6-mavzu. Avtomobil startyorlari.
Ma‘ruza rejasi
1. Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi va tahlili, Starterlarning tuzilishi,
ishlash prinsipi va konstruktsiyasining o„ziga xos tomonlari.
2. Ichki reduktorli va doimiy magnitdan uyg„otiluvchi startyorlar.
3. Dvigatelni ishga tushirish. Dvigatel tirsakli valining aylanishga qarshilik
momenti va uni aniqlash usullari.
4. Sovuq holatdagi motorni ishga tushirishning minimal aylanishlar chastotasi.
sharoitlari.
Tayanch so‟z va iboralar :
motorlarni ishga tushirish sharoitlari, qarshilik
momenti, moyning qovushqoqligi, motorni ishga tushirish chastotasi, o’zgarmas
tok elektrodvigateli, ketma-ket uyg’otish, aralash uyg’otish, yakor, uyg’otish
chulg’ami, kollektor, ko’ndalang kollektor, ilashish mexanizmi, erkin yurish
muftasi, tortish relesi, tortuvchi chulg’am, ushlab turuvchi chul^am, ichki
reduktorli startyor, kuchlanish, aylanish chastotasi, burovchi moment, quvvat,
iste’mol toki, to’la tormozlanish, salt yurish, magnit oqimi, simmetrik parabola,
po’latni magnit to’yinishi, uyurma tok, mexanik va magnitli isroflar, cho’g’lanish
shamlari, isitgich shamlari
II. Maqsad:
Talabalarda elektrdan o„t oldirish tizimi bo„yicha keng qamrovli bilim va
ko„nikmalarni shakllantirish.
III. Matn
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy
ravishda aylatirishni ta‟minlovchi moslamalar majmuisidan iborat. Ichki yonuv
dvigatellarini ishga tushirish uchun mexanik startorli, benzin dvigatelli, pnevmatik,
gidropnevmatik va elektrostartorli tizimlar qo„llaniladi. Avtomobillarda boshqa
usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo„lgan elektrostartorli ishga
Dvigatelni ishga tushirish tizimining umumiy
sxemasi
I-startyor; II-akkumulatorlar batareyasi; III-
elektrodvigatel; IV-tortish relesi; V-yuritma
mexanizmi; VI-ichki yonuv dvigateli; VII-ishga
tushirishni yengillatuvchi moslamalar. 1-
lappaksimon kontakt, 2-elektromagnit chulg‘ami,
3- elektromagnit o‘zagi , 4- prujina, 5-pishang, 6-
shesterna, 7- maxovik, "K"-normal ochiq
kontaktlar
tushirish tizimi tatbiq topgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi
yetarli darajada yuqori va murakkab bo„lmagan elektrotexnik va elektron
moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish jarayonini avtomatlashtirish
imkoniyati bor.
Elektrstartorli ishga tushirish tizimi tarkibiga akkumulatorlar batareyasi II, startor I
va dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar VII kiradi.
Akkumulatorlar batareyasi elektr ta‟minot va dvigatelni ishga tushirish tizimlari
uchun umumiy element hisoblanadi. Elektr ta‟minot tizimida akkumulatorning
razryad toki (0,5-0,7) C
20
dan ortmasa, startor rejimida ishlaganda, qisqa vaqt
davomida, lekin qiymati katta (
2000 A gacha) tok bilan razryad bo„ladi.
Shuning uchun akkumulatorning sig„imi, razryadlanganlik darajasi, elektrolit
temperaturasi kabi batareya holatini belgilovchi omillar startor tavsifnomasiga va
demak, dvigatelning ishga tushirish jarayoniga bevosita ta‟sir ko„rsatadi.
Akkumulatorlar batareyasi dvigatelni ishga tushirish jarayonida, kuchlanishi
belgilangan minimal qiymatdan (12 V li tarmoq uchun 6-8 V) kamaymagan
holda, ma‟lum miqdorda elektr toki berishi zarur. Akkumulatorlar batareyasi
kuchlanishining pasayishini bu chegarasi, bir tomondan startorni dvigatelning
tirsakli valini ishga tushish chastotasidan kam bo„lmagan chastota bilan
aylantirishini ta‟minlash vazifasi bilan bog„liq bo„lsa, ikkinchi tomondan o„t
oldirish tizimi (benzinli dvigatellar uchun) barqaror ishlashi uchun zarur bo„lgan
minimal kuchlanish qiymati bilan belgilanadi.
Startor elektrodvigatel III, tortish relesi IV va yuritma mexanizmi V dan iborat.
Elektrodvigatel sifatida ketma-ket yoki aralash uyg„otish tizimiga ega bo„lgan
o„zgarmas tok mashinasi ishlatiladi. U quyidagi asosiy nominal parametrlari bilan
tavsiflanadi: kuchlanishi U
sn
(12,24 V) quvvati P
sn
, aylanishlar chastotasi n ,
burovchi momenti M
sn
va quvvatning maksimal qiymatidagi tok
sn
n . Startor
juda qisqa vaqt davomida (10-15 s) ishlaganligi tufayli uning zanjirlaridan
o„tadigan tok va maksimal quvvati uning elektrodvigateli chulg„amlarining qizib
ketish xavfi bilan cheklanmaydi.
Tortish relesi yuritma shesternasi 6 ni maxovikning tishli gardishi 7 bilan
ilashishini ta‟minlaydi va lappaksimon kontakt 1 yordamida startor elektrodvigatel
zanjirini akkumulatorlar batareyasiga ulaydi.
Yuritma mexanizmi dvigatel VI ni ishga tushirish jarayonida startor
elektrodvigateli yakoridan tirsakli valga burovchi momentni uzatish va dvigatel
ishga tushgandan keyin maxovikdan elektrodvigatel yakoriga, ya‟ni teskari
yo„nalishda aylanma harakat uzatilishiga yo„l qo„ymaslik vazifasini bajaradi.
Dvigatelni ishga tushirish sistemasi quyidagicha ishlaydi. O„t oldirish kalitidagi
normal ochiq kontaktlar "K" tutashtirilganda, tortish relesi chulg„ami 2 dan tok
o„tadi va rele elektromagnitining tortish kuchi ta‟sirida o„zak 3 chulg„am ichiga
tortiladi. Bu bilan bir vaqtda o„zak o„qi bilan bog„langan pishang 5 yuritma
mexanizmi shesternasi 6 ni yakor vali bo„ylab harakatlantirib maxovikning tishli
gardishi 7 bilan ilashtiradi. Startor shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan
to„la ilashishi daqiqasida elektromagnit o„zak o„qining ikkinchi uchida joylashgan
relening lappaksimon kontakti elektrdvigatel zanjirini akkumulatorlar batareyasiga
ulaydi. Elektrodvigatel ishga tushadi va dvigatel tirsakli valini aylantira
boshlaydi. Dvigatel ishga tushgandan
so„ng "K" kontakt o„zining oldingi, ya‟ni
normal ochiq holiga keltiriladi va tortish
relesi chulg„amining zanjiri uziladi,
natijada qaytarish prujinasi 4 ta‟sirida
elektromagnit o„zagi o„zining dastlabki
holatiga qaytadi. Bunda tortish relesining
lappaksimon
kontakti
startor
elektrodvigateli zanjirini akkumulatordan
uzadi va pishang 5 ning harakati natijasida
yuritma
mexanizmining
shesternasi
maxovikning
tishli
gardishi
bilan
ilashishdan chiqadi va o„zining oldingi
holatiga qaytadi.
Atrof muhit harorati – 30
o
C dan past
bo„lgan hollarda dvigatel ishga tushishini
yengillatuvchi
moslamalar qo„llaniladi.
Yengillatuvchi vositalar tirsakli valning
aylanishga qarshilik momentini kamaytirish
hisobiga
uning
aylanish
chastotasini
oshirish,
yonilgi-havo
aralashmasini
tayyorlash va o„t oldirish sharoitlarini
yaxshilash vazifasini bajarishga mo„ljallangan moslamalardan iboratdir. Ishga
tushirishni yengillatuvchi usul va moslamalarni tanlash dvigatel turiga, uning
tuzilishidagi o„ziga xos tomonlariga, ishlatish sharoitlariga va iqtisodiy omillarga
bog„liq.
Dvigatelning ishga tushirish sharoitlari
Dvigatelni ishonchli ravishda ishga tushirish uchun zarur bo„ladigan startorning
quvvati asosan ikki omilga bog„liq: dvigatel tirsakli valining aylanishga
qarshilik momenti M
q
va dvigatelning ishga tushirish aylanish chastotasi n
it
ga,
ya‟ni
9550
it
q
n
M
P
Do'stlaringiz bilan baham: |