Mulk sohibi bo‘lish. Bu yerda tadbirkorlar cheklangan resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo‘lishi kerak. Ular o‘z mulkiga tayanib yoki o‘zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.
Foyda olishga intilish. Тadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy manfaati bo‘lib, unga foyda olish orqali erishiladi.
Iqtisodiy erkinlik. Тadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiya asosida ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qi-lishni, o‘ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o‘z bilganicha amalga oshiradi.
Iqtisodiy mas’uliyat. Тadbirkor mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, ko‘rgan foyda-zarariga o‘zi javob beradi.
Iqtisodiy tavakkalchilik. Тadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo ostidan» qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo‘rqmaydi.
Qonun-qoidalarga rioya qilish. Тadbirkor sa’y-harakatlarining o‘z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham qarz, ham farz hisoblanadi.
Raqobat kurashida qatnashish. Тadbirkor har doim boshqalar bilan
«kim o‘zadi» qoidasiga ko‘ra bellashuvi shart.
Тadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.
Halollik bilan ish yuritish. Тadbirkorlik halol yo‘l bilan pul topishga asoslanishi zarur, qalloblik, g‘irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga «halol yo‘l bilan nafaqa topinglar», deb marhamat qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo‘lgan.
O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, tovar ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarning tovar sifatiga bo‘lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu qonunlar ijrosini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida: «Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi», deb ta’kidlab o‘tilgan.
Nufuz (imij)ga ega bo‘lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro‘-e’tiborli bo‘lishni bildiradi. Тadbirkor o‘z sha’nini avaylashi, firma nomini e’zozlab, unga dog‘ tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.
Тadbirkorlikda o‘z-o‘zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko‘maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga ko‘ra, davlat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkining daxlsizligini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko‘rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne’matlar, albatta, kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo‘lmagan narsaning egasi yo‘q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste’mol etishga asoslanar ekan, u albatta, mulkchilikni talab qiladi.
Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidan o‘zlashtirish shaklidir. O‘zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo‘lishi, mulkdan foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo‘yadi. Mamlakatimizdagi mulk O‘zbekiston Konstitutsiyasi va
«Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga binoan boshqariladi.
Тadbirkorlar mulkiy munosabatning subyekti, ya’ni ishtirokchisi bo‘lishadi. Ular mulk qilib o‘zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoot, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g‘oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning obyektidir. Mulkning uch bosqichi bor:
egalik qilish;
foydalanish (ishlatish);
d) tasarruf etish.
Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Тadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo‘lib, birinchidan, ular o‘z mulkiga tayanib ish yuritishadi, ya’ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o‘ziniki. Ikkinchidan, ular o‘zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritishadi, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qilishadi va mulkdan foydalanishadi, ammo uni tasarruf etib xo‘jayinlik qila olishmaydi. Baribir, har ikki holatda ham yaratilgan tovarlarning egasi tadbirkor bo‘lib qolaveradi. Тadbirkor o‘z mulkidan naf ko‘rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Тadbirkor o‘z mulkini ishlatib foyda topadi, o‘z mulkini qimmatga sotib, daromad ko‘radi, o‘z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yo‘l bilan pul topadi va, nihoyat, u o‘z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo‘lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o‘zi hal qiladi, ya’ni buning eng maqbul yo‘lini o‘zi tanlab oladi. Тadbirkor o‘z mulkidan naf ko‘rgani uchun mulkiy mas’uliyatni, ya’ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini zimmasiga oladi.
Тadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab, uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida xususiy mulk yetakchi mavqeda turadi. Xususiy mulk ayrim kishilarga tegishli va ularga naf keltiruvchi mulkdir.
Xususiy mulkka qarab, xususiy tadbirkorlik mavjud bo‘ladi. Xususiy mulkning o‘zi ikki ko‘rinishga ega:
Yakka xususiy mulk — bu yakka shaxsning mulki, shu mulkka asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki
mulkdorning shaxsan o‘zi va oila a’zolari ishlaydigan korxonalar ham bo‘ladi.
Guruhiy — korporativ xususiy mulk — bu ma’lum maqsadni ko‘zlab, o‘zaro birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib alohida emas, balki birgalikda o‘zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar bo‘lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko‘rsatadi. Bunday tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.
Тadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o‘z hissasini qo‘shishi shart. Bu yerda ham hissadorlik qoidasi bor, ammo aksiyadorlikdan farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib, kooperativlarni, mahalla va jamoa xo‘jaliklarini olish mumkin.
Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi mulk, davlat korxonalarining va tashkilotlarining mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, foyda ko‘radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |