BIR BOSH BO`LAKLI GAPLAR
Qaysi gapda egasi yashiringan gap berilgan?
A. Xonaga kirgan avval salom beradi
B. Manzilga mana shu yo`ldan boriladi
C. Topshiriqni o`z vaqtida bajarish kerak
D. Hurmat qilsang, hurmat ko`rasan
Qaysi qatorda egasiz gaplar berilgan?
A. Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi
B. Eshik ochiq bo`lsa ham, so`rab kir
C. Dam olish kuni kitobxonlar yig`iniga borish kerak
D. Bugun to`garakka borishimiz lozim edi.
Qaysi qatorda o`tov gap qo`llanmagan?
A. Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv mildirab oqadi
B. Yam-yashil o`tov. Hulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi.
C. Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi.
D. Barcha gapda atov gap qo`llangan.
Qaysi gapda ega qo`llangan?
A. O`zboshimchalikka yo`l qo`yilmaslik
B. O`quvchi yo`q har qadamda qoqiladi
C. Tarbiyachi va o`qituvchi bo`lish uchun chidam bilan o`qiladi
D. O`zinigina o`ylovchi kishini yaxshi odam deb bo`lmaydi.
Shaxsi umumlashgan gapni toping.
A. Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o`xshataman
B. Birovning izidan gapirma, o`ziga gapir
C. Zo`r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin
D. Farzandni gulga, onani bo`stonga o`hshatadilar
E. Bahor. Atrof go`zal.
Shaxsi topilmas gapni toping.
A. Kiyimni bo`yga qarab bichadilar
B. Umr bo`yi bilimni boyitib borish lozim
C. Xalqimning baxtu-saodati yo`lida xizmat qilishga tayyorman
D. Do`stini yomonlagandan qoch
E. Orqadan gapirgan do`st emas.
Atov gapni toping.
A. Haqiqatni yashirib bo`lmaydi
B. Ko`p yig`lasang, ko`zdan ajraysan
C. Bu yerda bemorni musiqa bilan davolaydilar
D. Bahor. Tog`lar, qirlar yashnab ko`rinadi
E. Ishing oldinga surilishini istasang, tabassumda bo`l.
To`liqsiz gapni toping.
A. Shundaymi? - yoqasini ushladi chol
B. – Familyangiz nima? –A’zamxonava.
C. Sabr – umr xazinasi
D. Ertaga Qorabuloqqa borar ekansizda?
E. Bo`ka tumanida istiqomat qilayotgan Ozodaxon Abdullaxonovani taniysizmi?
Imtixonlarga puxta tayyorgarlik ko`rdingmi? Ha, tayyorgarlik ko`rdim. Ushbu gapdagi ha so`zini qanday izohlaysiz?
A. gap
B. so`z gap
C. kirish so`z
D. atov gap
E. to`liqsiz gap.
Qaysi qatorda bir bosh bo`lakli gap berilgan?
A. Bu yil olma bilan o`rik hosili mo`l bo`ldi
B. Sochilgan urug` tez unib chiqdi
C. Bir tup tok eksang, bir tup tol ek
D. Suvlar tiniq, yaproqlar oltin
E. Gullab yotgan o`rikzor xira pardaga o`raldi
Bir bosh bo`lakli gap qo`llangan qatorni toping.
A. Qo`rqoq hamma narsadan mahrum
B. Elni ixtilof buzadi
C. O`tgan narsa hamisha totli
D. Yetmish go`zallikning biri mehnat
E. Toshdan gavharni farq qilish kerak.
Bir bosh bo`lakli gapni toping.
A. Insonni bilish uchun uni sevish kerak
B. Nahotki, bugun yomg`ir yog`sa?
C. Hayotning go`zalligi ham xalqlarning rang-barangligida emasmi?
D. Sayida bu suhbatni diqqat bilan kuzatdi
E. Ko`p bilgan oz so`zlar.
Gap bo`laklari grammatik jihatdan bog`lanmaydigan bo`lak qaysi qatorda qatnashgan?
A. Qaro ko`zim, kelu mardumlig` emdi fan qilg`il
B. Uni tanib bilib keyin so`ray boshladi.
C. Kecha desangiz qor yog`ib qoldi
D. A va C
E. barcha javoblar.
Qiziq, anavi kim? Ushbu gapdagi qiziq so`zi qanday gap bo`lagi vazifasini bajargan?
A. kesim
B. sifatlovchi-aniqlovchi
C. ega
D. undalma
E. kirish so`z
Bir bosh bo`lakli gap qaysi qatorda berilgan?
A. Saiyda shuni tezroq bilgisi kelardi
B. Hozir soat o`n bir.
C. Saida shuni tezroq bilmoqchi edi
D. Soat o`n birdan qirq besh minut o`tdi
E. Bo`ldiradigan ham xotin, o`ldiradigan ham xotin!
Sodda yig`iq gap berilgan gapni toping.
A. Alisher o`ylanib qoldi
B. Yigit ham shunaqa bo`ladimi?
C. Siz farg`onalikmisiz?
D. Sen shermisan?!... Sen beburd yaramassan
E. Barcha javoblar to`g`ri.
Ikki bosh bo`lakli gap qaysi qatorda berilgan?
A. Aqqli yoshlar fursatlarini bekorga sochmaydilar, g`ayrat bilan o`qiydilar, ishlaydilar
B. Har kuni sport bilan shug`ullaning
C. Paxtakorlik kasbini ulug`layapmiz
D. Sharqda hamma keksalarni shoir hisoblashadi
E. Vaqtni orqaga qaytarib bo`lmaydi.
Bir bosh bo`lakli gapni toping.
A. Ra’no oyoq uchlarini sariq atlas ko`ylagi bilan yashirdi.
B. Aql odamning ko`rki
C. Inson qalbi bilan hazillashmang siz.
D. Yoshlik go`zallik
E. Doim yaxshi niyat tilab yashash kerak.
To`liqsiz gapni aniqlang.
A. Bolalik uyda sir yotmas
B. Bolalik uyda g`iybat yo`q
C. Bol shirin boldan bola shirin
D. Qochoqqa shafqat yo`q qo`rqoqqa hurmat.
E. O`ziga boqma so`ziga boq.
Siz ham shunday o`ylaysizmi? Aksincha! Ikkinchi qatordagi gap qaysi javobda to`g`ri izohlangan?
A. to`liqsiz gap
B. tasdiq bildiruvchi so`z gap
C. inkor so`z gap
D. bir bosh bo`lakli gap
E. Gap emas, undov so`z.
Qaysi qatorda ikki bosh bo`lakli gap berilgan?
A. Siz bilan bu haqda gaplashishga to`g`ri keladi
B. Ertalabki salqinda yetib borish kerak
C. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo`l
D. Katta qizi bir choynak va ikkita piyola olib kirdi.
E.Endi astoydil o`qishga to`g`ri keladi.
Qaysi qatorda so‘z - gaplar qo‘llangan?
A. -- Sening bundan xabaring bormi, Ali? -- Yo‘q, ustod.
B. -- Ulardan xat keladimi? -- Keladi, keladi.
C. -- Shu voqeadan so‘ng kuyovingiz aniq kelganmi edi? -- Kelgan edi, qizim.
D. -- Siz qayerdan, mehmon? -- Toshkentdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |