Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika



Download 0,62 Mb.
bet134/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   234
Bog'liq
китоб

12. Oila tarbiyasi
Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini
shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh
bo‘lib, biologik, ijtimoiy, ahloqiy mafkuraviy va ruhiy
munosabatlaming birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor
maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoa. Shu sababli oilalar
birlashib, jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga
ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z
ta’sirini o'tkazadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar
osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda
muqaddas maskan bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Har bir
insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo‘lib o‘sib kelayotgan
yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri,
hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqallanib, mazmunan
mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog‘lom muhitda, otabobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillaming
mehr-oqibati orqali amalga osbib boradi. Shaxs ma’naviyati,
dunyoqarashi, tafakkuri, e’tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Bu
muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlari baxtu saodati, fazl-u kamolotini ko‘rish uchun butun hayoti davomida
kurashadi, o'zini ayamaydi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab oila
muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar
bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy
hayot maktabi orqah jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi ”.
Shu sababli Prezidentimiz tomonidan 1998 yilning “Oila yili”
deb e’lon qilinishi va shu yilning o'zida Oila kodeksining qabul
qilinishi hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan
319
Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham
davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish
borasidagi siyosatiga hamohang bo‘lib, oilaga taalluqli boy va
sermazmun milliy an’analami avaylab-asrash, ulami umuminsoniy
qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila va nikohning
muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yoii bilan
oilani mustahkamligi, barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining
huquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o'rganish,
oilaviy hayotga bog‘liq muammolami tadqiq etish va fuqarolarga
bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir. Shuningdek
Yurtboshimiz LA.Karimov tomonidan 2012-yilni “Mustahkam
oila yili” deb e’lon qilinishi ham oilalarga boigan e’tibomi yana
bir bor tasdig‘i desak mubolag'a bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan
hukumatimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi
ishlab chiqilishi oilada yoshlar tarbiyasiga e’tibomi yanada
kuchaytiradi va oiialarni mustahkamlash bilan bogiiq masalalami
yechimini topishga xizmat qiladi. Prezidentimiz LA.Karimov
aytganlaridek: "... hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila
sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan —
mamlakat barqarordir". Oila davlatning, jamiyatning asosiy
tayanchi ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va
barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma’naviy va
jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish
lozim. Shuni unutmaslik lozimlci, farzandlarimizning har
tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina, oila
tarbiyasi muvaffaqiyatli bolishi mumkin. Yosh avlod hayotining
ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab
muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar,
urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigitqizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosim
tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi. Kelajagimizning bunday
bo‘lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog‘liq. Bu
qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham bog‘liq.
Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o4ziga xos
bir olam, u tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlami namoyon
qiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada
bo‘lsagina, о‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlashi
mumkin. Oila tarbiyasi ota-onalarga pedagogik bilimlar berish,
oilaviy tarbiya bo‘yicha yutuqlar, tajribalar almashishi, ota-onalami
tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har bir otaona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va
mas’uliyatlarini chuqur anglashlariga bog‘liqdir. Bundan tashqari
normal oilaviy muhit, ota-onaning obro‘si, to‘g‘ri kundalik reja,
bolaning kitob o‘qishiga, mehnat qilishiga o‘z vaqtida jalb qilishlari
ham muhim muvaffaqiyat garovidir. Oilada ota yoki onaning
yo‘qligi yoki ketib qolishi tarbiyaga juda katta zarar ko‘rsatadi.
Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy ta’siri kuchi yo‘qoladi. Oila
tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi
qattiq jarahotlanadi. U tajang, serjahl, qo‘pol, dag‘al bo‘lib qoladi,
kattalarga ishonmay qo‘yadi. 0 ‘qishi ham pasayib ketadi. Oila
tarbiyasidagi muammolardan biri yolg‘iz farzandni tarbiyalashdir.
Bunday sharoitda bola faqat kattalar davrasida bo‘ladi. 0 ‘ziga
yaqin yoshdagi bolalar bilan muomala qilish imkoniyati bo‘lmaydi.
Oilada ko‘p bola bo‘Isa, ular bir-birini tarbiyalaydi. Bundan
tashqari oiladagi kelishmovchiliklar, ota-onalar bilan bolalar
o‘rtasidagi tengsizlikka asoslangan munosabatlar, ayrim otaonalarning madaniyat va ma’lumotining nisbatan past saviyada
ekanligi tarbiyaga xalaqit beradi, oilaviy muhitda qaramaqarshiliklar, o‘zaro kelishmovchiliklami vujudga keltiradi. Oila
tarbiyasi uydagi omillarga diqqatini qaratmog‘i lozim. Jumladan,
oilada ruhiy xotiijamlik, samimiylik munosabatlari shakllangan
bo‘lishi, ota-ona obro‘si yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda
oiladagi kattalar o‘rtasidagi birlikni saqlanishi, bola shaxsini
mehnatda tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va
izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini
o‘rganish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish,
boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, boladagi mustaqillikka
intilishni va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llab-quvvatlash
kabilardir. Oila tarbiyasida ota-ona obro‘si muhim tarbiyaviy
ahamiyatga egadir. Bu obro‘ni esa ibratli hulqi, ahloqi, intizomi,
kamtarligi, ishbilarmonligi bilan qo‘lga kiritadilar. Obro‘
orttirishda eng awalo, ibrat-namuna muhim rol o‘ynaydi. Oilada
ota-onalaming kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim
ahamiyatga egadir. Ulaming odilona me’yorli talabchanligi obro‘
orttirishning muhim yo‘llaridan biridir. Tarbiya jarayoni zerikarli,
quruq haqiqatgo‘ylikdan iborat ho‘lib qolmasligi lozim. 0 ‘zbek
oilasi tarbiyasida, ayniqsa, otaning obro‘si katta ahamiyatga egadir.
Ayoli, bolalari oldida obro‘ga ega bo‘lgan ota, jamoat orasida ham
obro‘ topadi. Oilada obro‘si yo‘q otadan tarbiya olgan bola,
ko‘pincha, o‘g‘ri, muttaham, yolg‘onchi bo‘lib yetishishi
shubhasizdir. Ota-ona farzandlari nigohida eng buyuk kishilardir.
Shuning uchun eng yaxshi sifatlari bilangina obro‘ qozonishlari
kerak:. Insoniy fazilatlar sohibi boTgan ota-ona o‘z farzandlari
tomonidan bir umr e’zozlanadi. Bolalami barkamol inson qilib
yetishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan, muvaffaqiyatga
erishib boimaydi. Shuning uchun maktab va ota-onalar o‘rtasidagi
ta’lim-tarbiyaga oid ishlami kengaytirish lozim. Ota-onalaming
o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarida aytgan fikrlari ayniqsa,
ota-onalar uchun qimmatlidir. Chunki ular o‘z farzandlari
to‘g4risida ko‘proq ma’lumotlami bilib oladilar. Shunday ekan,
bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila
bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar.
Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona
maktab bilan yaqin aloqa o‘matib, farzandining o‘zlashtirishi, hulqatvoridan hamisha xabardor bo‘lishi, tarbiya masalalari bo‘yicha
o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng
nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim. U o‘z navbatida
o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, hulqi, maktabda o‘zini tuta
bilishi haqidagi maTumotlami ota-onaga yetkazish, zarurat
tug‘ilganda hosil bo'lgan muammolami birgalikda hal qilish zarur.
Shundagina o‘quvchi oldiga bir talab qo‘yilishiga erishiladi. Bolasi
maktabga borgan ota-ona maktab ya’ni shu jamoaning a’zosiga
aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol
qatnashishlari shart. 0 ‘qituvchi ham o‘z o‘quvchisining oilasi bilan
mustahkam hamkorlikni yoiga qo‘ymog‘i lozim. Ota-onalaming
mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan tarbiya sohasida hamkorlik
qilishlari zarur. Bu ishlar oila tarbiyasiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy
o‘zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e’tibor yanada
kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmoqda. Oila deb atalmish aravani
tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga yelkadosh bolishini,
o‘zaro odoblarini, bir-biriga bo‘lgan mehribonliklarini ko‘rgan
farzandlar ulardan o‘mak oladilar va ularga o‘xshashga harakat
qiladilar. Chunki farzand aytgan nasihatingizni esidan chiqarishi
mumkin, ammo ko‘rganini hech qachon esidan chiqarmaydi.
Oilada farzand tarbiyasining bu jihatini hech qachon esdan
chiqarmaslik zarur.
13. Oilada bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni
Inson kamolotimng ko‘rinishlaridan biri - obro‘-e’tiborga ega
bo‘lishdir. Obro‘ bir kun yoki bir yil mobaynida hosil boHadigan
jarayon emas. Obro‘ni inson hayot mazmunidagi faoliyati
jarayonida asta-sekin shakllanib boradi. Ota-onaning oiladagi
obro‘si tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Obro‘ oilaviy
munosabatlar jarayonida shakllanadi. Ma’naviy axloqiy hislatlarni,
zamon ruhiga mos tushadigan fazilatlarni shakllantirishga
qaratiladi. Mazkur toifadagi oila a’zolari davrasidagi suhbatlar,
munozaralar, baxslar mulohazalar o‘zaro tenglik, hurmat ruhiga
bo‘ysundiriladi. Oilaviy munosabatlaming ushbu ko‘rinishda turli
yoshdagi, jinsdagi bolalarga maqsadga muvofiq tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazish imkoniyati mavjuddir. Shu boisdan tasodifiy voqea va
hodisalaming sodir bo‘lish turli tarzda baholanadi va ularga
bevosita aloqador oila a’zolari turmush tajribasidan kelib chiqqan
holda rag‘batlantiriladi yoki tanbeh beriladi, jazolanadi. Bunday
odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o‘g‘il-qizlar ruhiy
dunyosida ota-onaga nisbatan dilkashlik, xushmuomalalik, o‘z
faoliyati uchun javobgarlik, o‘z-o‘zini boshqarish kabi muhim
insoniy fazilatlar paydo bo‘ladi.
Oilada munosabatning у ana bir turi “avtoritar” yoki “obro‘
talab” munosabat deb atalib, bunda ota-onaning obro‘si shaxslararo
muloqotda hal qiluvchi, yetakchi rol o‘ynaydi. Shaxslararo teng
huquqlilik, erkin xatti-Jiarakat qilish, tashabbuskorlik bunda o‘z
323
ahamiyatmi yo‘qota boshlaydi. Oila a’olarining yurish-turishi,
xatti-harakati ko‘pincha kattalar tomonidan cheklab qo‘yiladi. Otaona tomonidan tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning asosiy usuli bu
jazolash hisoblanadi, biroq, onda-sonda rag‘batlantirish usulidan
foydalanilganda ham ma’naviy rag‘batlantirish imkoniyatiga ega
bo‘lmaydi, munosabatdagi bunday noxushlik ota-ona ko‘zlagan
tarbiyaviy maqsadni amalga oshirmaydi va past samara beradi.
Buning oqibati natijasida oila a’zolari o‘rtasida, mehr-oqibat hissi
pasayadi. Ushbu paydo bo'lgan salbiy nuqtayi nazar ota-onaga
nisbatan qo‘llaniladi. Farzandlarda ota-onaga yaqinlik mehrmuhabbat hissi biroz bo‘lsa-da kamayadi, keyinchalik bu tuyg‘u
uzoqlashishi “begonalashish” tomoniga o‘sib o‘tadi. Oilaviy
turmush munosabati ichida “liberal” (murosasizlik) toifasi ham
ko‘zga tashlanib turadi. Oila davrasida ota yoki ona murosasoz,
ko‘ngilchang bo‘lishlik tashqi ko‘rinishidan iliq ruhiy iqlimini
o‘ziga aks ettirganday boTib tuyulsa ham, aslida unda hamjihatlik,
o‘zaro tushunish yetishmaydi. Murosasizlik ta’sirida farzandlar
fe’l-atvorida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchilik kabi
illatiar tarkib topishi mumkin. Ota-ona obro4si oiladagi axloqiy
tarbiyaning garovi hisoblanadi. Buyuk allomalaming mulohazalariga ko‘ra,tarbiyada hazilga yo‘l qo‘yuvchi jiddiylik hukm surishi
lozim, lekin hamma ish hazilga, ermakka, sertakalluflikka, adovat,
timoq orasidan kir izlashga aylanib ketmasligi kerak. Shu boisdan
muayyan pedagogik-rahiyat qonun-qoidalariga rioya qilingan
holda ota-onalar tarbiya qoidalari, usullari, vositalari bilan
qurollangandagina haqiqiy nazokatga va odobga erishish mumkin.
Bu narsa ulardan chuqur izlanishlarni talab qiladi.
