Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


 Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/82
Sana23.06.2021
Hajmi2,38 Mb.
#99158
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot Y E Aliyeva

 
5.3. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi 
Innovatsion faoliyatning samaradorligi uni tashkil qilish shakllari va 
moliyaviy  tomonidan  qo‗llab-quvvatlash  jarayonlariga  ko‗proq  bog‗liq 
bo‗ladi. Yaratilgan yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar 
mamlakat iqtisodiyotining rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. Bunda 
innovatsion faoliyatda loyihalarni moliyalashtirishning turli-tuman usullari 
va vositalarini  amaliyotga tadbiq etish zarur. 


172 
 
 
Rivojlangan  mamlakatlarda  innovatsion  loyihalar  faoliyati  uchun 
moliyaviy  resurslar  davlat  va  xususiy  sektorlar  tomonidan  yo‗naltiriladi. 
G‗arbiy Evropaning ko‗pgina mamlakatlarida innovatsion loyihalar uchun 
moliyaviy  resurslarni  davlat  va  xususiy  kapital  o‗rtasida  teng 
taqsimlanishga  harakat  qilinadi.  Bu  esa  o‗z  navbatida  fundamental 
tadqiqotlarni  rivojlantirishga  yo‗naltirilgan  investitsiyalar  hajmi,  patentlar 
va  litsenziyalar  hamda  boshqalar  bilan  belgilanadi.  Sanoati  rivojlangan 
mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‗naltirilgan xarajatlar YAIMning 
3% yaqinini tashkil qiladi. 
Innovatsiya  loyihasining  asosiy  maqsadlaridan  biri  korxona  yuqori 
sifatga ega bo‗lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga 
ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat. 
―Innovatsion loyiha‖ tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi 
mumkin: 
–  innovatsion  maqsadlarga  erishishga  xizmat  qiladigan  tadbirlar 
yig‗indisi sifatida; 
– innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni sifatida; 
–  ushbu  tadbirlarni  asoslovchi  va  bayon  qiluvchi  hujjatlar  paketi 
sifatida. 
Ushbu  uch  jihatlar  innovatsion  loyihaning  innovatsion  faoliyatini 
tashkil  qilish  va  maqsadli  boshqarish  shakllari  sifatidagi  ahamiyatini 
ko‗rsatadi. 
Shunday  qilib,  innovatsion  loyiha  –  bu  resurslar,  muddatlar  va 
ijrochilar  bo‗yicha  o‗zaro  bir-birini  asoslaydigan  hamda  o‗zaro  bir-biriga 
bog‗liq bo‗lgan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo‗nalishlarida 
muayyan  maqsadlar  (vazifalar)ga  erishishga  qaratilgan  jarayonlarning 
murakkab tizimidir. 
Innovatsion  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  ularni  moliyaviy 
asoslash  va  investitsiyalash  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda  loyihaviy 
moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o‗ziga xos xususiyatlarga ega 
innovatsion loyihalarni farqlash lozim: 
a)  investitsion  loyihalar,  masalan,  yangi  sanoat  ob‘ektlari  qurilishiga 
(energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo‗yilmalar; 


173 
 
 
b)  ilmiy-texnik  (innovatsion)  –  ilg‗or  texnologiyalar,  yangiliklar, 
mahsulotlar va xizmatlar. 
Ushbu  ikki  xil  loyiha  o‗rtasida  muhim  farqlar  mavjud  bo‗lib  bular 
quyidagilar hisoblanadi: 
sanoat  ob‘ektlariga  kapital  qo‗yilmalar  haqidagi  mavjud  moliyaviy 
axborotlarni mavjudligi; 
innovatsion  ilmiy-texnik  loyihalar  mavhumlikning  yuqori  darajasiga 
ega bo‗lib moliyaviy yo‗qotishlar sababli to‗xtatilib qo‗yilishi mumkin; 
ilmiy-texnik 
loyihalarda 
axborot 
investitsiyaviy 
loyihalarga 
qaraganda  ko‗proq  cheklanganligi  va  mos  emasligi  bilan  farq  qiladi.  Bu 
esa  mustaqil  ekspertlarning  loyihalarini  baholash  bo‗yicha  fikrlarini 
korrelyasiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi; 
innovatsion  loyihalar  ko‗p  mezonliligi  va  yuqori  darajali 
mavhumliligi  bilangina  farq  qilmasdan,  balki  sifatli  baholash  bo‗yicha 
ham farqlanadi. 
―Loyiha‖  tushunchasi  bilan  bir  qatorda,  ―innovatsion  dastur‖  degan 
tushuncha ham mavjud. Bu tushunchalar o‗zaro chambarchas bog‗langan. 
Dastur - bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa (dasturni shakllantirish) 
– loyihalar hayot sikli bosqichlaridan biri bo‗lsa-da, ularning xususiyatlari 
anchagina  farqlanadi,  dastur  qo‗shimcha  qator  yangi  xususiyatlarni 
orttiradi. 
Iqtisodiyotda  innovatsion  loyihalarni  moliyalashtirish  mustaqil 
korxonalar,  sanoat  kompaniyalari,  kichik  sanoat  zonalari,  kichik 
innovatsion  markazlar,  innovatsion  fondlar,  mahalliy  boshqaruv  idoralari, 
xususiy shaxslar va boshqa moliyalashtirish sub‘ektlari tomonidan amalga 
oshirilishi  mumkin.  Ularning  barchalari  u  yoki  bu  shaklda  qayta  ishlab 
chiqarish  jarayonida  ishtirok  etadilar  va  innovatsion  faoliyatni 
rivojlanishida 
bevosita 
ishtirok 
etadilar. 
Innovatsion 
loyihalarni 
moliyalashtirishning 
tashkil 
qilish 
tamoyillari 
moliyalashtirish 
manbalarining  ko‗pligi,  tizimning  alohida  elementlarining  egiluvchanligi, 
innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o‗sishni ta‘minlashi lozim. 
Buning  uchun  ikkita  asosiy  shartga  amal  qilish  zarur  bo‗lib, 
davlatning  innovatsion,  ilmiy-texnik  va  sanoat  siyosatini  faollashtirish  va 


174 
 
 
tadbirkorlarni  faol  investitsion  rivojlantirishga  o‗tishga  tayyorligi 
hisoblanadi. 
Innovatsion  loyihalarni  moliyalashtirish  tizimi  mulkchilik  turi, 
markazlashtirilganlik 
darajasi, 
mulk 
egalarining 
darajasi 
va 
moliyalashtirish  shakllari  bilan  farqlanuvchi  shakllar  va  manbalarning 
o‗zaro hamkorligiga bog‗liq bo‗ladi. 
Mulkchilik  turlariga  ko‗ra  innovatsion  loyihalarni  moliyalashtirish 
manbalari quyidagilarga bo‗linadi (5.3.1-rasm): 
-  davlat  investitsion  resurslari  (byudjet  mablag‗lari,  byudjetdan 
tashqari  fondlar,  davlat  tomonidan  qarz  olish,  aksiyalar  paketlari,  davlat 
tasarrufidagi mulk); 
-  tijorat  va  notijorat  xarakteriga  ega  bo‗lgan  xo‗jalik  yurituvchi 
sub‘ektlar hamda jismoniy shakllarining investitsion moliyaviy resurslari. 
 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish