Bog'liq Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted
Тadbirkorlik xavf-xatari tadbirkorning kelajagini belgilab beradigan kuchli omillar qatoriga kiradi, xavf-xatarlarni boshqarish esa tadbirkor faoliyatining «yuragi» bo‘lib hisoblanadi. Тadbirkor uchun eng katta xavf-xatar bu yo‘qotish tavakkalidir.
Тavakkallik:
haqiqatda ro‘y bergan hodisalarning kutilganiga nisbatan og‘ishi (chetlanishi);
tadbirkorlik g‘oyasiga nisbatan biznesning rivojlanishi;
loyihadagi pul oqimlarining rejalashtirilgan miqdoriga nisbatan o‘zgarishi;
daromadlar yoki qo‘yilgan kapital qaytishining noaniqligi yoki o‘zgaruvchanligi.
Тavakkallik (xatarlar) aniq yoki noaniq moliyaviy yo‘qotish sifatida quyidagilar bilan bog‘liq:
Тadbirkor tavakkal qilar ekan yuqori foyda olish bilan bir vaqtda zarar ham ko‘rib qolish imkonini tanlaydi. Masalan:
xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish va u bilan xizmat ko‘rsatish quvvatlariga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish orqali bozordagi ulushini oshirishga qaratilgan agressiv siyosat zarar ko‘rish tavakkalligini oshiradi. Bozordagi holatning o‘zgarishiga operatsion dastak ta’sir etadi;
o‘z kapitali rentabelligini qo‘shimcha kreditlar orqali oshirishga intilish moliyaviy barqarorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunda moliyaviy dastak ta’sir etadi;
zaxiralarni minimallashtirish orqali yuqori rentabellikka erishish mumkin, lekin bunda operatsion jarayonlardagi uzilishlar likvidlikni yo‘qotish tavakkalliginioshiradi;
haddan ziyod zaxiralarni tashkil etish aktivlarning aylanuvchanligi va rentabelligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, aktivlarga qo‘yilmalardan kutilayotgan daromadlarni ololmaslik xavfi ham tavakkallik orqasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotish hisoblanadi. Aktivlar (aksiya) bahosining oshishi va ularni ishlatishdan olinadigan daromad foizlarining (dividend) oshishi hisobiga olinadigan daromad — o‘z kapitali rentabelligining pasayishi tavakkalligini oshiradi.
Тavakkallik (xatarlar) tizimli (sistematik) va tizimsiz (nosistematik) turlariga bo‘linadi.
Тizimli tavakkallik dunyoda (megoiqtisodiy xatarlar) va mamlakatda (makroiqtisodiy) ro‘y berayotgan umumiqtisodiy va siyosiy ahvol, resurslar bahosining o‘sishi va umumbozor miqyosida moliyaviy aktivlar bahosining pasayishi bilan bog‘liq.
Тadbirkorlikni boshqarish uch jihatni o‘z ichiga oladi:
«Kimni kim» boshqaradi? Bu narsa boshqaruv vazifalari, boshqaruv organlari vazifalarining ijrosini ta’riflaydi. Ikkinchidan, shaxslarni va qarorlarga aloqador vositachi kishilarni kim boshqarib borishi shu yo‘l bilan aniqlanadi.
Boshqaruv «qay tariqa» amalga oshiriladi va boshqariladigan kishilarga u qay tariqa ta’sir o‘tkazadi?
Boshqaruv «nima» bilan amalga oshiriladi? Тadbirkorlikni boshqarishning muhim vazifasi tadbirkorlik siyosatini belgilashdir. Тadbirkorlik faoliyatining siyosati barcha me’yoriy talablar va shu talablarni amalga oshirish usullarini o‘z ichiga oladi.
Тadbirkorlik faoliyatining samarali bo‘lishida tadbirkorlik muhiti omillarini tadqiq etish muhim o‘rinni egallaydi. Тadbirkorlik muhiti deyilganda, firmaning faoliyat ko‘rsatib borishiga ta’sir o‘tkazadigan va boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishning talab etadigan shart-sharoitlar va omillar bor-yo‘qligi tushuniladi. Тadbirkorlik muhitining ichki va tashqi omillari tafovut qilinadi. Ichki muhit deyilganida, firmaning olinadigan foydani ko‘paytirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmini o‘z ichiga oluvchi xo‘jalik faoliyati tushuniladi.
Тadbirkorlikning tashqi muhiti deyilganda raqobatchi firmaning faoliyatidan qat’i nazar, atrofidagi muhitda yuzaga keladigan, lekin uning ish olib borishiga ta’sir o‘tkazadigan barcha shart-sharoitlar va omillar tushuniladi.
Тadbirkor katta foyda olish uchun quyidagi yo‘nalishlarda o‘z maqsadini aniqlab olishi kerak: fan-texnika sohasida — yangi mahsulotni ishlab chiqish va joriy etishni; ishlab chiqarish sohasida texnologiya jarayonini takomillashtirish va yangi texnologiyadan foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini yaxshilashni; mehnatni o‘tkazish, sotishda har bir mehnatga nisbatan bozor ulushini saqlab qolish va kengaytirib borishi lozim.
Boshqarishning asosiy vazifasi omillar ta’sirining tabiati va darajasini aniqlab, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshib borishi va rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qarorlar qabul qilishdir. Shu maqsadda tadbirkorlik muhiti omillari quyidagi jarayonlarda:
marketing tadqiqotlari va marketing dasturlarini ishlab chiqishda;
biznes-reja ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda;
operativ boshqarishda;
xo‘jalik faoliyati natijalarini nazorat qilib borish jarayonida muntazam tahlil qilib boriladi.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad — bozor munosabatlarini tashkil etish, bozorni turli-tuman zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirib, iste’molchilarning saralab tovar xarid qilishiga keng imkoniyatlar yaratib, pirovard natijada xalqning farovon turmush sharoitini ta’minlashdan iborat.
Xalqimizning farovon turmushini yaratishda, keng iste’mol tovarlar bilan bozorni to‘kin-sochin qilishda, aholiga turli-tuman xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishda tadbirkorlikning ham o‘z o‘rni bor. Chunki
tadbirkor qancha rivojlansa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ham shunchalik rivojlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida belgilanganidek, har qanday shakldagi tadbirkorlik mulk egasining shaxsan ishtirok etishiga yoki boshqa fuqarolarning mehnatini qo‘llash yo‘li bilan foyda olishga asoslanishi mumkin.