To’g’riburchakli (tekis) taqsimot uchun k=√3, uchburchak uchun k=√6
Qamrov koeffitsientining qiymati k talab qilingan y-U dan y+U gacha interval uchun ishonch darajasi asosida tanlanadi. Qamrov koeffitsienti k asosan 2dan 3gacha diapazonda bo’ladi. Ammo, alohida hollarda k ushbu diapazondan tashqariga chiqishi mumkin.
8-bosqich. y o’lchash natijasi uning jamlangan standart noaniqligi uc(y) bilan birga yoki kengaytirilgan noaniqligi U bilan ma’lum qilinadi. y va uc(y) yoki U qanday qilib olinganligi ko’rsatiladi.
2. O‘lchashlarning noaniqligi to‘g’risidgi xisobotnt tuzish
[19-21 – p] Telekommunikatsiyalardagi o’lchashlarning noaniqligi to’g’risidagi hisobotni quyidagi to’qqizta bo’lim ko’rinishida tuzish tavsiya qilinadi: O‘lchash masalasi: 1. Y o’lchanadigan kattalikni qanday aniqlashning quyidagilarni o’z ichiga olgan qisqa tafsiloti: o’lchash usuli yoki o’lchash uslubiyoti; o’lchash sxemasi yoki rejasi; foydalaniladigan qurilmalar; o’lchash sharoitlari. 2. O‘lchash modeli: Y chiqish kattaligi va Xi kirish kattaliklari orasidagi matematik bog’lanishlarni ifodalash:
Y = f(X1, X2, ..., Xn) 3. Kirish kattaliklarining tahlili:
2.3-jadval. Kirish kattaliklarini tahlil qilish shakli.
4. Kuzatishlarning natijalari: kuzatish natijalarining ro’yxati taqdim etiladi, asbobdan bevosita hisoblangan va ularning statistik xarakteristikalari; o’rta arifmetik qiymat; o’rta kvadratik qiymat (standart chetlanish); standart noaniqlik.
5. Korrelyatsiyalar: kirish kattaliklari ularning korrelyatsiyalanishi bo’yicha tahlil qilinadi va barcha korrelyatsiyalanuvchi kirish kattaliklarining korrelyatsiya koeffitsienti hisoblab chiqiladi, bunda ularni hisoblash usullari ko’rsatiladi.
6. Sezgirlik koeffitsientlari: har bir kirish kattaligi uchun sezgirlik koeffitsienti olinadi yoki xususiy dx/dxi hosilalarni hisoblash asosida yoki eksperimental olish usuli ko’rsatilgan holda.
7. Noaniqlik byudjeti: 2.4-jadvalda keltirilgan.
8. Kengaytirilgan noaniqlik: Tanlangan ishonch darajasi asosida qamrov koeffitsienti aniqlanadi va kengaytirilgan noaniqlik hisoblanadi. 9. O‘lchashlarning to’liq natijasi: Y o’lchanadigan kattalikning y bahosi va U kengaytirilgan noaniqlikni Y=y+U ko’rinishda U va y uchun o’lchov birliklarini ko’rsatgan holda o’lchashning to’liq natijasi taqdim etiladi.