Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet21/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Faqat bilim va ko‘nikmalarga

Faqat bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan odam, o‘z ishini umuman boshlashga erishgan holda ham, biznesda uzoq vaqt jon saqlashi juda ham shubhali. Masalan, ma’lum bir shaxsiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, odam biron-bir jiddiyroq muammoga duch kelgach, kam qat’iyatlilikni namoyish etishi mumkin yoki bunday odam ochilayotgan imkoniyatlarni
ko‘rmasligi va ularni amalga oshira olmasligi mumkin yoki u mas’uliyatli ishtirokchi sifatida, qulay ishga kirishish tavakkalini (hatto hisoblangan bo‘lsa-da) o‘z zimmasiga olishni umuman rad etishi mumkin.

  • Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga

Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga ega bo‘lgan shaxs agar texnik ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, bu qobiliyatlarini qo‘llashga biron- bir yaxshiroq narsa topa olmasligi mumkin. Yoki u begonalarga qattiq bog‘liq bo‘lgani tufayli, ehtimol, juda zaif ekanligini aniqlashi mumkin. Bu muammoning yechimi, kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan hamkorni topish yoki odamlarni jalb etishda bo‘lishi mumkin.

  • Faqat ko‘nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga

Kerakli ko‘nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga ega bo‘lgan, ammo bilimlarga ega bo‘lmagan bo‘lajak tadbirkor, o‘z korxonasini tashkil etishi mumkin. Ammo raqobat muhitida, bilimlarning yo‘qligi yoki hech bo‘lmasa, masalan, iste’molchilarni, bozorni (shu jumladan, bozorda rivojlanayotgan an’analarni) bilmaslik, oxir-oqibat inqirozga olib kelishi mumkin. Axborot muvaffaqiyatli rivojlanishga intilayotgan har bir korxona uchun juda muhim.
Тadbirkor bo‘lmoq uchun tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lish kerak, degan fikr ko‘p vaqtdan beri hukm surib keldi. Ammo endilikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida har kim ham tadbirkor bo‘lishi mumkinligini ko‘plar tan olmoqda. Xo‘sh, buning uchun nima qilmoq kerak?
Bu savolga to‘la-to‘kis javob berish qiyin. Ammo, bir qator olimlar, jumladan, Y. Abdullayev va F. Karimovning fikricha, hozirgi zamon tadbirkori quyida keltirilgan 10 fazilatga ega bo‘lishi lozim1.

    1. Halollik va rostgo‘ylik. Bu tushunchalar tadbirkorlikning asosi bo‘lib, halol foyda olish va ishda yaxshi munosabatlar o‘rnatishning birdan bir shartidir. Тadbirkor birinchi galda ishning ko‘zini biladigan, halol va haromni farqiga boradigan shaxs bo‘lishi kerak. Sababi, tadbirkor qanchalik halol ishlasa, mahsulotlari sifatli bo‘lsa, bozorda uning mavqeyi baland, mahsulotlari shuncha xaridorgir bo‘ladi. Chunki halol tadbirkorlarga hamma ishonadi.

    2. Majburiylik, so‘zsiz bajarishlik. Тadbirkor qachon o‘z so‘zining ustidan chiqsa, va’dasida tursa va berilgan topshiriqlarni bajarsagina ishi o‘ngidan keladi. So‘zini ustidan chiqish, kelishilgan shartnomada ko‘rsatilgan murakkab va oddiy og‘zaki vazifalarning (biron yerga aytilgan vaqtda borish) bajarilishini o‘z ichiga oladi. Berilgan va’da har qanday sharoitda bo‘lsa ham bajarilishi shart. Haqiqiy tadbirkor o‘z mijozi (raqibi)ni aldamasligi kerak. Vazifani o‘z vaqtidan kechikib bajarish ham subutsizlikka kiradi.

    3. Mas’uliyatli bo‘lish. Haqiqiy tadbirkor qilmishi uchun o‘z puli yoki mablag‘i bilan javob beradi. Agar u aybdor bo‘lsa, yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatishi, ko‘rilgan zararni qoplashi lozim.

    4. Boshqalar bilan munosabat chog‘ida ularga nisbatan hurmatda bo‘lish. Тadbirkor boshqalarga shunday munosabatda bo‘lishi kerakki, unga boshqalar ham shunday munosabat bilan javob qaytarishsin.

    5. Qonunga itoat qilish. Тadbirkor bo‘lish istagida yurgan har bir kishi qonun va boshqa huquqiy hujjatlarga itoat qilishi, ularni og‘ishmay bajarishi shart. Qonun talablaridan chekinish, qonunchilikni buzish, huquq-tartibotga, pirovardida esa davlat tomonidan qo‘riqlanadigan manfaatlar va o‘zaro munosabatlarga tajovuz qilish demakdir.

Buyuk Sohibqiron Amir Тemur ham o‘z tuzuklarida «...tegishli tartibga va qonunga amal etish mening taqdirim va yutuqlarimning asosi hamda tayanchi bo‘lib xizmat qiladi», deb yozgan edi.

    1. Saxiy va xayr-ehsonli bo‘lish. Xalqqa xayr-ehson qilish eng ulug‘ fazilat. Saxovatli, saxiy tadbirkor shunday kishiki, birov narsa so‘ramay turib, oldindan hadya qilib ulashadi.

    2. Insofli bo‘lish. Insof — bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va qobiliyati, ishda kishilar bilan munosabatda: halollik, to‘g‘rilik, barobarlik, sofdillik, haqiqatgo‘ylikdir.

    3. Vazmin va sabrli bo‘lish, ehtiroslarga berilmaslik. Ba’zi shoshma- shoshar tadbirkorlar, shoshqaloqlik yoki shumligidan pushaymonlik chuquriga yiqiladilar, o‘ylamasdan shoshilib ish boshlaganlar esa balolar girdobiga g‘arq bo‘ladilar. Aqlli, tajribali va vazmin tadbirkorlar esa, tadbir hamda sabrni o‘zlariga yo‘ldosh qilib oladilar, fikr oynasini donishmandlarning ishorat va nasihatlari bilan pardozlaydilar, unga sayqal beradilar. Yengiltaklik, shoshma-shosharliklardan hazar qiladilar.

    4. Xizmat etikasiga rioya qilish. Eng avvalo, hukumatga hurmat bilan qarang. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy siyosatini o‘zingizning asosiy qurolingiz qilib oling va ularga rioya qiling. Bilingki, hukumatga hurmat va xizmat etikasiga rioya qilish — bu tadbirkorlikni muvaffaqiyatga eltuvchi ikki lokomotivdir.

    5. O‘z ishining mutaxassisi bo‘lish. Biz shunday davrda yashayap- mizki, bunda faqat mutaxassisgina, o‘z ishining ustasigina obro‘-e’tibor topadi. Shuning uchun mutaxassis bo‘ling. Qaysi sohada ishlashga to‘g‘ri kelmasin, albatta, birinchi bo‘lishga harakat qiling. Savol tug‘iladi: unga qanday qilib erishiladi? Javob bitta, bu ham bo‘lsa, mehnat va o‘z ustingizda tinimsiz shug‘ullanishingiz lozim. Dahoni mehnat yaratadi. Yetuklikka yo‘l esa — tirishqoqlik.

Shunday qilib, tadbirkorlikka ahd qilgan har bir kishi o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan, o‘z izlanuvchanlik


qobiliyatini, o‘z ishining ustasi hamda yuqorida qayd qilingan sifat- larning o‘zida mavjudligini aniq o‘lchay bilishi kerak.



    1. Download 392,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish