USLUBIYAT
Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A. Shahrimiz nufuzi uch milliondan oshdi.
B. Quyosh hamal yulduzlar burchiga o‘tishi bilan kunlar isiy boshlaydi.
C. Ot chopsa, gumburlar tog‘ning darasi.
D. Tushga qolmay yukimiz ot aravaga ortildi.
Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A. Laziz yoqilg‘i to‘la bochkalarni birin ketin dumalatib ayvon tagiga taxladi.
B. Tog‘da don topolmay och qolgan kakliklar gala-galasi bilan daraga yopirilib tushgan.
C. Samarqand bilan yondosh Buxoroda xalqning amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi.
D. Yormat boshini ko‘tardi, bir qo‘lini yerga tirab yonboshladi.
Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A. Mayin tong shabadasi rang-barang gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi.
B. Otabek hovlining o‘rtasida, tut yog‘ochning yoniga kelib to‘xtagan va janubda kishi yo‘qmi, deb alanglar edi.
C. Doniyor shanba kuni bo‘ladigan to‘yga ko‘mir, o‘tin kabi yonilg‘ilarni tayyorlab qo‘ydi.
D. Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladigan yurak javharidir.
Berilgan qaysi gapda so‘z qo‘llash biln bog‘liq xato mavjud?
A. Zilola yodsirab, qovog‘ini solib, teskari burildi.
B. Qudrat ko‘cha aylanib kelib uyga kirsa hech zog‘ yo‘q.
C. Anzirat xola o‘zi-o‘zidan javrab, qorong‘ida ivirsib yurar edi.
D. Milliard yillar sari yo‘l olgan avlodlarning ibtidosiman
So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud bo‘lgan gapni toping.
A. Shahidbek maxdumning mahalla axillaridan bo‘lib, Xudoyorxon zakotchilarining biridir.
B. Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi, ko‘pchilikka ishongan maqsadiga yetadi.
C. Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib ko‘rsatish, albatta, mumkin emas.
D. Birpas bo‘shadi deguncha, kitob ustiga mukkalaydi.
Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A. Qadr bilmas qarindoshdan, qadr qilgan yod yaxshi.
B. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
C. Har qadamda xalqob bo‘lib yotgan ko‘lmaklar yerga singib, ariqlardagi loyqalar tina boshladi.
D. Ot chopsa, gumburlar tog‘ning darasi
Qaysi gapda paronimlar bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A. Gul o‘tkazdim bog‘imga.
B. Otasi endi qarib kuchdan qolgan edi.
C. Hirotda talaygina adiblar, mashshoqlar, rassomlar chiqibdi.
D. Hayvonot bog‘ida jayron ham bor.
Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A. Turli tasviriy va ta’siriy vositalar qo‘llanadi.
B. Sodda, to‘liqsiz va undalmali gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
C. Tildagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi.
D. Sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi.
So‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar qatorini toping.
A. farzand, shodlandi, qabriston, durust
B. taklif qilish, soxil, doira, dala
C. metro, tuzuk, yasashmoq, attang
D. istiqlol, bezanmoq, afsus,moviy
Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. Gapda qanday ma’no ko‘chishi mavjud.
A. metonimiya
B. metafora
C. sinekdoxa
D. ma’no ko‘chish bo‘lmagan
Dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiradigan tuyoqimiz faqat shul Otabekdir, deb yozdi Yusufbek Hoji. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi usuli qo‘llangan?
A. metafora
B. metonimiya
C. sinekdoxa
D. vazifadoshlik
Xo‘sh, janobi oliylari, qaysi sho‘rlik xalq sizning "himoyangiz" ga qolmish intizor. Ushbu parchada qo‘shtirnoq ishlatilishining sababini izohlang.
A. kinoya usuli qo‘llanilgani uchun
B. ko‘chirilgan gap qo‘llanilgani uchun
C. badiiy asardan ko‘chirma keltirilgani uchun
D. shartli nom qo‘llanilgani uchun
Dushmanning tepasidan yozib po‘lat qulochin, Kalxat bilan olishgay osmonda zo‘r lochin. Hamid Olimjonning qalamiga mansub ushbu she’riy parchada tazodning uslubiy bo‘yog‘ini oshirish uchun shoir qanday uslubiy vositalardan foydalangan?
A. epifora
B. epitet
C. metnonimiya
D. metafora
----lar--- qo‘shimchasi jamlash, umumlashtirish ma’nosini bildirgan qatorni toping.
A. ... "o‘rta" vaho oldilar, shekilli.
B. Sizga qarab, zavqlarim toshib ketdi.
C. O‘rtangan shirinlarning fojialari, yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlanadi.
D. Do‘konlarda unlar va yog‘lar sotilmoqda.
Hozirgi kunda til oilalari soni --
A. 30 dan ortiq
B. 10 dan ortiq
C. 20 dan ortiq
D. 6 ta
Dunyoda olimlarning taxminiy hisoblariga qaraganda, nechta til bor?
A. 3 mingdan ortiq
B. 2 mingdan ortiq
C. mingdan ortiq
D. mingga yaqin
Qaysi gapda ----ni--- qo‘shimchasi uslubiy noto‘g‘ri qo‘llangan?
A. Karvon dashtni kezib yurdi.
B. U otni mindi-yu, odamlarini ergashtirib tog‘ tomon ketdi.
C. Botirlari kanal qazadi. Naqshdorlar saroy quradi.
D. ... fikrni ravon uslubda izchil vayon etish, orfografik va punktuatsion jihatdan savodli ifodalash hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili ekanligi Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida o‘z aksini topgan?
A. 1-moddasida
B. 2-moddasida
C. 3-moddasida
D. 4-moddasida
Ijtimoiy-siyosiy atamalar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?
A. publitsistik (ommabop) uslub
B. ilmiy uslub
C. rasmiy uslub
D. badiiy uslub
---inversiya--- atamasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A. gapda so‘zlarning otlashishi
B. gapda so‘zlardan birining tushib qolishishi
C. gapda kesimning fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ifodalanishi
D. gapda so‘zlar tartibining o‘zgarishi
Quyidagi qaysi so‘zlar ---yakka--- so‘zi bilan ma’nodosh (sinonim) munosavatda bo‘lishi mumkin? 1.~tanho, 2.~alohida, 3.~yagona, 4.~yolg‘iz, 5.~faqat
A. 1, 2, 3, 4, 5
B. 1, 5
C. 2, 3, 4
D. 1, 3, 4, 5
Qaysi juft so‘zlar butun va bo‘lak munosabatidagi so‘zlardan tashkil topmagan?
A. tog‘-tosh
B. vaqt-soat
C. oy-kun
D. qozon-tovoq
Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto`g`ri?
A. Sodda, to`liqsiz va undalmali gaplardan ko`proq foydalaniladi.
B. Turli tasviriy va ta’siriy vositalar qo`llanadi.
C. Sonlar raqam bilan emas, so`z bilan yoziladi
D. Tildagi hamma vositalardan erkin foydalananiladi.
Qaysi gapda poronimlar bilan bog`liq uslubiy xato mavjud?
A. Otasi endi qarib kuchdan qolgan edi.
B. Gul o`tkazdim bog`imga.
C. Xayvonot bog`ida jayron ham bor.
D. Xirotda talaygina adiblar, mashshoqlar, rassomlar chiqibdi.
So`zlashuv uslubiga xos so`zlar qatorini toping.
A. taklif qilish, sohil, doira, dala
B.farzand, shodlanadi, qabriston, durust
C.istiqlol, bezanmoq, afsus, moviy
D. metro, tuzuk, yasashmoq, attang.
Qaysi gapda so`z qo`llash bilan bog`liq hato mavjud?
A. Quyosh hamal yulduzlar burchiga o`tishi bilan kunlar isiy boshlaydi.
B. Shahrimiz nufuzi uch milloddan oshdi.
C. Tushga qolmay yukimiz ot aravaga ortildi
D. Ot chopsa, gumbirlar tog`ning darasi.
Berilgan qaysi gapda so`z qo`llash bilan bog`liq xato mavjud?
A.Qudrat ko`cha aylanib kelib uyga kirsa hech zog` yo`q.
B. Zilola yodsirab, qovog`ini solib, teskari burildi
C. Milliard yillar sari yo`l olgan avlodlarning ibtidosiman
D. Anzirat xola o`z-o`zidan javrab, qorong`ida ivirsib yurar edi.
Qaysi gapda paronimlar noto`g`ri qo`llangan?
A.Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi
B. Ularning hayoti shunchaki bir ro`zg`or tebratish taxlitda o`tdi
C. Bir asrga tatigulik yillarni bosib o`tdik
D.Qadr bilmas qarindoshdan qadr qilgan yod yaxshi
Yangi imlo qoidasiga ko`ra qo`shib yoziluvchi so`zlar qatorini belgilang.
A. to`q sariq, tim qora, liq to`la
B. hamma vaqt, har kim, hech qachon
C. ko`pdan ko`p, ochiqdan ochiq, ko`chama ko`cha
D. askar boshi, kino rejissyor, jigar rang
Qaysi tasviriy ifodalar muqobili noto`g`ri berilgan?
A. mo`yqalam ustasi - rassom
B. kumush tola - paxta
C. barcha tasviriy ifodalar muqobili to`g`ri berilgan
D. so`z san’atkori - yozuvchi