329
IV BOLIM
1. Pedagogika tarixinmg bo‘limi maqsad va vazifasilari
Tarixni unutgan xalq, jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi. Bunday
xalq va jamiyatning kelajagi yo‘q. Axborot- kommuniqatsiya texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment -bulaming hammasi kerak, albatta. Lekin, awalambor tarixni bilish -
bu hayotiy zarurat. Hayotni bilish, biz qaysi asrda yashayotganimizni anglash bu hammamizning burchimiz. Ya’ni hayotdan
oyog‘i uzilgan, real voqelikdan uzoqlashgan odam hech qachon o‘z
maqsadlariga erisha olmaydi. Bugun yurtimizda kechagi kunni
eslmaydigan, ajdodlami, bobolarini yodga olmaydigan odamning
o‘zi yo‘q, desam, adashgan bo‘laman. Dunyo tarixida qudratli
saltanat yaratgan sohibqiron Amir Temur bobomiz, o‘z aqlzakovati, ulkan ilmiy salohiyati bilan jahon tamadduniga beqiyos
hissa qo‘shgan buyuk allomalarimsiz, aziz- avliyolarmiz bilan kim
faxrlanmaydi deysiz? 2014 yil may oyida Samarqanda bo‘lib o‘tgan
“ 0 ‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy
merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyatV' mavzusidagi xalqaro konferensiya dunyoning 50 mamlakatidan kelgan atoqli olimlar bu tarixiy merosini butun insoniyat
manfaati yo‘lida birgalikda o‘rganish, uni targ‘ibu tashviq qilish,
amaliy hayotdan yanada keg qo‘llash kerakligini alohida ta’kidlagani, aytganlar, hammamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlamaydimi?
0 ‘zlikni anglash - bu o‘z tarixmizni, ming-ming yillik an’anlarimizni bilish degani. Agarki har qaysi odam kechagi kunni yaxshi biladigan bolsa, hech qachon avvalgi xatosini yana takrorlamaydi. Buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar yetishib
chiqadigan joyda, awalo, ilmu ma’rifat, madaniyat va ma’naviyat
XII BOB. PEDAGOGIKA TARIXI
330
o‘choqlari rivojlangan bo‘lishi kerak. Bo‘m-bo‘sh joyda hech
qachon buyuk sivilizatsiya paydo bolmaydi. Jahon tarixi buni
ko‘p-ko‘p misollarda isbotlab beradi1.
Pedagogika tarixi fanini o‘zlashtirish ma’naviy-ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishi inson
kamoloti haqidagi g‘oyalami nihoyatda puxta bilishni talab etadi.
Pedagogika tarixi fani - kishilik jamiyati taraqqiyotida ijtimoiy
o‘zgarishlari bilan bogiiq va talim tarbiyaning yangi yo‘nalishlari
va bu yo‘Idagi tarbiya pillapoyalarining tajribalariga suyangan
holda har bir bo‘lg‘usi o‘qituvchida pedagogik bilim, malaka,
ko‘nikma va mahoratni, didaktik va tarixiy asarlami tahlil qihsh va
ularga munosabat bildirish kabi malakalami shakllantiradi.
Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo‘lib uning metodologik asos
yosh avlodni tarbiyalash an’analarini jamiyatning taraqqiyoti bosqichidagi o‘qitish va kamol toptirish tizimlarini ulaming qonunqoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglaming ta’lim-tarbiya, ma’rifatga doir g'oyalarini va ulaming
rivojlanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Pedagogika tarixi
fani umumjahon, shu jumladan Markaziy Osiyo xalqlari tarixidagi
ma’naviyat va ta’lim-tarbiya faniga oid fikrlami o‘zlashtirish uchun
xizmat qilar ekan. Bu fan o‘tgan avlodlarimiz qoldirgan boy
pedagogik manbalar va ulaming milliy asoslarini o‘zlashtirishga
qaratilgan boiib, «Pedagogika tarixi» boiajak o‘qituvchilarga
bilim beribgina qolmay ularda milliy iftixor va g‘urur hissini ham
tarbiyalaydi. Chunonchi yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Xalqimiz
tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir
xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish kerak”2.
Do'stlaringiz bilan baham: |