2- topshiriq. Kengayish termometrlari ishini o’rganish va tadqiq qilish.
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi asbob ichiga solingan
termometrik suyuqlikning hajmi harorat ko‘tarilishi yoki pasayishida o‘zgarishiga asoslangan. Suyuqlikli termometrlar —200°C dan +750°C gacha oraliqdagi haroratni o‘lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‘lganligi sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti (etanol), kerosin, petroley efiri, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qoMlanish chegaralari 2.2-jadvalda keltirilgan.
Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko‘p tarqalgani simobli termometrlardir. Simob kengayish koeffitsiyentining kichikligi termometriya nuqtayi nazaridan uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi.
Termometrlarda hajmiy kengayish harorat koeffitsiyenti yuqori boigan suyuqliklardan foydalanish maqsadga muvofiq.
O’lchashning maqsadi va chegarasiga qarab, termometrlar kengayish koeffitsiyenti kichik boigan turli rusumli shishalardan tayyorlanadi. Texnikada qo’llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi xillarga bo’linadi:
1. Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar (keng miqyosda qo’llaniladigan termometrlar): a) simobli termometrlar (—35 dan +750°C gacha); b) organik suyuqlikli termometrlar (—200 dan +200°C gacha).
2. Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritiladigan termometrlar: a) aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (—35 dan + 600°C gacha); b) aniq oichovlarga moijallangan simobli termometrlar (0 dan + 500°C gacha); c) organik suyuqlikli termometrlar (—80 dan +100°C gacha).
3- topshiriq.Manometrik termometrlar ish prinsipini o’rganish.
Manometrik termometrlar texnik asbob boiib, termotizimning ishchi moddasi jihatidan gazli, suyuqlikli va kondensatsion (bug’-suyuqlikli) termometrlarga bo’linadi. Bu asboblar suyuq va gazsimon muhitlarning — 150 dan +1000°C gacha boigan haroratini oichash uchun qoilaniladi.
Manometrik termometrlar ko‘rsatuvchi va o‘ziyozar qilib ishlanadi. Uziyozar termometrlar doiraviy yoki tasmasimon diagramma qog‘ozi bilan ta ’minlanadi. Diagramma qog‘ozini sinxron dvigatel, ba’zi turlarida esa soat mexanizmi siljitadi.
Manometrik termometrlar kimyo sanoatida keng qo’llaniladi. Ular portlash xavfi bor joylarda ishlatilishi mumkin. Bu holda diagramma qog‘ozi soat mexanizmi bilan yuritiladi. Manometrik termometrlarning sxemasi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan. Asbob termoballon 1, kapillar naycha 2 va manometrik qism 3—9 dan iborat. Manometrik prujina 3 ning bir uchi tutqich 4 ga kavsharlangan. U kanal orqali prujinaning ichki b o ‘shlig‘ini termoballon bilan ulaydi. Prujinaning ikkinchi bo‘sh uchi germetiklangan va tortqich 5 yordamida sektor 6 bilan bog’langan. Bu sektor, o ‘z navbatida trubka 7 bilan tishli ilashish vositasiga ulangan. Trubka 7 ning o‘qiga strelka 8 o‘rnatilgan. Uzatish mexanizmidagi oraliqni toidirish uchun spiral tola 9 o‘rnatilgan, uning ichki o‘ramining uchi trubka o‘qiga ulangan.
Asbobning termoballon, kapillar va manometrik prujinasi ishchi modda, asosan, gaz (gazli termometrlarda) va suyuqlik (suyuqlikli termometrlarda) bilan boshlang’ich bosimda to’ldiriladi.