Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/82
Sana23.06.2021
Hajmi2,38 Mb.
#99158
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot Y E Aliyeva

Innovatsion  marketingga,  yangi  tovarlarni  izlash,  mahsulotlarni 
yaratish  va  amaldagi  mahsulotni  takomillashtirib  borish  hamda 
innovatsion  texnologiyalar  yordamida  tijoratlashtirishga  yo‗naltirilgan 
faoliyat deb ta‘rif berishimiz mumkin. 
Demak,  innovatsion  marketingga  berilgan  ta‘rifdan  kelib  chiqib 
mahsulotni 
siljitishda 
marketingning 

yoki 
bu 
vositasidan 
foydalanishimiz mumkin (5.2.1-rasm). 
 
 
5.2.1-rasm. Innovatsion marketing bilan an‟anaviy marketing 
vositasida mahsulotning bozorga siljitishning umumiy ko„rinishi 
 
Ushbu 
marketing 
vositalari 
mahsulot 
siljitish 
holatidan 
foydalanishni quyidagicha ifoda etiladi: 
an‘anaviy  marketing  vositalaridan  innovatsion  mahsulotlarni 
siljitishda foydalanish; 
an‘anaviy  mahsulotni  innovatsion  marketing  vositalari  bilan 
siljitishda foydalanish; 
 
Bozor 
Innovatsion mahsulot 
An‘anaviy mahsulot 
 
Innovatsion 
marketing 
 
An‘anaviy 
marketing  


169 
 
 
innovatsion 
marketingdan 
an‘anaviy 
mahsulotlarni 
hamda 
innovatsion mahsulotlarni siljitishda qo‗llash. 
Korxonada  marketing  faoliyatini  tashkil  etish  I.Ansoff  va  ko‗plab 
xorijiy  tadqiqotchilar  tomonidan  ―mahsulot-bozor‖  portefeli  doirasidagi 
muhim  bir  yo‗nalish  sifatida  o‗rganilgan.  Har  bir  mahsulot  bozordagi 
talabning  har  qanday  sharoitida  sotilishi  va  uning  iqtisodiy  natijadorligi 
bilan  belgilanadi.  SHuning  uchun  biz  mavjud  bo‗lgan  va  innovatsion 
mahsulotni  bozorga  siljitishda  pozitsiyasini  belgilovchi  ―mahsulot-talab-
marketing‖ matritsiyasi asosiy jarayon hisoblanadi 
Narxlarni  shakllantirishdagi  innovatsiyalar  korxonaning  mahsulot  va 
xizmatlar  bilan  savdo  qilishi  uchun  yangi  narx  strategiyalaridan 
foydalanishini  bildiradi.  Marketing  vositalaridagi  mavsumiy,  doimiy  yoki 
boshqa  joriy  o‗zgarishlar  yangilik  olib  kelmasalar  bu  jarayon  marketing 
innovatsiyalari  hisoblanmaydi.  Mahsulotlar  bo‗yicha  innovatsiyalar  bilan 
marketing  innovatsiyalarini  bir-biridan  farqlovchi  asosiy  mezon  –  bu 
mahsulotning  funksiyalarida  yoki  undan  foydalanish  usullarida  jiddiy 
o‗zgarishlar  mavjudligidir.  Agar  mahsulot  va  xizmatlarning  funksional 
yoki  foydalanish  xususiyatlari  mavjud  mahsulot  va  xizmatlardan 
yaxshilanishi  bu  mahsulotlar  bo‗yicha  innovatsiyalar  hisoblanadi. 
Mahsulot  dizaynidagi  o‗zgarishlar  esa  uning  funksional  yoki  iste‘mol 
xususiyatlari  sezilarli  darajada  o‗zgarmagan  bo‗lsa,  bu  marketing 
innovatsiyalari hisoblanadi. 
Jarayonlar  bo‗yicha  va  marketing  innovatsiyalari  o‗rtasidagi  farq 
quyidagicha  namoyon  bo‗ladi.  Jarayonlar  bo‗yicha  innovatsiyalar 
mahsulot  birliklariga  xarajatlarni  kamaytirish  yoki  sifatini  oshirishga 
yo‗naltirilgan  ishlab  chiqarish  va  mahsulotlarni  etkazib  berish  usullarini 
takomillashtirish  bilan  bog‗liqdir.  Marketing  innovatsiyalari  esa  sotish 
hajmini  yoki  mahsulotlar  narxini  (yangi  narx  strategiyalarini  qo‗llagan 
holda) oshirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
XX asrning ikkinchi yarmida G‗arbda kuzatilgan o‗ziga xos bashorat 
shov-shuvi  Rossiya  bashoratchilk  maktabi  etakchisi  I.V.Besstijev  Lada 
tomonidan  tuzilgan  klassik  bashoratchilik  antologiyasida  yaqqol  tasvirlab 
berilgan.  Intellektual  va  siyosiy  doiralarda  qizg‗in  munozaralarga  sabab 


170 
 
 
bo‗lgan  o‗nlab  fundamental  asarlarda  jahon  rivojlanishi  istiqbollari  turli 
ssenariylardaeng  yorkin  ranglardan  boshlab  katastrofik  holatlargacha 
asoslab berilgan. Uzoq muddatli u yoki bu bashorat ssenariylarini asoslab 
berish  uchun  foydalanilgan  ko‗plab  global  modellar  yaratilgan.  Ushbu 
bashoratchilikka  BMT  ham  qo‗shilgan  bo‗lib,  uning  tarkibida  ―Bashorat 
va  istiqbolli  tadqiqotlar‖  bo‗limi  tashkil  qilingan.  Nobel  mukofoti 
sovrindori  V.V.Leontev  rahbarligidagi  BMT  ekspertlar  guruhi  tomonidan 
o‗tgan  asrning  70  yillarida  o‗ziga  xos  tarmoqlararo  balansning 
mintaqalararo  modeli  asosida  jahon  iqtisodiyoti  rivojlanishining  2000 
yilgacha bo‗lgan bashoratlari ishlab chiqilgan. 
Biroq 80 yillar oxirlariga kelib bashoratchilik to‗lqini pasaya boshladi 
vabuning  sababi  oddiy  edi.Jahon  industrial  jamiyatdan  postindustrial 
jamiyatga  o‗tib,  tendensiyalar  o‗zgardi  va  chuqur  bifurkatsiyalar  klasteri 
vujudga  keldi.  Avvalgi  bashoratlar  va  ularning  metodologik  asoslari  bu 
muhitda  o‗z  ta‘sir  kuchini  yo‗qotgan  bo‗lib,  yangi  metodologiya  esa  hali 
rivoj topmagan edi. 
O‗tish  davrida  ijtimoiy  va  texnologik  tizimlar  traektoriyasi  keskin 
o‗zgaradi.  Ularning  ayrimlari  o‗tmishda  qolib  ketib,  ularning  o‗rniga 
yangilari  paydo  bo‗ladi  va  jahon  miqyosida  keng  tarqaladi.  Bu  davrda 
oldindan  ko‗ra  bilishning  qiyinligi  an‘anaviy  inqilobiy  paradoks  e‘lon 
qilingan bo‗lib, maqsadlar va amalda erishilgan natijalar o‗rtasidagi farqlar 
bilan  ham  izohlanadi.  Lekin  shunga  qaramay  XX  asrning  yirik  olimlari 
qalamiga  mansub  bo‗lgan  eng  oxirgi  asarlardan  birida  insoniyatning 
rivojlanishiga  doir  asosli  bashoratlar,  ekologik  va  sivilizatsiya 
inqirozlarining bartaraf etilishiga qaratilgan.  
Sivilizatsiya  strategiyasining  paydo  bo‗lishi  hayotiy  ahamiyatga  ega 
bo‗lib u tabiat strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‗lishi lozim. Bu esa 
insoniyat tarixida uning kuch-quvvati o‗sishi bilan birga kuzatiluvchi sifat 
yangiligidir.  Bizni  nafaqat  ekologik  balki  sivilizatsiya  inqirozi  kutib 
turibdi.  O‗z  mohiyatiga  ko‗ra  biz  sivilizatsiya  tarixining  butkul  yangicha 
bosqichi  esa  butun  xalqlar  oldida  sog‗lom  turmuz  tarzini  shakllantirish 
strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Bunday strategiyani uzoq muddatli 
bashoratlarsiz,  tabiat  va  jamiyat  rivojlanishining  muqobil  yo‗llarini 


171 
 
 
oldindan  ko‗ra  bilmasdan  turib  amaliy  jihatdan  ishlab  chiqish  mumkin 
emas. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib har bir faoliyatda yangicha 
qarash,  yangi  xomashyolarni  yaratish  va  ishlab  chiqarishga  sarflash, 
iste‘molchilar  ehtiyojini  to‗laqonli  qondirishga  qaratilgan  faoliyatini 
amalga  oshirish,  innovatsion  mahsulotni  siljitishgacha  bo‗lgan  barcha 
jarayonlarning har birida innovatsion marketingni o‗zida namoyon qiladi. 
 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish