Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Nutqning  temp-ritm  buzilishlarida  shaxs  xususiyatlari



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Nutqning  temp-ritm  buzilishlarida  shaxs  xususiyatlari
Odatda,  kichik  yoshdagi  bolalar,  agar  duduqlanish juda  kuchli 
bolm asa  o‘z  nuqsonlarini  anglab  yetmaydilar.  Agar  duduqlanish 
biror-bir  hodisadan  so‘ng  to‘satdan  yuz  bersa,  bunda  bola  bu  holat 
va nutq muloqotining chegaralanishida qattiq ta’sirlanadi,  tushkun- 
likka  tushadi.  Ayrim  hollarda  bola  umuman  gapirmay  qo‘yadi,  bu 
holatni  biz mutizm  deb  ataymiz.
Duduqlanuvchi bola o‘z nuqsonini anglagach, odamlardan uzoq- 
lashishga  va  nutqiy muloqotdan  qochishga harakat  qiladi.
Duduqlanishni  davolashda va ikkilamchi  nuqsonni oldini  olish- 
da  atrofdagilarning  munosabati  katta  rol  o'ynaydi.  Ota-onalar  o‘z 
farzandlariga  duduqlanishi  paydo  bolish  davrida  yordam  berishlari
182


va  uning  nutqiy  rivojlanishiga  samarali  ta ’sir  etish  hollari  kamdan 
kam  kuzatiladi.  Ko‘p  hollarda  ota-onalar  duduqlanuvchi  farzand- 
lariga  haddan  ziyot  e’tiborli  bo‘ladilar.  Ayrim  ota-onalar  duduq- 
lanishga  katta  ahamiyat  bermay,  boladagi  nutq  nuqsonini  o‘zlari 
bartaraf etishga  harakat  qiladilar,  masalan:  bolaning  nutqdagi  xa- 
tolarini  bolaga  ko‘rsatadilar  va  to‘g‘ri  nutqqa  taqlid  qilishni  talab 
etadilar.  Buning  oqibatida  bola  o‘z  nuqsonini  yanada  chuqurroq 
anglab yetadi.  Bola to‘g‘ri  gapirishga  harakat  qiladi.  Bola qanchalik 
qiynalsa  duduqlanish  shuncha  kuchayadi,  ya’ni  duduqlanuvchi bola 
o'zining  diqqatini  nutqiy  nuqsonga  qanchalik  qaratsa,  uning  nutqi 
shunchalik  yomonlashib  boraveradi.
Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlar- 
ga boigandek munosabatda bo‘ladilar.  Ular bolalarning ko‘ngillariga 
qaraydilar,  hamdardlik  bildiradilar.  Bunda  bolalarda  nevroz  rivojla­
nishi mumkin.  Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini 
tushunadi  va bundan  «unumli»  foydalanishga  harakat  qiladi.  Ayrim 
bolalar  o‘z  nuqsonlarini  turli  harakatlar  bilan  berkitishga  harakat 
qiladilar,  lekin  bu  usul  bilan  duduqlanishni  bartaraf etish  mumkin 
emas.  Hatto  nutqiy  nuqson  belgilari  juda  kam  darajada  namoyon 
bo‘lsa ham,  ikkilamchi  ruhiy buzilishlar ortib boradi.
Duduqlanishni  keltirib  chiqaruvchi  asosiy  asab  buzilishi  —  bu 
logofobiya.
Logofobiya  — nutqdan,  muloqotdan  qo‘rqish  ma’nosini  bildiradi.
Logofobiya duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga ta ’sir 
etadi va uning xulqida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.  Logofobi­
ya  bola  ruhiyatiga  shu  darajada  qattiq  ta ’sir etadiki,  hatto  duduqla­
nish  bartaraf etilgandan  keyin  ham   o‘z  asoratlarini  qoldiradi.
Bolalar jamoasida  duduqlanuvchi  bola  tengdoshlari  tomonidan 
masxara  qilinadi,  hatto  ular  bunday  bolalarni  o‘z  jamoalaridan 
chetga  chiqarib  qo‘yadilar.  Duduqlanuvchi  bolalar  maktabga  kel- 
gach,  ijtimoiy  muhitdagi  o‘zgarishlar  va  majburiyatlarining  ortib 
borishiga moslasha olmaydilar. Ayrim hollarda maktab m a’muriyati, 
o‘qituvchilarning  qattiqqo‘Higi  tufayli  duduqlanishi  kuchayishi  yoki 
«yashirincha»  duduqlanish  yaqqol  namoyon bo‘lishi  mumkin.
Duduqlanuvchi  bolani  o‘qituvchilar  har  doim  ham  tushun- 
maydi  va  ularni  bir-biriga  bo‘lgan  munosabatlari  duduqlanuvchi
183


va  sinfdoshlari  o‘rtasidagi  munosabatga  ham  salbiy  ta’sir  etadi. 
Duduqlanuvchi  bunday  vaziyatlarga  turlicha  munosabatda  bo‘ladi. 
Ko‘p  hollarda  bolalar  bilimlari  nuqsonlari  hisobiga  noto‘g‘ri  ba- 
holanishi  va  shunga  o‘xshash  sabablarga  ko‘ra  o‘qishga  boigan 
qiziqishlarini  yo‘qotadilar.  Ular  maktabni  yomon  ko‘rib  qoladilar, 
darslardan  qochadilar,  sinf jamoa  hayotidan  chetda  qoladilar,  xul- 
qida  qo‘shimcha  kamchiliklar kuzatiladi.
Ayrim  duduqlanuvchi  o‘quvchilar  darsni  bilmasliklarini  nutqiy 
nuqsondan  foydalanib  berkitishga  harakat  qiladilar.  Agar o‘qituvchi 
bolaning  nutqiy  nuqsoni  haqida  tushunchaga  ega  bolsa,  unda  bo­
laning javobini shoshirmasdan kutib turadi,  duduqlanish holati o lib  
ketgandan so'ng u  o‘z fikrini  bayon  etishga va bilimlarini  namoyon 
etishga  imkon  yaratadi.  Agar  o'qituvchi  bola  nuqsoni  haqida  tu­
shunchaga ega bolm asa,  uning jim  turishini darsni tayyorlamagan- 
lik  deb  tushunib,  uni  noto‘g‘ri  baholashi  mumkin.  Duduqlanuv­
chi  bolalarda  kek  saqlash,  xafsirash,  gumonsirash,  o‘zgarishlarga 
ishonchsizlik kabi shaxs xususiyatlarining kamchiliklari va psixomo- 
torikasida buzilishlar kuzatiladi.  Duduqlanishning giperstenik shak- 
lidagi  bolalarda  asabiylashishning  kuchayishi,  qo‘zg‘aluvchanlik, 
xulqida giperfaollik kuzatiladi.
Nevrosteniyaning gipostenik shakliga ega duduqlanuvchi bolalar 
umumiy holsizlik,  ish qobiliyatining sustlashganligi va logofobiyalar 
bilan  ta ’riflanadi.
Taxilaliyali  bolalar  odatda  o‘z  nuqsonlarini  anglab  yetadilar, 
shuningdek,  ularning  nutqiy  muloqotga  kirishish  imkoniyatlari 
cheklangan  boiadi.  Bunday  bolalarga  atrofdagilarning  munosa- 
batlari  turlichadir.  Ko‘p  hollarda  taxilaliyali  bolalar  o‘z  tengdosh­
lari  tomonidan  kamsitiladilar.  Ota-onalarning  haddan  tashqari 
qayg‘urishlari  va  nutqiga  nisbatan  talablari  taxilaliyali  bolalarning 
xulqidagi  salbiy o‘zgarishlarga  sabab  bolishi  mumkin.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish