Tayanch so‘zlar
Gipersteniya - asabiylashuvning ortishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xulq-
ning giperfaolligi.
Giposteniya — umumiy holsizlik tashabbuskorlikning pasayishi,
uyatchanlik, ish qobiliyatining sustligi.
Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo‘rqish.
186
XI bob. NUTQ IDA KAMCHILIGI B O ‘LGAN BOLALAR
M OTORIKASI
Olimlarning fikricha, nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning
lokomotor funksiyalarining rivojlanishini me’yorga qiyoslagan-
da ilk rivojlanishning kechikishi bilan ham belgilanadi: bolalar
me’yordan kechroq yoshda yurishni boshlaydilar, mayda qo‘l mo-
torikasi, artikulatsion motorika uzoq vaqt yaxshi rivojlanmagan
bo'ladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bolalar nutqining rivojlanish
darajasi to ‘g‘ridan to‘g‘ri qo'lning mayda motorikasiga bog‘liq
(M.M.Kolsova). Ko‘pchilik bolalar nutqi ustida o‘tkazilgan tajriba
va tadqiqotlar asosida quyidagi qonuniyat aniqlandi: agar barmoqlar
harakatining rivojlanishi yoshga mos kelsa, unda nutq rivojlanishi
me’yor darajasida bo‘ladi, agar barmoqlar harakati oqsasa, unda
nutq rivojlanishi ham sust rivojlanadi (L.F. Fomina). Y.I. Isenina
tadqiqotlari nutq kamchiligiga ega bolalar nutqi qo‘lning nozik
harakatlari ta’sirida rivojlanishi mumkinligini tasdiqlaydi.
Elektr-fiziologik tadqiqotlar natijalari ham qo‘l va nutq funk
siyalarining bevosita aloqada ekanini tasdiqlaydi. M.M.Kolsova-
ning xulosasiga ko‘ra «nutq doiralarining morfologik va funksional
shakllanishi qo‘l harakatidan keluvchi kinestetik impulslarning
ta ’sirida paydo bo‘ladi». Uning alohida ta ’kidlashicha, nutq faqat
bolalik yoshidagina qo‘l muskullarining impulsi vositasida rivojla
nadi. Shundan kelib chiqib, nutqni rivojlantirishda mana shu holga
katta ahamiyat berish kerak. Mayda qo‘l motorikasi yordamida bo
lalar nutqini rivojlantirish metodikalari M.M.Kolsova, L.V.Anta-
kova-Fomina va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi.
M.M. Kolsovaning fikricha, «bosh miya po‘stlog‘ining ish qo-
biliyatini oshirish vositalari»dan biri tizimli mashqlar asosida bar
moqlar harakati mashg‘ulotlarini o‘tkazish nutqning rivojlanishiga
ta ’sir ko‘rsatadi. Bu fikrni juda ko‘p eksperimental tadqiqotlarning
natijalari ham tasdiqlaydi.
Logopedik amaliyot nutqning rivojlanishiga harakatning sama-
rali ta ’sirini ko‘rsatadi. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida korrek-
sion-tarbiyaviy ishlar tizimida nutqi buzilgan bolalar uchun ko‘proq
187
e’tibor qoining nozik barmoqlari harakatini shakllantirishga
qaratiladi. M aium ki, barmoqlarning harakatini takomillashtirish
bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan ishlar q o in i xat yozishga tay-
yorlashda ham juda foydali. Nutqi to iiq rivojlanmagan bolalar
ning mayda motorikasini rivojlantirishni tizimli o‘tkazib, har kuni
3—5 daqiqa vaqt sarflash kerak. Shu maqsadda turli xil o‘yin va
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday mashqlar
maxsus mashg'ulotlardagina emas, balki sayrga chiqqanda, o‘yinlar
o'ynash paytida o‘tkazilishi mumkin.
Agar bola harakatlarni mustaqil bajarishga qiynalsa, unda alo
hida darslarga mashqlar kiritish tavsiya etiladi, bola faol harakatlan-
maydigan barmoqlar harakatini kattalar yordamida bajaradi. Kel-
gusida mashg‘ulotlar natijasida barmoqlar harakati takomillashib
boradi va bola ularni faol bajaradi.
Qo‘l barmoqlarining nozik harakatlanishini takomillashti
rish uchun kichik folklordan foydalanish katta samara beradi.
Bu o‘yinlar qulay jo ‘shqin sharoit yaratadi, barmoqlar mashqini
yaxshi ta ’minlaydi, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga va she’rlar
mazm unini tushunishga yordam beradi, nutq ritmini ilib olishga
o‘rgatadi. Bundan tashqari, hajviy xalq she’rlari dialog asosida
qurilgani uchun so‘zlashuv nutqini o‘rgatuvchi ajoyib manba h i
soblanadi. Bu namunalar maktabgacha yoshdagi bolalarning bar
cha rivojlanish bosqichlari uchun q o i keladi. Masalan, havzak-
havzaklar, ovutmachoqlar va erkalamalardan bolaning go'daklik
davridan to 3—4 yoshigacha foydalanish mumkin. Xalq ogbzaki
ijodida o‘z ifodasini topgan xalq pedagogikasi bolaning mayda
va yirik motorikasini rivojlantirishda, uning ham jismoniy, ham
hissiy-irodaviy rivojlanishini ta ’minlaydigan ajoyib she’riy namu-
nalarni yaratgan. Bola o‘tiradigan boiganda, uni tizzaga o‘tqazib,
barmoq sanash mashqi bajarilgan. Bunda bolaning qoichasini
ushlab turib, «Boshmaldoq, Qoramaldoq, 0 ‘rta terak, Hoji-
mirak, Kichkina bo‘bak», deb, bosh barmoqdan boshlab barm oq
lar bir-bir bukiladi. Sanoq tugaganini bildirish uchun, oxirgi so‘z
yuqoriroq ohangda shaxdam aytiladi va bolaning mushtchasi bilan
ko‘kraklari ohista qitiqlanadi. Bu mashqni rivojlantiruvchi desa
ham boiadi. Chunki bola mashq bir necha m arta takrorlangani-
188
dan keyin, u nim a bilan tugashini va ko‘kraklari qitiqlanishini
biladi va oldindan qiqirlab kuladi. Oldindan sezib zavqlanish hissi
go‘dakning intellektual rivoji uchun juda muhimdir. Shu yo‘l bilan
u o'z xotirasini mashq qiladi va voqealar rivojini bashorat qilishga
o‘rganadi. Bolaning barm oqchalarini alohida-alohida o‘ynab tu-
rish (ohista silash, tortib qo‘yish, uqalash va h.k.) kerak. Barmoq-
larini boshqara olish malakasi bolaning intellektual rivojlanishi
bilan uzviy bog‘liq. Oddiygina barm oqlarni bukish va to ‘g‘rilash
mashqi bolada shu malakani shakllantirish im konini beradi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda turli psixik funksiyalarni
o‘rganish jarayonida olingan m a’lumotlarning tahlili ularning o‘ziga
xosligini ko‘rsatadi (L.I. Belyakova, Y.F.Garkusha, O.N.Usanova,
E.L. Figeredo, T.B. Filicheva, G.V.Chirkina).
Do'stlaringiz bilan baham: |