Oilada farzandlarga tarbiyaviy ta’sir ko£rsatishining iltimos,
maslahat, ishontirishi, talab qilish, buyruq va tanbeh berish,
jazolash, rag‘batlantirish singari qator usullaridan o‘z o‘mida va
me’yorida foydalanilmasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Mezon tuyg‘usi va me’yor hissiga amal qilish ota-ona ruhiy
dunyosiga, ma’naviyatiga singib borsa, u holda farzandlaridan
uzoqlashishi, begonalashish, bordi-keldiga borish, anglashilmovchilik g‘ovining vujudga kelishi, bachkanalashish, badjahllik, asabbuzarlik xulq-atvori namoyon bo'lmaydi. Tarbiyaning muhim roli
324
nutq hisoblanadi, shuning uchun ota-ona o'z nutqida yoqimsiz
ohang bilan, mantiq siz va qaytariq so'zlarini ishlatish va qo‘llash
bilan farzandlami ranjitmaslik, ularda ishonch hissini so‘ndiradigan, hazil-mutoyiba, samimiy bo‘lmagan fikr va mulohazalardan
saqlanislii kerak. Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka,
samimiyhkka, sof vijdonligi, dilkashlik va xotamtoylikka hamdardlikka nima yetsin!
Odatda, ota-ona nazokatli bolgandagina haqiqiy obro‘-e’tiborga erishadi. Bundan tashqari obro‘li bolmoq uchun ishonch har
tomonlama rivojlangan bo‘lishi, shuningdek aqliy, ahloqiy estetik
jihatdan muayyan cho‘qqiga erishgan bo‘lishi darkor.
Bulaming barchasi ota.-onadan aql-zakovatli, milliy udum va
urf-odatlami mukammal egallagan shaxs bolishni talab qiladi.
Oilaviy turmushda farzand kamol topishini to‘g‘ri yo‘lga
qo'yishning asosiy vositasi bolada e’tiqodni shakllantirishdir. Buni
bolani faqat ishontirish yo‘li bilan amalga oshirsa boiadi. Shuning
uchun ota-ona o‘ g‘ il-qizlami voyaga yetkazishda ularrd ishyoqmas
qilishga yoki asossiz buyruq berishga tayanmasligi kerak.
Xo‘sh, ota-ona obro‘si farzandlarda qachon paydo bo‘ladi?
Oilaviy turmush tajribalaridan shu narsa ma’lumki, ota-onaning
obro‘si davlat va oila a’zolari oldida javobgarlikni his qilishdan
boshlanadi. Mabodo ota-ona o‘z ishi, o‘z burchi uchun javobgar
ekanligini tasawur qila olsa va unga amaliyotda rioya qilsa, mana
shu narsa ularning obro‘-e’tibor qozonishi uchun asosiy zamin
hisoblanadi. Ularning ruhiy dunyosi, ma’naviyati oilaviy iliq
muhit uchun yetarli va ta’sirchan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan obro‘
qozonilaveradi, oila a’zolari o‘rtasida mehr-muhabbatga erishadi.
Agarda ota-onalar o‘zlarining hulq-odob hislatlari, his-tuyg‘ulari,
xatti-harakatlarida bularga rioya qilsalar, oila a’zolari hamda
jamoatchilik o‘rtasida yetarli darajada obro‘ qozona oladilar. Lekrn,
obro‘ qozonish shaxsning tezkorlik bilan amalga oshiriladigan
sifati emas. Ota-ona obro'si butun hayot davomida kundalik ibratli
hulqi, axloqi, intizomi, aql-zakovati, kamtarinligi, ishbilarmonligi
bilangina qo‘lga kiritishadi. Ibrat, na’muna, chekilgan zaxmat,
zakovat, chin ezgu niyat, hayrli ish, samimiylik evaziga yuzaga
kelgan obro' haqiqiy obro‘ bo‘ladi. Bunday obro4 farzandlar
325
xayrxohligi va hamdardligiga sazovor bo‘ladi. Natijada oila
a’zolari totuv, osoyishta, inoq, ahil, xotiijam, hamjihat turmush
kechiradilar. Oiladagi farzandlar yuksak his-tuyg‘uli, ma’naviyatli, madaniyatli inson sifatida ruhiy ozuqa oladilar, ular otaonalari bilan bexad faxrlanadilar, his-hayajonga to‘ladilar va shu
g‘urur bilan yashaydilar, asta-sekin eng zarur shaxsiy fazilatlarini
egallab boradilar. Oilaviy turmushda ayrim ota-onalar faqat tazyiq
o‘tkazish yo‘li bilan farzandlari hamda boshqa oila a’zolari
davrasida obro‘ orttirishni xohlaydilar, bu narsani yashashning
asosiy vositasi deb hisoblaydilar. Bunda ular qo‘rqitish, buyruq
berish, ruhan ezish, tahqirlash, tazyiq o‘tkazish usullarini
qo‘llaydilar. Goho ular zaharxandalik va badjahllikni bola
tarbiyasining eng muhim usuli deb biladilar. Qo‘rqinch asosida
bolada vujudga kelgan “tobelikni”, “bo‘ysunishni” ular o‘zlaricha
farzandlari davrasida erishgan obro‘ si deb o‘ylaydilar, tarbiyaning
bu usuli yuqorida aytib o‘tilganidek avtoritar deb aytiladi. Ayrim
ota-onalar esa o‘z farzandlari bilan kamroq muloqotda bo'lishni,
o‘zlarini ulardan uzoqroq olib yurishni shu yo‘l bilan obro‘
orttirishni ham hayol qilishadi. Ulaming nazarida go‘yo farzand
bilan qancha kam uchrashishsa, ma’lum masofadan muomala
qilishsa, shuncha ko‘proq obro‘ qozonish mumkin emish. Bu
noto‘g‘ri tushuncha, yuzaki qarorga kelish hisoblanadi. Aksincha
ota-ona o‘z farzandi bilan qancha kam muloqotda bo‘lishsa,
ulaming ruhiyati bilan yaqindan tanishmasa, o‘z ta’sirini
o‘tkazmasada. ular o‘rtasida begonalashish, befarq bo‘lish, histuyg‘ulari, ishonishlari, xohishlari kelib chiqadi. Hozirgi paytda
shunday ota-onalar ham uchraydiki, ular bolaga faqat rasmiyatchilik bilan munosabatda bo‘lish orqali obro‘ orttirishga harakat
qilishadi.
0 ‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun ular qildan qiyiq
qidirishadi, xatti-harakatlarini keltirib chiqargan asl sababdan ko‘z
yumishadi. Bolaga hadeb tanbeh berishadi, begonalar davrasida
kalaka qilishadi. Uning yurish-turishlarini cheklab qo‘yishadi,
bo‘lar-bo‘lmasga tanbeh berishadi-yu, arzimas harakat uchun
326
1 jerkib, siltab tashlashadi. Farzandlariga ko‘p pand-nasihat qilaverish ham shaxslararo munosabatda noxush kechinmalami
vujudga keltiradi.
Ota-onalar arzimagan mayda-chuyda muammo, mulohaza,
ko‘mak uchun ham uzundan-uzoq o‘git-nasihat qiladilar. Farzand
erkini poymol etib, mustaqil fikr yuritishi, intilishini oyoq osti
qilishgacha borib yetadiiar. Ular o‘zlarining nasihatgo‘yliklarim
ota-onalik burchi deb baholaydilar. May da gaplik, ezmalik bilan
o‘g‘il-qizlar o‘rtasida haqiqiy obro‘ qozonib bo‘lmaydi.
Turmushda soxta yaxshilik qilish orqali farzandlari oldida
obro‘ orttirishmoqchi bo‘ladigan ota-onalar ham bor. Bunday otaonalar o‘zlarining yumshoq muomalaligi, beozorligi, kechiruvchanligi, yon beravchanligi, kam taiabchanligi bilan farzandlarini
o'zlariga rom qilib oUshni istaydilar. Ularning fe’l-atvorida, na
ma’naviyatida qat’iyatlilik, na talabchanlik, na barqarorlik mavjud.
Tilyog‘lamachilik, soxtalik, sun’iylik bilan bolada yuksak
insoniy hislatlami, olijanob his-tuyg‘ulami, irodaviy sifatlami
tarkib toptirib bo‘lmaydi.
Ota-ona obro‘sini orttirishda ibrat ko‘rsatish usuli muhim rol
o‘ynaydi, oilada tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun ota-ona tinmay o‘zlarini ham pedagogik, ham ruhiy jihatdan
tarbiyalab borishlari kerak, ular o‘zlarida yetishmaydigan
sifatlami egallab borib, mavjud illatlami batamom tugatishlari
lozim. Chunki ota-onaning tarbiya jarayonidagi iste’dodi - bu
farzandlarga nisbatan muhabbat va sadoqatdan iboratdir. Otaonalar o‘z farzandlari o'rtasida obro‘ga ega bo'lishlari uchun qator
chora tadbirlami amalga oshirishlari zarur. Farzandlami yoshiga
mos holda qator tarbiyaviy ishlar olib borishlari darkor.
— Ota-onalar farzandlari davrasida obro‘ orttirish uchun
ularning ruhiy dunyosiga kirib borishlari ayni muddaodir. Chin
obro‘ga ega bo‘Imoqchi bo'lgan har bir ota-ona qimmatli vaqtlarini o‘z norasidalaridan hech mahal ayamasliklari kerak

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish