9.5. Nutqida kamchiligi boigan bolalar tafakkuri
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bolib, insonga
atrof borliqni bilish quroli sifatida xizmat qiladi. Tafakkur inson
amaliy faoliyati vujudga kelishining asosiy shartidir. Tafakkur nutq
bilan chambarchas bogliq. Nutq bolm asa, til vositalari bolm asa,
inson fikr qilolmaydi. Tafakkur bolm asa, nutq, tilning ham bolishi
mumkin emas. Bular o‘zaro bogliq kategoriyalardir. Tafakkur bu
bilish jarayonidir. Bosh miyaning bilish jarayonlarini ta ’minlaydigan
markazlarining shikastlanishi tafakkur jarayonlariga salbiy ta’sir
ko'rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, nutqqa ta’sir ko‘rsatmay qolmay-
di.
Nutq buzilishlarini o‘rganishda va tuzatishda logopediya va
logopsixologiya fanlari nutq va fikrning o‘zaro bogliqligi konsepsi-
yasiga, bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlar-
ning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va
faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki hamda tashqi
omillarning o‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakat-
lantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyalarga tayanadi.
XX asrning boshlaridayoq bosh miyada «alohida nutq markaz-
lari» mavjud va nutq funksiyasi mana shu markazlarda lokallashgan
176
degan nuqtayi nazar keng tarqalgan edi. Rus olimi I.R Pavlov bu
qarashga yangi yo‘nalish berdi. U bosh miya qobig‘ining nutq funk-
siyalari lokalizatsiyasi murakkab bo lib qolmay, balki o‘zgaruvchan
xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «dinamik loka-
lizatsiya» deb atadi.
I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nutq bosh miyaning murakkab
psixofiziologik funksiyasini, uning ikkinchi signal sistemasini o‘zida
namoyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va
ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy boglangandir. Ikkinchi
signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. Ammo keyincha-
lik 2-signal tizimining 1-signal tizim ini tartibga soluvchi ta ’siri
namoyon boiadi. So‘z alohida xususiyatning signali, umumlashti-
rish, mavhumlashtirish qurolidir. 1- va 2-signal tizimlari orasidagi
o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish,
buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida sa-
marali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A.N. Leontev, A.R. Luriya va boshqa
rus olimlarining olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday psixik
funksiyalarning asosi alohida markazlarda bolm ay, balki markaziy
asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar
tizimi hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari,
tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan
umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zida na-
faqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi.
Ular aynan o‘xshash emas va m a’lum darajada bir-biriga bogliq
bolm agan holda paydo boiadi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi
jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik, nutqiy tafakkur,
nutqiy fikrlash faoliyati paydo boiadi. Nutqiy muomala qobiliyatini
o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozir-
laydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shaklla
nadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.
Shuning uchun nutq buzilishiga ega boigan shaxslarning tafak
kur xususiyatlari muammosi logopsixologiya va neyropsixologiya
fanlarining muhim muammolaridan biridir. Nutq va tafakkurning
chambarchas o‘zaro bogliqligini tushunish uchun bolalar psixik
177
funksiyalarining rivojlanishi va buzilishining ichki qonuniyatlarini
e’tiborga olish kerak.
Rus olimlari (L.S.Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N.Leontev
va b.) tomonidan tafakkurning psixik strukturasi masalasi har to
monlama ishltfb chiqilgan. Umum qabul qilingan tasnifga ko‘ra bi
lish faoliyatining uchta asosiy shakli mavjud: ko‘rgazmali-amaliy,
ko‘rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy (nutqiy) tafakkur.
Tafakkur sensor alaliya va afaziyaning barcha turlarida miya
ning organik buzilishlari natijasida tafakkur qo‘pol buzilgan bo‘ladi.
Boshqa nutq nuqsonlarida esa (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish)
tafakkur buzilishi logopsixologiyada chuqur o‘rganilmagan va tax-
minimizga ko‘ra bu nuqsonlarda tafakkurning qo‘pol buzilishlari
kuzatilmaydi, lekin o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Afaziyaning turli shakllarida bemorlarning nutq-tafakkur faoli-
yatida umuman olganda buzilishlar kuzatilmaydi, balki bu faoliyat
ning ayrim bo‘yinlari buzilgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,
miya katta yarim sharlaridagi turli bo‘Iimlarning shikastlanishi
so'zlar ma’nolarini farqlashda muammolar keltirib chiqaradi. Bunda
so‘zlarning analitik-sintetik tahlili buzilgan bo‘ladi. Sensor alalik
va sensor afazik bolada tovushlarning sintetik-analitik tahlili buzil-
gani sababli u o‘zgalarning nutqini tushunmaydi. U ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarni idrok eta olmaydi, fonetik jihatdan yaqin so‘zlarning
ma’nolarini farqlamaydi (masalan, sim-shim, uka-ukki).
V.A. Kovshikov, Y.A. Elkin motor alalik bolalarning tafakkurini
tadqiq qilar ekanlar, bir nechta tushunchalarni ajratib ko‘rsatdilar:
bilim — borliqni bilishda o‘tgan zamon tajribasi natijalarida shakl-
langan va fikrlash operatsiyalari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi-
gan obrazlar, tasavvurlar, tushunchalar majmuyi; psixik faoliyatning
o‘z-o‘zini tashkil qilishi — bilish faoliyatini va uni boshqarishni
faollashtirishga qaratilgan yaxlitlik bo‘lib, tafakkur jarayonining ke-
chishi va muammoli vaziyatlarni hal qilib berishi uchun kerakli
sharoit yaratib beradi; shaxsiy tafakkur - muammoli vaziyatlarni
hal qilishga yo‘naltirilgan jarayon.
Nutq kamchiliklariga (duduqlanish, dizartriya, rinolaliya, ala
liya, afaziya va h.k.) ega bolalarda bilish jarayonining kamchiliklari
tafakkur jarayoni va natijalariga va o‘z-o‘zini boshqarishning buzi-
178
lishiga ko‘proq ta ’sir qiladi. Ularda atrofdagilar to‘g‘risida yetarli
hajmda m a’lumotlar bo‘lmaydi, borliqdagi predmetlarning xususi
yatlari va funksiyalari haqida noto‘g‘ri tasavvurlar, hodisalarning
sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatishda qiyinchiliklar tug‘iladi. 0 ‘z-
o‘zini boshqarishning buzilishiga hissiyot-iroda doirasidagi kam
chiliklar sabab bo‘ladi. Bolalar, odatda, o‘zlariga taklif qilingan
muammoli vaziyatga uzoq vaqt kirisholmaydilar, yoki, aksincha,
vazifani bajarishga juda tez kirishib ketadilar, lekin bunda vazi-
faning ham m a jihatlarini hisobga olmasliklari tufayli, uni to‘g‘ri
baholay olmaydilar va to'liq bajarishga qiynaladilar. Ayrim bolalar
esa vazifani bajarishga tez kirishadilar, lekin unga qiziqishlari xuddi
shunday tez yo‘qoladi, hatto vazifa to‘g‘ri bajarilayotgan bo‘lsa ham,
ishni tugatmasdan uni bajarishdan bosh tortadilar. Bunda nutqi
rivojlanmagan bolalar fikrlash operatsiyalarini to‘g‘ri bajara ola-
dilar, lekin ularda psixik jarayonlarning (xotira, diqqat, tasavvur,
tafakkur) rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli
fikrlash operatsiyalari to‘liq amalga oshmay qoladi (V.A. Kovshikov,
Y.A. Elkin).
Nutqi rivojlanmagan bolalarda aniq obrazli fikrlashning kamchi
liklari faqat ikkilamchi emas, balki birlamchi xarakterga ega bo‘lishi
mumkin. Bu holat bosh miya po‘stlog‘i tepa qismining jarohatlan-
ganligi bilan bog‘liq. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalarda ko‘pchilik
hollarda nutqning rivojlanmaganligi aniq-obrazli fikrlashning
shakllanmaganligi bilan bog‘liq bo‘ladi (T.A. Fotekova, 1993). Nutqi
to‘liq rivojlanmagan ko‘pchilik bolalar uchun fikrlashning sustligi
xos bo‘ladi (L.I.Belyakova, Y.F.Gargusha, O.N. Usanova, E .L .Fi-
geredo).
Muammoli bolalar tafakkur rivojlanishi orqada qolish bilan tas-
niflanadi. A.R. Luriya, L.S. Svetkova, I.T.Vlasenko o‘z tadqiqot-
larida so‘z-mantiq tafakkur buzilishi mexanizmlari muammolarini
yoritib berdilar.
So‘z-mantiq tafakkur nutq vositasida amalga oshiriladi. A.N. Le-
ontev ta’kidlashicha, so‘z ma’nolarida predmet dunyosi, xossalari,
aloqalari, munosabatlari o‘zining moddiy ifodasini topgan. L.S. Vi
gotskiy bu bogliqlikni tafakkur va nutq birligi deb atagan. Tushun-
cha tafakkur jarayonida vujudga keladi.
179
Tafakkur qanchalik to‘liq rivojlangan bolsa, so‘z ma’nosi
shunchalik to‘liq bo‘ladi, ya’ni tafakkur jarayonlari, so‘z m a’nosi
ortida turib, shaxsiy fikrlash darajasida kechadigan analiz va sintez
bilan bog‘langan.
Nutq bilan tafakkurning birligini l.P.Pavlovning ikkinchi signal
sistemasi to‘g‘risidagi ta’limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal
sisiemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga ta’sir qilgan holda
nutqning ham, tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |