering (Ey
Muhammad)! Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot
(ma’rifat) va rahmat bordir. Ana o'shalar haq yo‘lini
topguvchilardir” (“Baqara” surasi, 155-157-oyatlar).
Yuqorida keltirilgan oyatlar mazmunidan anglanadiki, sabrli
kishilar hayotda doimo to‘g‘ri yoini tanlab oladilar, har qanday
qiyinchiliklarga bardosh beradilar, musibatlar oldida bosh
egmaydilar. Qur’oni karim insonni sabr-bardoshli boiishga
347
undaydi. Bu esa har bir kishining eng oliy xislati sanaladi.
“Qur’on”da insonda tarkib topishi kerak bo‘lgan oliy xislatlardan
yana biri sadoqat deb ta’lim beriladi. Har bir jamiyatning ravnaqi
shu jamiyatda yashayotgan kishilaming o‘z vatani va xalqiga
bo‘Igari sadoqatiga ham bog‘liqdir. Zero, sadoqat bor joyda
ishonch, e’tiqod mavjud bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining vatani hamda
xalqiga nisbatan sadoqatli bo‘lishlari jamiyat ravnaqini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri
hisoblanadi. “Qur’on”da sadoqat barcha yaxshiliklaming
debochasi sifatida, shuningdek, rostgo‘ylik ma’nosida ham talqin
etilgan. Sadoqat o‘zgalaming omonatiga xiyonat qilmaslik, bergan
va’dasiga vafo etish kabi holatlami ham ifoda etadi. Shunga ko‘ra
Alloh musulmonlarni bir-birlariga sadoqatli bo‘lishga undagan:
“Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va iymonlarida sadoqatlilar
bilan birga bo‘lingiz”, - deyiladi “Tavba” surasining 119-oyatida.
“Qur’on”da kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami yaxshilash
to‘g‘risida ham gap boradi va bu oliy darajadagi insoniy xislat
bo‘lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi. Jamiyat
a’zolarining bunday xislatga ega bo‘lishlari ham jamiyatda, ham
odamlar orasida tinchlik va osoyishtalikning barqaror bo‘lishiga
zamin hozirlaydi. Shu bois ham kishilar o'rtasidagi o‘zaro aloqani
mustahkamlash musulmonchilikning asosiy talablaridan biri
sanaladi. “Hujurat” surasining 10-oyatida bu xususda: “Mo‘’minlar, hecb. shak-shubhasiz, og‘a-inilardir. Bas sizlar ikki og‘ainingizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar”, - deyiladi. Kishilar
o‘rtasidagi kelishmovchiliklaming oldini olish yoki ularning o‘zaro
totuv yashashlariga erishish jamiyat ahamiyatiga egadir. Ijtimoiy
hayotda har bir shaxs yoki umumxalqning farovon va baxtli hayoti
ko‘p jihatdan ularning o‘zaro tinch-totuv yashashlariga bog‘liq.
“Qur’on”da kishilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yiluvchi o‘zaro yordamga
alohida ahamiyat beriladi. Atrofdagilarga nisbatan yaxshilik qilish
hamda taqvodorlik yo‘lida bir-biriga yordam berishga chaqiriladi.
“Qur’on”da yaxshilik tushunchasi ostida rostgo‘ylik, omonatga
xiyonat qilmaslik, saxiylik, shijoat va boshqa barcha fazilatlar
nazarda tutiladi. Shu bilan birga “Qur’on”da jamiyat, shuningdek,
biror kishining manfaatiga zarar yetkazuvchi yomonlik hamda
dushmanlik qoralanadi. “Qur’on”da insondagi eng zarur xislatlardan sanalgan oliyjanoblik haqida ham fikr yuritiladi. Oliyjanoblikyaxshilikni o‘zi uchun emas, boshqalar uchun ham zarurligini
anglash istagidir. Demak, oliyjanoblik ruhiy holat bo‘lib, inson
kamolotini ko‘rsatuvchi xislatdir. “Xashr” surasining 9-oyatida
“Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo'lsa-da, o‘zlarini qo'yib (o‘zgalarni)
iysor-ixtiyor qilurlar. Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa,
bas, ana o‘shalar najot olguvchi zotlardir”, - deya o‘zgalarga
nisbatan oliyjanoblik qila olgan insonlar sharaflanadilar. Muomala
madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari Islom dini g‘oyalari
yaratilgunga qadar ham tizimlangan bo‘lsada, biroq Islom
ta’limotigina uning asl mohiyati, shuningdek, inson kamoloti va
jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini to‘laqonli ravishda ochib berdi.
Kishilarida shirinso‘zlik, madaniy muomala qila olish ko‘nikmalari
taraqqiy etgan mamlakatlardagina ijtimoiy-iqtisodiy hamda
madaniy taraqqiyot ro‘y beradi. Shirinso‘zlik insonning muomala
madaniyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi, uning obro‘sini oshiradi,
elning hurmatiga sazovor qiladi. Shu bois “Qur’on”da har bir
insonning shirinso'z bo'iishi ham o‘zi uchun, ham jamiyat uchun
foydali ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Boshqa oyatda esa Alloh
kishilami so‘zlashganda past ovoz bilan so‘zlashga undaydi:
“Kishilarga chiroyli so‘zlar so‘zlangiz” (“Baqara” surasi, 53-oyat).
“Qur’on”da yana insonni axloqiy kamolga yetkazishga zid
xususiyatlar. manmanlik, aroqxo‘rlik, qimorbozlik, yolg‘onchilik,
boshqalami kamsitish, badgumonlik, josuslik, g‘iybatchilik,
maishiy buzuqlik, g‘azabnoklik, xasadgo'ylik, ochko‘zlik kabilar
xususida ham muhim fikrlar bildirilgan.
Manmanlik - o‘z aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi.
Manmanlik illati kishilami sog‘lom fikr yuritishdan, o‘zini takomillashtirib borishdan mahrum etadi. Natijada jaholat illati paydo
bo‘ladi (“A’rof ’ surasining 146-oyati). “Qur’on”da aroqxo‘rlik va
qimorbozlik ham insonni tubanlik sari yetaklovchi, or-nomusini
oyoq osti qiluvchi illat sifatida qoralanadi. Chunki aroqxo‘r astasekin or-nomusini xmuta boshlaydi, maishiy tubanlikka yuz tutadi.
Inson naslining buzilishi, jamiyatning inqiroziga sabab boiadi.
Aroqxo‘rlik va qimorbozlik ruhan va jismonan insonning ma’naviy
349
qashshoqlanishiga olib keladi. Bunday inson ham oila, ham jamiyat
uchun bevosita zarar keltiradi. Shunga ko‘ra, isiom ta’limoti
g‘oyalarida aroq xarom hisoblanishi qayd etiladi.
Qimor esa insonga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan zarar
keltiradi, inqirozga yuz tutishga oUb keladi. Shuning uchun ham
ushbu yomon illatlaming oldini olish ta’kidlanadi. “Qur’on”da
yolg‘onchilik va uning turlari, zarar И oqibatlari haqida ham batafsil
to‘xtab o‘tilgan. IJnda yolg'onchilik razolat bilan bir qatorga
qo'yiladi. Odamlar yolg‘onchi kishining gaplariga ishonmay
qo‘yadilar, unga bo‘lgan ishonchlarini yo‘qotadilar. Shuningdek,
mazkur kitobda yolg‘ onchilikning turlari ham bayon etiladi.
Shulardan eng xavffisi xiyonat deb ta’kidlanadi. Zero, xiyonat
jamiyat uchun ham, shu jamiyatda yashovchi odamlar uchun ham
zarar keltirib, uni xarob etadi. “Anfol” surasining 27 hamda “Niso”
surasining 107 oyatida xiyonat qilganlami Alloh kechirmasligi
ta’kidlangan. Y olg‘ onchilikning у ana bir turi va’daga vafo qilmaslik deb ko‘rsatiladi. Irodasiz, birovga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan, ishonchsiz kishilar va’daga vafo qihnasligi bayon etiladi.
Islomda va’dasining ustidan chiqmaslik - munofiqlik deb tushuntiriladi. Bu xususidagi fikrlar hadislarda ham o‘z ifodasini topgan,
xususan, “Munofiqlikning belgisi uchta: gapirsa-yolg‘on gapiradi,
va’da bersa-vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi” tarzida ifoda
etilgan. Yolg‘on guvohlik berish ham kishilarga jabr-zulm
o'tkazishga sabab bo‘lishiga “Qur’on”da alohida e’tibor beriladi.
Chaqimchilik ham yolg‘onning bir turi sifatida, kishilar
o‘rtasiga nifoq soluvchi razolat tarzida qoralanadi. “Qur’on”da
haqiqiy inson o‘zgalami kamsitmasligi, boshqalami hurmat qilishi,
shu bilan kishilar o‘rtasida totuvlikni mustahkamiash mumkin
ekanligi kabi g‘oyalar ham mavjud. Islom ta’limoti da hasad ham
eng qabih xislat sifatida qoralanadi. “Qur’on”da insonning axloqiy
kamol topishida bekorchi gap-so‘zlardan yiroq yurish, mayda va
behuda gaplarga vaqt ketkazmaslik, ulardan o‘zini chetga olish
kabilami ham bajarish farz ekanligi ta’kidlanadi. Insonning
ma’naviy kamol topishiga salbiy ta’sir etuvchi xislatlardan biri -
ochko‘zlik ekanligi ta’kidlanib, kishilaming bunday xislatga ega
bo‘lmasligi darkor ekanligi uqtiriladi. Chunki mol-u dunyo
350
orttirishga bo‘lgan rag‘bat manmanlik, berahmlik, isrofgarchilik
kabi yomon xislatlaming paydo bo‘lishiga olib keladi (“A’rof”
surasining 31-oyati). Ochko‘zlik, xasislik esa mol-dunyoga ruju
qo'yishga olib keladi.
“Qur’on”da ta’lim berilishicha, mol-dunyo insonni sinash
uchun beriladi. Mol-dunyoga erishgan har bir inson uni to‘g‘ri
yo‘lda sarflashi lozim (“Anfol” surasi, 28 oyat).“Qur’on”da boylik
emas, haqiqat va yaxshilik abadiydir, deyiladi. Ba’zilar moldunyosi ortganda manmanlik kasaliga giriftor bo‘ladilar, aql va
adolatni unutadilar. Inson boylik orttirsa, haddidan oshadi, shu
sababli kishilarning boylik orttirgan chog‘ida kekkayib, gerdayib
ketishlaridan saqlanish masalalari keng yoritiladi.Islom ta’limotida
ilgari surilgan g‘oyalardan yana biri va uning eng muhim tarkibiy
qismi poklik va tozalikka rioya qilishdir.
Xulosa qilib aytganda, Islom va uning asosiy ta’limoti
mujassamlashgan Qur’oni karim insonda aqliy, axloqiy hamda
jismoniy xislatlami shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, komil
insonni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |