Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet2/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

KIRISH


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning qonuniy-me’yoriy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masala O‘zbekiston hukumatining iqtisodiyot sohasida amalga oshirayotgan islohotlarida eng ustuvor, davlat siyosati darajasida ko‘tarilgan masalalardan biri bo‘lib, bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov izohlab berganidek, «...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo‘lishi shart»1.


Kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi.
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlashda, uning daromadlarini oshirishda eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib borayotgani hammaga ayon. Aynan kichik biznes o‘zining harakatchanligi, kam sarmoya talab qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani hamda shu tariqa bozor konyunkturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e’tiborlidir.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi bo‘lgan mulkdorlar o‘rta sinfini shakllantirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Shuning uchun, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilishini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste’molchilar talablari asosida amalga oshirish va tashkil etish hamda fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlariga keng yo‘l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanishi, yuqori samara, tashabbus va tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borishlariga katta e’tibor qaratilyapti.
Тadbirkorlarimiz oldilariga qo‘ygan yuksak maqsadlariga erishishda bir qator muammolarga duch kelishmoqda, bular — qonuniyatlarni yetarli darajada to‘la anglamaslik, biznesni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, soliqqa tortish va boshqarishda kerakli bilim hamda ko‘nikmaga ega emasliklarida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa albatta,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimizda sust rivojlanishining asosiy sabablaridan biridir.
Yuqoridagi muammolar Xalqaro Mehnat Тashkiloti (XMТ) va uning bir guruh mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, Sharqiy Yevropa, Keniya va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning bir qator respublikalarida sinovdan o‘tgan «Biznes bilan tanishuv» nomli modullar ketma-ketligiga asoslangan «Тadbirkorlik va biznes asoslari» fanida ham hal etishga e’tibor qaratilgan. Ushbu fan doirasida biznes va tadbirkorlik, bunday faoliyatni tashkil etish, uning turlari, ish faoliyatini rejalashtirilish, moliyalashtirish va korxonani boshqarish, biznes-rejalar tuzishga oid bilimlarni — ish o‘yinlari, keys-stadilar, sxemalar va interfaol o‘qitish kabi usullar yordamida amalga oshirishga qaratilgan.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan «Tadbirkorlik va biznes asoslari» kursi bo‘yicha asosiy o‘quv materiali hisoblanadi. Bundan tashqari undan hozirda o‘z faoliyatini olib borayotgan hamda faoliyatini endi boshlayotgan kichik va xususiy biznes tadbirkorlari ham qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

  1. bob

Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish