5.4. Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zarurati
Hozirgi kunda viloyatlarda ko‗plab fundamental tadqiqotlar va
texnologik ishlar, ilmiy-ishlab chiqarish bazasi, intelektual kadrlar mavjud.
182
Ammo, olib boriladigan tahlillar shuni ko‗rsatib turibdiki, etarli
innovatsion salohiyat bo‗lsa ham yangi taraqqiy etgan texnologiyalar sust
ravishda tadbiq etmoqda. Innovatsion faoliyat sub‘ektlariga marketing,
axborot, huquqiy va boshqa ko‗mak beradigan innovatsion infratuzilmalar
sust tashkil etilmoqda. SHuningdek, innovatsion sohaning holati,
innovatsion mahsulot va xizmatlarga bo‗lgan talab va taklif to‗g‗risida
axborot bazasi lozim darajada rivojini topmagan, bu esa innovatsiya
bozorining rivojlanishiga to‗sqinlik qiladi.
Innovatsion marketing ilmiy-texnik va yangi g‗oya, ishlama va
texnologiyalarni hamda yaratilgan intellektual mulkni chuqur va har
tomonlama o‗rganib uning natijalarini zudlik bilan ishlab chiqarishga
transfera qilish. Innovatsion marketing resurslari zamonaviy ilmiy-texnik
axborotlar hisoblanib, ular iqtisodiy qimmat turadigan iste‘mol bozori
hisoblanadi. Ularni qidirish, tanlash, maqsadga yo‗naltirilgan ishlarni
rejalashtirish, amalga oshirish va bular orqali o‗z biznesini tashkil etish
lozim bo‗ladi.
Innovatsion marketingni asosiy o‗rganadigan yo‗nalishlari iqtisodiy,
tashkiliy, boshqaruv, sotsial, psixologik, huquqiy faktorlari innovatsion
jarayonlarga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi:
- ishlab chiqarish korxonalardagi innovatsion guruhlarni ishlari
tezlik bilan tarqalishi innovatsion texnologik bilimlarni yuksalishiga,
raqobatbardosh bosimlarni boshqa klaster bo‗limlarga o‗tib korxona
faoliyatini iqtisodiy o‗sishiga olib keladi;
- yangi bilimlarni va texnologiyalarni tezlik bilan rag‗batlantirilishi
ishlab chiqarishda bo‗limlarni shakllantirishga sababbo‗ladi.
Oxirgi o‗n yilliklar davrida yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega
bo‗lgan davlatlarda klaster strategiyalari rivojlanib bormoqda. Bu esa
dunyo ilm-faniga yangi g‗oyalarni va ishlamalarni yaratish bo‗yicha katta
saboq bo‗lmoqda. Shuning uchun bugungi kunda ishlab chiqariladigan
tovarlarni sifat ko‗rsatkichlari darajasini oshirishda zamonaviy yangi
nanotexnologiyalar, asbob uskunalar, laboratoriyalar uchun aniqlikni va
tezlikni oshirish uchun yangi usullari mavjud. Klasterlar asosan yuqori
bilim darajasi, talablariga raqobatbardoshlik mezonlariga javob beradigan
183
markazlarda tashkil topmoqda. Hozirgi vaqtda klaster talablari bo‗yicha
olib borilayotgan ko‗p ishlar iqtisodiy tomondan rivojlangan davlatlarda
kuzatilmoqda. Klaster asosan yangi g‗oyali ilm-fan yutuqlarini har
tomonlama mutaxassislar ishtirokida tashkil etilishi mumkin bo‗lgan
texnologiyalar va texnikalar orqali olingan yangi assortimentdagi
tovarlarni yoki xizmatlarni zudlik bilan ishlab chiqarishga tadbiq etilishini
ta‘minlaydigan, bozor "chuqurligini" yangi talab uchun zarur bo‗lgan
raqobatbardosh tovarlar bilan ta‘minlashga yo‗naltirilgan va foydani
olishga qaratilgan bo‗lishi kerak. Bunday zamonaviy talablarga javob
beradigan ilmiy-tadqiqot ko‗rsatkichlari bilan isbotlangan va xalq
xo‗jaligida ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan bunday ishlarni kichik biznes
sub‘ektlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Klaster talablari siyosatini markazida esa har tomonlama o‗zaro
faoliyatlar bo‗yicha bog‗lanish orqali qatnashuvchilarni bir-biriga xizmat
yuzasidan bo‗lgan e‘tibori va sadoqati birgalikda bajarilayotgan ishlarni
tez va muvaffaqiyatli bo‗lishini ta‘minlaydi. Klaster sistemasini tashkil
etishda kichik va katta ishlab chiqarish korxonalar orasidagi gorizantal
bog‗lanish esa bozorda bir guruhga oid tovarlarni zamonaviy talablariga
mosligini ta‘minlaydi. Zamonaviy klasterlar, odatda bir yo‗nalishga
yo‗naltirilgan bir qancha ishlab chiqarish bo‗laklaridagi shu sohaga
tegishli bo‗lgan firmalarni maqsadga yo‗naltirilgan zanjirni bo‗laklari
hisoblanib doimo ular ma‘lum bir mahsulotlar yaratishga ixtisoslashgan
bo‗ladi.
Innovatsion texnologiyani xalq xo‗jaligiga tadbiq qilishda iqtisodiy
samaradorlikni quyidagi usullarda baholash mumkin:
yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va
ijtimoiy samaradorligni aniqlash;
yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida ishlab
chiqarishida yuqori ko‗rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-
tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi
uslubiy qo‗llanmalarda izohlab berilgan.
Unga ko‗ra quyilagilarga e‘tibor qaratilgan:
184
- kapital qo‗yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‗yicha
namunali metodika;
- xalq xo‗jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik
tavsiflaridan
foydalanishning
iqtisodiy
samaradorligini
aniqlash
metodikasi;
- korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari boshqaruvining
avtomatlashtirilgan
tizimining
iqtisodiy
samaradorligini
hisoblash
metodikasi;
- boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samaradorligini;
- mehnatni ilmiy tashkil etish, ya‘ni MIT bo‗yicha tadbir-choralarning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
- atrof-muhitni muhofaza etish bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash
uchun vaqtinchalik metodika.
Zamonaviy fan va texnologiya tobora raqobatli bozor kurashiga jalb
qilib borilmoqda. Fundamental bilimlar va ularning yakuniy mahsuli ilmiy
texnik mahsulot hozirgi iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida
davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning muhim omiliga
aylanmoqda.
Aholining turmush farovonligi o‗sishi, mamlakatning iqtisodiy o‗sish
sur‘ati, ta‘lim, fan va madaniyatning rivojlanishi, mudofaa qobiliyati
bevosita yuqori texnologiyali kompleksni tarkibiy va texnologik jihatdan
qayta tuzishga bog‗liq bo‗lmoqda. Bu sohada yuqori malakali ilmiy,
tadqiqotchi va muhandis kadrlar salohiyati katta rol o‗ynaydi.
Respublikaning ilmiy-innovatsion sohadagi hozirgi holati xo‗jalik
aylanmasi ilmiy-texnik faoliyatning natijalarini jalb qilish bo‗yicha davlat
siyosatining asosiy yo‗nalishlari talablarga mos kelmaydi. Amaldagi holat
fan
va
texnologiyalarni
rivojlantirishda
yangi
ustuvorliklarni
rivojlantirishda yangi ustuvorliklarni ishlab chiqishni talab etadi.
Innovatsion jarayonlarni rivojlantirish mavjud ehtiyojlar qondirishga
qaratilgan bo‗lishi lozim. Bular quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
jamoat ishlab
chiqarish tarkibini o‗zgartiruvchi va uning
samaradorligini oshiruvchi texnik va boshqa yangiliklarning moddiy
185
ne‘matlarga tezkor o‗zgartirishni ta‘minlash maqsadida innovatsion
jarayonlarning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish;
ilmiy-texnik rivojlantirish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlarni asoslagan
tartibda tanlab olish va resurslardan foydalanish ustuvorliklari bilan
muvofiq halda ularni oqilona ta‘qsimlash;
innovatsion faoliyatni rivojlantirish markazlari, ilmiy korxona va
muassasalardagi rolini kuchaytirish;
ilmiy-innovatsion salohiyatni―fan-ta‘lim-ishlab chiqarish‖ o‗rtasidagi
aloqalarni rivojlantirishni kuchaytirish;
mahsulot raqobatbardoshligini oshirish;
iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash maqsadida ishlab
chiqarishda fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini o‗zlashtirish;
bozor konyukturasini dinamikasini hisobga olgan holda innovatsion
jarayonlarni tahlil qilish va prognozlash;
barqarorlashtirish
va
texnologik
inqirozdan
chiqishga
ko‗maklashuvchi yangiliklarni yaratish va ulardan foydalanish bo‗yicha
innovatsion faoliyatni faollashtirish yo‗li bilan etakchi ishlab chiqarish
tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan tubdan yangilash;
iqtisodiyotning real sektorida raqobatbardoshli, murakkab texnologik
jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish sohasidagi mahsulotlarni
chiqarishga ko‗maklashuvchi innovatsion texnologiyalardan ishlab
chiqarishda foydalanish;
chet ellik hamkorlar bilan mahalliy ilmga oid mahsulotlarni
chiqarishni tashkil etish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish
bo‗yicha qo‗shma korxonalarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratib
berishni ko‗zda tutuvchi tashqi iqtisodiy qo‗llab-quvvatlashni faollashtirish
zarur.
Hozirgi
kunda
innovatsion
faoliyatni
rivojlantirish
uchun
quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi (5.4.1-rasm).
186
Do'stlaringiz bilan baham: |