Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet13/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Тadbirkor xarakteri qirralari


Тadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Тadbirkor



  • ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga ham kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchi, bilimi va zakovatiga ishonishi hamda suyanishi lozim.

Тadbirkorlikdagi muhim omil — bu tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari. Тadbirkor bo‘lish uchun tashqi holatdan tashqari faqat shaxsan o‘ziga bog‘liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit to‘la mavjud bo‘lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo‘la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir.
Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu avvalo, nazariy va amaliy bilimlar yig‘indisi bo‘lib, bunda, birinchi navbatda, iqtisodiyot asosini, aynan bozor iqtisodiyotini bilish zarur. Ma’lumki, iqtisodiyotni tushunmay, bozorning farqiga bormay turib, tadbirkor bo‘lish mumkin emas. Тadbirkorlar bozor iqtisodiyotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi emas, balki bozor iqtisodiyoti, uning munosabatlari, mexanizmlariga ijobiy yondashuvchilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to‘g‘risidagi tushunchani kengaytiruvchi, uning turliligini ta’minlovchi, haqiqiy holatini boyituvchi shaxslardir.
Bozorni o‘z vaqtida sezib borish, uning holatini oldindan ko‘ra bilish, bozorning ertangi talabi darajasida ish ko‘rish, har tomonlama bilimdon, sezgir, o‘tkir bo‘lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli tabaqadagi aholi talabining o‘zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o‘zgarib borishi uchun intilish demakdir.
Buning uchun tadbirkor har tomonlama bilimdon bo‘lmog‘i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo‘lishi mumkin. U zamonaviy texnika, texnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo‘lmasa, orqada qoladi, raqobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga erisha olmaydi. Тadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir, voqelikka bir xil munosabatda bo‘lib, hammasini o‘z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Bulardan tashqari, tadbirkor haqiqiy insoniy qobiliyatlar va xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakki, u haqiqatan ham ish boshi, tash- kilotchi, boshqaruvchi, ko‘pchilikni birlashtira olish qobiliyatiga ega shaxs bo‘lishi zarur. Amaliyotda o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan bog‘lovchi, xalq uchun zarur ishlarni o‘z hisobiga bajaruvchi, homiylik qiluvchi tadbirkorlar juda ko‘p. Har tomonlama ilg‘or, yuqori madaniyatli, xalqparvar va xalq oldida katta obro‘ga ega badavlat tadbirkor-sohibkorlar, ayniqsa, rivojlangan, iqtisodiyoti yuqori darajadagi mamlakatlarda oddiy holatdir.
Тadbirkor shakllanishiga bir qator omillar ta’sir etadi — ma’lumoti, xarakteri, oilaviy ta’sir, oldingi ish va hayotiy tajribasi, o‘z ishiga munosabati, rejalari va h.k. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida yuqori malakali tadbirkorlarga ega bo‘lish uchun ma’lum ishlarni amalga
oshirish kerak. Bu avvalo, mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish va o‘qish jarayonlarini shunga moslashtirish demakdir.
Mamlakatimizda bu sohada juda katta ishlar olib borilib, muta- xassislar tayyorlashda muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Тadbirkor- biznesmenlar tayyorlash kengaytirilib, yetakchi mamlakatlarda o‘qishga minglab yoshlar yuborilyapti. O‘qish, o‘qitish, mutaxassislar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida qayta ko‘rilayotir.
Тadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Тadbirkorlik madaniyatining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:

  1. Тadbirkorlik madaniyati — bu madaniyat omillarini hamma yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy tashkil qilish (moddiy va ma’naviy).

  2. Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo‘yicha g‘oya, maqsad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi.

  3. Тadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi.

  4. Тadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi.

  5. Тadbirkor o‘z faoliyatida xodimlari va hamkorlarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi kerak.

  6. Тadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qarab, qolganlarni ham o‘ziga ishontira olishi lozim.

Maqsadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning ahamiyati beqiyosdir. Тadbirkorlik faoliyatida o‘z biznesini boshqarish

  • bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Тadbirkorning korporativ madaniyatni boshqarish pog‘onalari quyidagichadir:

  1. Madaniyatning rivojlanish an’analari va holatini tahlil qilish.

  2. O‘rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash.

  3. Paydo bo‘lgan muammolarning obyektiv va subyektiv omillarini aniqlash.

  4. Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va yo‘llarini ko‘rsatish.

  5. Chuqur o‘rganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish.

Тadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Biroq aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko‘rsatish, qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada berilishiga bog‘liq ravishda amalga oshirish mumkin.
Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o‘tdi. Bu yerda avval xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish
bo‘limlari bo‘yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy korxonalar tashkil qilishni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «...qishloq joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish hisobiga aholining ish bilan bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirmoqchimiz»1.
Mamlakatimizda bu siyosatni amalga oshirish, asosan, tadbirkorlikni rivojlantirishni taqozo etadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari respublikamizda o‘rnatilgan tartibga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari yirik yoki kichik tadbirkorlik subyektlariga bo‘linadi. O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2003-yil 30-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish hamda xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida, 2004-yil 1-yanvardan quyidagi kategoriyalar asosida kichik biznes subyektlari maqomi belgilandi:



    1. Yakka tartibdagi tadbirkor.




    1. Mikrofirma:




  • ishlab chiqarish sohasida — 20 kishidan ko‘p bo‘lmagan;

  • xizmat ko‘rsatish sohasida — 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan;

  • savdo sohasida — 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxsdir.




    1. Kichik korxona:




  • yengil va oziq-ovqat sanoati, metallni qayta ishlash, yog‘ochni qayta ishlash, mebel va qurilish materiallari sanoatida — 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan;

  • yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mah- sulotlarini qayta ishlash va qurilish sanoatida — 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan;




  • fan, ta’lim, maorif, aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida

— 25 kishidan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxsdir.


Shuningdek, mazkur ma’lumotlar chizmada quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi:






O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yilning 28-iyulidagi Farmoniga muvofiq respublikamizda oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilarini ish o‘rinlari bilan ta’minlashni rag‘batlantirish maqsadida kichik biznes subyektlari tomonidan kollej bitiruvchilari ishga qabul qilinib, ular bilan mehnat shartnomasi tuzganda xodimlar sonining me’yorlari 20 foizga oshirilishga ruxsat etiladi, shuningdek, mazkur hollarda, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladi.

    1. Download 392,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish