Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари


Тadbirkorlik bilan shug‘ullanish qarori



Download 392,17 Kb.
bet23/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Тadbirkorlik bilan shug‘ullanish qarori


Ushbu mavzuda odamlar nima uchun va qanday qilib, o‘z korxonalarini tashkil qilish va uni boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.


Odamlar o‘z shaxsiy korxonalarini tashkil qilishga ko‘maklashadigan omillarni aniqlash — bu muhim savolga javob berishi (yoki ko‘p odamlarning qiziqishini qondirishi) va, ayni paytda, ular qay darajada bu omillarni nazorat qilishga qodirligini aniqlash uchun, o‘zlarini sinovdan o‘tkazish va atrofdagilarni o‘rganishga yordam berishi lozim. Sinovni o‘tkazish uchun o‘quv qo‘llanmaning «Amaliy mashg‘ulotlar» bo‘limida berilgan blis-so‘rov o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarini o‘zlari baholashadi va yig‘ilgan ballarning ahamiyatini tushuntirib berishadi.
Тadbirkor bo‘lishga qaror qilishda bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar sabab bo‘lishi mumkin, xususan:

  1. Mavjud vaziyatdan qutulish harakati

    • ishdan bo‘shatilish, masalan, shtatlar qisqarishi;

    • korxonaning tugatilishi;

    • ish haqining pastligi;

    • immigrantlar yoki qochoqlar toifasiga o‘tish;

    • hozirgi ishdan ko‘ngil sovishi;

    • oiladagi inqiroz va boshqa sabablar.

  1. E’tiborda ishonchli namunalarning mavjudligi

    • madaniy saviyadan kelib chiqqan;

    • oiladan olingan;

    • tengdosh va do‘stlardan (taqlid qilishga namuna bo‘ladigan).

  1. Qulay shart-sharoit

    • hukumatning rag‘batlantiruvchi siyosati;

    • maqbul infratuzilma, masalan, rivojlangan moliyalashtirish tizimi;

    • kommunal xizmatlar mavjudligi (elektr quvvati, suv, aloqa va boshq.);

    • tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash.

Ushbu shart-sharoitlardan tashqari, odamlar o‘z shaxsiy korxonalarini tashkil qilish qarorini berishlari uchun, albatta, o‘tgan mavzularda keltirib o‘tilgan tadbirkorlik sifatlari ham mavjud bo‘lishi lozim, ya’ni:

    • tadbirkor tavsiflari (tadbirkor xarakterining 14 qirrasi);

    • bilimlar;

    • ko‘nikmalar;

    • ish muhitini bilish, masalan, kasbiy tajriba borligi.

Тadbirkorlik fenomenini tadqiq qilishda ko‘pincha bir muhim savol tug‘iladi, odam o‘z shaxsiy korxonasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga sabab bo‘ladigan vaziyatga qanday qilib tushib qoladi? Boshqacha qilib aytganda, kishini tadbirkorlik olamiga kirishga undaydigan kuchlar yoki omillar qanday paydo bo‘ladi?
Тadqiqotlar va manbalarga ko‘ra, bu sabablarni uch asosiy toifaga ajratish mumkin, ya’ni mavjud (unchalik yaxshi bo‘lmagan) vaziyatdan qutulish harakati, ishonchli namuna ta’siri va qulay shart-sharoit. Quyida ularni izohlab beramiz.
Mavjud vaziyatdan qutulish harakati. Ko‘p kishilar ishdan bo‘shatilgandan keyinoq, o‘z korxonasini barpo etishga qaror qilishadi. Ayrimlar professional faoliyatning o‘zlariga oldingi ishidan tanish bo‘lgan sohalarida korxona barpo etishga moyil bo‘lishadi.
Ishdan bo‘shatilish. Bo‘lg‘usi tadbirkorlarning ishdan bo‘shatilishi oxir-oqibat unda o‘z korxonasini barpo etish xohishini yoki ehtiyojini uyg‘otadigan hodisalar silsilasiga sabab bo‘ladi. Bunday zarurat bevosita quyidagi:

    • ish o‘rinlarining qisqarishi, ish haqining pastligi sababli ishdan ketish, korxonaning bankrotligi sababli tugatilishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilishi;

    • mamlakatga yangi ko‘chib kelganligi yoki milliy ozchilikka mansubligi oqibatida til bilmasligi yoxud irqiy mutaassiblik sababli o‘ziga to‘g‘ri keladigan ish topolmasligi;

    • mamlakatga qochoq sifatida kelib, o‘zi uchun yangi muhitga tushishi oqibatida hayotni yangidan boshlashga majbur bo‘lishi ko‘rinishlarida sodir bo‘lishi mumkin. Bundan oldin chet ellarda ishlab, so‘ng o‘z vataniga qaytgan hamda o‘z mamlakatidagidan ko‘ra ko‘proq maosh olgan va mavqeyi yuqori bo‘lgan kishilar, shuningdek, (yanada muhimroq misol) yirik korxonalar va tashkilotlarda ma’mur bo‘lib ishlagan, lekin o‘z ishidan ko‘ngli qolgan kishilar ham shunday misollar tariqasiga kiradi.

Ish muhiti. Ko‘p kishilarning amalda oldingi ishidagi ish muhitiga mos sohalarda o‘z korxonasini tashkil etishining hech qanday ajablanarli joyi yo‘q. Chunki ayni shu sohada ularning tajribasi, bilimi va tanish-
bilishlari bor va (yoki) ular ayni shu sohada o‘z imkoniyatlarimni ro‘yobga chiqarishim mumkin, deb o‘ylashadi. Тadqiqotlar va izlanishlar, marketing — mana bular, ko‘pgina yangi korxonalarni barpo bo‘lishiga olib kelgan ikki soha misoli.
Ishonchli namuna ta’siri. Ishonchli namuna ta’siri ota-onalarning kasbiy faoliyati ish boshlayotgan tadbirkorlarning u yoki bu sohani tanlashlariga ta’sir o‘tkazishida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Тadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlarning 25—34 % ining ota-onasi (xususan, otasi) kichik korxona egasi bo‘lgan; buning ustiga, agar fermerlar va mustaqil professionallarni ham kichik korxona egasi deb hisoblasak, u holda bu raqam 54 % ga yetadi. Harakat boshlashga sabab bo‘luvchi ishonchli namuna ta’siri faqat oila doirasi bilangina cheklanib qolmaydi, u tadbirkorning tengdoshlari va do‘stlariga ham ta’sir o‘tkazadi. Masalan, manbalarda ishlab turgan yirik tashkilotlarini tashlab ketib, o‘z korxonalarini tashkil qilgan injenerlar AQSHdagi «kremniy vodiysi»ning rivojlanib ketishiga sabab bo‘lgan, deb ko‘rsatiladi.
Ishonchli namuna ta’siri, shuningdek, nima uchun tadbirkorlikning bir xil turlarini ayrim irqiy yoki milliy guruhlar (masalan, Qo‘shma Shtatlarda yashaydigan yahudiylar, livanliklar, koreyslar, Buyuk Britaniyada yashovchi ko‘pgina osiyolik guruhlar hamda Hindistonning Gujarot shtati aholisi) bilan bog‘lanishini tushuntira oladi.
Qulay shart-sharoit. Garchi, yuqorida bayon etilgan omillarning barchasi, ya’ni ishdan bo‘shatilish, ish muhiti, muvaffaqiyatli misolga ishonch mavjud bo‘lganda ham, maqbul infratuzilma, asosan, moliyalashtirish tizimi, elektr quvvati, yo‘llar, xomashyo, jihozlar va axborot bo‘lmagan taqdirda, o‘z korxonasini barpo etish qarorini qabul qilish uchun ular hali yetarli bo‘lmaydi.
Malakali mehnat resurslari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalar va hukumat tomonidan ijobiy yondashuvning yo‘qligi hamda tadbirkorlikka qarshilik qiladigan davlat siyosati kichik korxonalar, ayniqsa, o‘sish potensialiga ega bo‘lganlarning rivojlanishini ko‘proq susaytiradi. Bozor talabini bilish hamda xaridorlar xohishlari va ehtiyojlarini qondirish uchun marketing texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, korxonani tashkil qilishda juda muhim rol o‘ynaydi va uning faoliyat yuritish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Xuddi shunday, tadbirkorlikka ko‘maklashuvchi muhim omil, bu butun jamiyat uchun, ayniqsa, yoshlarimiz uchun zarur bo‘lgan, taqlid qilishga namunalar mavjudligidir.

Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish