5.2.1-jadval.
Yangi mahsulotning muvaffaqiyat omillari.
Muvaffaqiyat omili
%
Mahsulotning bozor talabiga moslashganligi
8
Mahsulotning firma imkoniyatlariga muvofiqligi
5
Mahsulotning texnologik ustunliklari
6
Yangi mahsulotlarning firma rahbariyati tomonidan qo‗llab-quvvatlanishi
2
Yangi modellar tanlashda baholash jarayonlaridan foydalanish
5
Qulay raqobat muhiti
2
Tashkiliy tuzimaning yangi mahsulot ishlab chiqish vazifalariga muvofiqligi
4
166
5.2.1-jadval ma‘lumotlaridan kelib chiqadiki, asosiy muvaffaqiyat
omili mahsulotning bozor talablariga moslashganligi hisoblanadi. Bu
innovatsion marketingning asosiy kompetensiyasi hisoblanadi.
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‗ziga xos xususiyati
shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud mahsulot bilan emas, balki uning
ishlab chiqarilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an‘anaviy
marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‗tkazishda katta
qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini
o‗rganish, innovatsion loyihani biznesloyihalashtirish, uni amalga
oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar
diffuziyasi va daromad olishgacha bo‗lgan butun innovatsion siklning
tizimli integratsiyasini ifodalaydi.
Innovatsion marketing ob‘ekti intelektual mulk, yangi materiallar va
tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar
va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy
shakllari hisoblanadi.
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga
ega bo‗lib kelgan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida
innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo‗llashni
tashkillashtirishdan iboratdir. Korxonalarda innovatsion marketingni
iste‘molchilar xulq-atvorini o‗rganishda turli strategiyalardan foydalanish
talab etiladi, ya‘ni o‗zaro munosabatlar marketing, ijtimoiy marketing,
B2B, B2C, xolistik marketing, ―yashil‖ marketing, geomarketing, tarmoq
marketing, taassurotlar marketinggi, neyromarketing strategiyalari kabi
turlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu innovatsion
marketing strategiyasi turlaridan mamlakatimiz korxonalarda, ularning
yangi mahsulot ishlab chiqarishida hamda xizmat ko‗rsatishida yangi
bozor segmentlarini o‗zlashtirishda, korxonaning raqobatli ustunligini
yaratishda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Korxonalar faoliyatida innovatsion marketing strategiyalaridan
samarali foydalanish orqali yangi xizmatlar to‗rini yanada kengaytirish,
167
ushbu xizmatlar bilan nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham
yangi xizmat ko‗rsatish turlarini ko‗rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda ―Innovatsion marketing‖ – marketing faoliyatidagi
yangi paydo bo‗lgan yo‗nalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va
xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish
hamda ushbu innovatsion g‗oyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi.
U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish
imkonini beradigan usul va vositalar majmuidan foydalanadi. Innovatsion
marketing texnologiyalarini o‗z vaqtida qo‗llash innovatsion ishlab chiqish
bilan bog‗liq risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash,
maqsadli bozor segmentini aniqlash va ishlanmalarini davom ettirish
kerakmi, ular kutilgan samarani beradimi degan savollarga javob berishga
imkon yaratadi.
Xizmat ko‗rsatishda esa “innovatsion marketing”, ayirboshlash
natijasida yangiliklarga bo‗lgan ehtiyojni qondirish orqali foyda olishga
yo‗naltirilgan inson faoliyati majmui hisoblanadi. Bu faoliyat yangiliklarga
ehtiyojni aniqlashdan tortib yangi innovatsion xizmatlarni yaratish,
bozorga kirib borish, xizmatlarning hayotiylik davri, amaliyotda qo‗llash,
innovatsion xizmatlarni sotib olish uchun xaridorlarni qiziqishini orttirish,
yangiliklarga bo‗lgan talabni va ularni yaratilish istiqbollarini aniqlash
kabi vazifalarni o‗z ichiga oladi. Xizmat ko‗rsatish innovatsiyasi va
xizmatlar
innovatsiyasi
ilm-fan
va
amaliyotga
etarli
darajada
qo‗llanilmagan keng tushunchali atamadir.
Innovatsion mahsulotdan innovatsion xizmatning farqli belgilaridan
beri, innovatsion xizmat yangilik bozordagi muvaffaqiyati tegishli texnik
bilimlarni amalga oshirish jarayonini kamroq talab qiladi. Innovatsion
xizmatni tijoratlashtirishda texnikaga nisbatan ko‗proq iqtisodiy va
ijtimoiy sohadagi jarayonlarni qamrab oladi.
Yuqoridagi ko‗rib o‗tilgan olim va mutaxassislarning innovatsion
marketinga bergan ta‘rif va tavsiflarini tahlil qilar ekanmiz, ular tomonidan
asosan innovatsion mahsulotni bozorga siljitish bilan bog‗liq marketing
faoliyati nuqtai nazaridan yondashilganligini guvohi bo‗lamiz. Lekin,
ularni fikricha biz, marketingni iqtisodiy faoliyat sifatida o‗zini olib
168
ko‗radigan bo‗lsak, unda qo‗llaniladigan yangi vosita va usullar ham
innovatsion faoliyat bo‗lib yuzaga chiqadi. Bundan kelib chiqib,
innovatsion marketingga quyidagicha mualliflik tarifini keltirishni lozim
topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |