Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/82
Sana23.06.2021
Hajmi2,38 Mb.
#99158
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot Y E Aliyeva

 
 
 
 
 
 
 
 
 


158 
 
 
5-bob. Innovatsion iqtisodiyotni samarali boshqarish va uni 
moliyalashtirish 
5.1.Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari 
Innovatsion faoliyatning nazariy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan 
atroflicha  tadqiq  etilgan.  Xususan,  Avstriyalik  olim  Y.Shumpeter 
innovatsion  o‗zgarishlarni  besh  yo‗nalishga  bo‗lganbo‗lib,  yangi  texnika 
va  texnologik  jarayonlar  yoki  ishlab  chiqarishni  yangi  bozor  asosida 
ta‘minlash,  yangi  xususiyatlarga  ega  bo‗lgan  mahsulot  turlarini  yaratish, 
yangi  xomashyolardan  foydalanish,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishni 
takomillashtirish  va  yangi  innovatsion  tovarlar  bilan  ta‘minlash,  yangi 
iste‘mol bozorlarini ochish
24

Demak,  ichki  investitsion  faoliyat  innovatsion  faoliyatga  nisbatan 
mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan 
mablag‗lar  jami  kapital  investitsiyaning  yangi  g‗oya,  ishlanmalar, 
jarayonlar,  mahsulot,  xizmat  turlarini  yaratish,  o‗zlashtirish  va 
joriyetishgataalluqli  bo‗lganqismidir.  Shunday  qilib,  innovatsion  faoliyat 
makon  va  zamonda  yuz  bergan  va  berayotgan,  o‗zining  moddiy  va 
nomoddiy  ko‗rinishdagi  hamda  pulda  baholanadigan  mulk  shaklidagi 
pirovard  mahsuliga  egabo‗lgan,  bunga  erishish  uchun  ma‘lum  sarf-
xarajatlarni  talab  qiladiganxo‗jalik  faoliyatining  bir  turi  hisoblanadi. 
Aynan  shu  mazmunda  korxonalarning  innovatsion  faoliyati  ularda 
yuritilayotgan  buxgalteriya  hisobi  hamda  o‗tkaziladigan  audit  predmetini 
tashkil qiluvchi ob‘ektlardan biri hisoblanadi. 
Innovatsion    faoliyat  yakunlangan  ilmiy-tadqiqot  va  loyihalar 
natijalari  yoki  boshqa  ilmiy-texnik  yutuqlarni  (fan-texnika  yutuqlarini) 
yangi  yoki  takomillashtirilgan  mahsulotga:  bozorda  sotiladigan,  amaliy 
faoliyatda  foydalaniladigan  yangi  yoki  takomillashtirilgan  texnologik 
jarayonga,  shuningdek,  shu  bilan  bog‗liq  qo‗shimcha  ilmiy-tadqiqot  va 
loyihalarga  joriy  qilishga  yo‗naltirilgan  jarayon  ekan,  unga  quyidagi 
faoliyat turlarini kiritish mumkin: 
amaliyotda 
qo‗llash 
uchun 
mo‗ljallangan 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan  mahsulot,  yangi  yoki  takomillashtirilgan  texnologik 
                                                 
24
Шумпетер Й. Теория экономического развития. – М.: Прогресс, 1982. С. 386. 


159 
 
 
jarayon  yaratish  bo‗yicha  ilmiy-tadqiqotchilik,  tajriba-konstruktorlik  yoki 
texnologik ishlar bajarish; 
yangi  yoki  takomillashtirilgan  mahsulot  chiqarish,  yangi  yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni 
tayyorlash va texnologik qaytajihozlash; 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan 
mahsulot, 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko‗rishni amalga oshirish; 
xarajatlar  o‗zini  oqlashiga  qadar  yangi  yoki  takomillashtirilgai 
texnologik 
jarayon 
qo‗llash, 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan 
mahsulotchiqarish; 
yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo‗yicha faoliyat; 
innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish; 
innovatsion  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  kadrlar  tayyorlash, 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
sanoat mulki ob‘ektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik 
huquqini boshqalarga berish yoki xaridqilish; 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan 
mahsulot, 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan  texnologik  jarayon  yaratish  va  amaliyotda  qo‗llash 
bo‗yicha  ekspertiza,  maslahat,  axborot,  yuridik  va  boshqa  xizmatlar 
ko‗rsatish; 
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil qilishdan iboratdir. 
Innovatsion faoliyat sub‘ektlari quyidagilardan iborat: 
innovatsion  faoliyat  bilan  shug‗ullanadigan  yuridik  va  jismoniy 
shaxslar; 
innovatsiyalarni  amalga  oshiruvchi  turli  mulkchilik  shaklidagi 
innovatsion korxonalar; 
innovatsion  faoliyat  jarayonida  amalga  oshiriladigan  intellektual 
mulk  egalari  bo‗lib,  korxonalar  loyihalari,  qurilmalar,  sanoat  namunalari, 
texnologik  jarayonlar,  ―nou-xau‖,  kashfiyot  va  ixtirolar  mualliflari, 
dizaynerlar; 
innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar bo‗lib, 
banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalar; 


160 
 
 
innovatsion jarayonga xizmat ko‗rsatadigan va uning infratuzilmasini 
ta‘minlaydigan  vositachilar  esa  konsalting  va  injiniring  firmalari, 
texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari; 
innovatsion  faoliyatni  boshqarish,  muvofiqlashtirish  va  tartibga 
solishda  ishtirok  etadigan  davlat  organlari  va  mahalliyo‗zini-o‗zi 
boshqarish organlari; 
sub‘ektlar o‗rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munosabatlar 
vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari (natijalari) quyidagilar 
hisoblanadi: 
muayyan  innovatsiyalarni  o‗zlashtirish  natijalari  va  texnologiyalarni 
belgilab  beradigan  innovatsion  loyihalar  (biznes-rejada  o‗z  aksini 
topadigan oraliq natija); 
 
yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samarani 
ta‘minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o‗zlashtirish; 
 
fan-texnika  yutuqlarining  natijasi  hisoblangan  tamomila  yangi  va 
yaxshilangan mahsulotlar (tovar va xizmatlar). 
 
Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  innovatsiya  va  ilmiy  texnika 
sohasidagi  siyosatning  asosiy  vazifalari  quyidagilardan  iborat  bo‗lib, 
ishlab  chiqarish  samaradorligi  va  raqobatbardoshlikni  oshirishga  ta‘sir 
etuvchi,  innovatsiya  va  ilmiy-texnika  taraqqiyotini  rag‗batlantirishning 
huquqiy,  iqtisodiy  va  moliyaviy  sharoitlarini  yuzaga  chiqarish. 
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va sanoat korxonalarini texnologik 
jihatdan  qayta  qurollantirishning  asosiy  vositasi  davlatning  maqsadli 
dasturlarini ishlab chiqish hisoblanadi. 
Mazkur dasturning maqsadi quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi: 
 
natijalari  o‗rta  muddatli  sharoitlarda  raqobatbardosh  mahsulotlar 
ishlab  chiqarishga  imkon  beruvchi,  ilmiy  va  texnologik  innovatsiyalarni 
davlat tomonidan tashkillashtirish va moliyaviy qo‗llab-quvvatlash; 
 
ilmiy-texnika  tadqiqotlari,  amaliy-texnik  tadqiqotlar,  texnologiyalar 
raqobatbardosh  mahsulotni  sanoat  ishlab  chiqarishsiklining  uzluksizligini 
ta‘minlash; 


161 
 
 
dastur  doirasida  ishlab  chiqilgan  va  o‗zlashtiriladigan,  progressiv, 
resurslarni  tejaydigan  innovatsion  texnologiyalar  bo‗yicha  investitsion 
loyihalarni amalga oshirishga hamkorlik qilish; 
ilmiy innovatsiya va sanoat sohalarida yangi ish o‗rinlarini yaratish. 
Davlatning  fan-texnika  taraqqiyotini  tartibga  solish  tizimi  quyidagi 
elementlarni o‗z ichiga olishi zarur: 
davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini ishlab chiqish; 
belgilangan  maqsadlarni  amalga  oshiradigan  boshqaruv  organlari  va 
ularning funksiyalarini shakllantirish; 
boshqaruv  funksiyalarini  to‗liq  amalga  oshirishda  tartibga  solish 
ob‘ekti va axborot beradigan axborot tizimini shakllantirish; 
davlat  boshqaruv organlarining  qo‗llab-quvvatlash  va  tartibga  solish 
instrumentlari  davlatning  fan-texnika  taraqqiyotini  tartibga  solishning 
asosiy  instrumentlariga  nafaqat  uning  elementlari  taalluqli  bo‗ladi  balki 
davlatning  ilmiy  imtiyozlar  tizimiga  muvofiq,  ilmiy-tadqiqotlar  va 
ishlanmalar  sohasi  o‗rtasida  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  resurslarni 
taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri qo‗llabquvvatlash; 
innovatsion jarayonlarning sub‘ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim 
etish; 
iqtisodiyotda  innovatsion  muhitni  shakllantirish  va  ilmiy-texnik 
axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, 
sertifikatsiyalash,  statistika,  xorijiy  tajribani  o‗rganuvchi  tahliliy 
markazlar, 
ilmiy-texnik 
rivojlanish, 
prognozlashtiruvchi 
kadrlarni 
tayyorlash kabilarni o‗z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta‘minoti 
infratuzilmasi  hamda  ular  asosidaqaror  qabul  qiluvchi  shaxslarni  ustuvor 
ilmiy, milliy tizimlar bilan ta‘minlashdan iborat. 
Innovatsion  faoliyatning  muvaffaqiyati  ko‗proq  darajada  uni  tashkil 
qilish shakllari va moliyaviy qo‗llab-quvvatlash usullari bilan belgilanadi. 
Yangi  ilmiy  ishlanmalar  va  texnologiyalar  davlat  milliy  kuchining  asosiy 
tashkil  qiluvchilari  bo‗lganlari  sari  rivojlangan  davlatlar  innovatsiyalarni 
qo‗llab-quvvatlash  va  rivojlantirishning  turli-tuman  imkoniyatlarini 
topadilar.  Bunda  innovatsion  faoliyatni  moliyalashtirishning  turli-tuman 


162 
 
 
usullari va innovatsiyalarni vositali qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha tadbirlarni 
kengaytirish. 
Rivojlangan  mamlakatlar  innovatsion  faoliyat  uchun  moliyaviy 
resurslarni  davlatning  xususiy  manbalardan  to‗playdilar.  G‗arbiy 
Evropaning  ko‗pgina  mamlakatlari  uchun  moliyaviy  resurslarni  ITTKI 
uchun  davlat  va  xususiy  kapital  o‗rtasida  teng  taqsimlanishi 
xosdir.Ma‘lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti 
tadqiqotlarni  rivojlantirishga  investitsiyalarning  hajmi,  patentlar  va 
litsenziyalarning  soni,  jahon  ilmiy  adabiyotiga  ulush  va  boshqalar  bilan 
belgilanadi.  Etakchi  sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda  ITIga  xarajatlar 
YAIM  ning  3%  yaqinini  tashkil  qiladilar.  Moliyalashtirish  tizimi  orqali 
innovatsion  faoliyatni  rivojlantirish  mumkin.  Innovatsion  faoliyatda 
korxonalar,  sanoat  kompaniyalari,  moliya  sanoat  guruhlari,  kichik 
innovatsion  biznes,  investitsion  va  innovatsion  fondlar,  mahalliy 
boshqaruv jarayonlarida ishtirok etadilar. 
 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish