Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajalari ozgarishi yoki ozgarmasligiga qarab barcha reaksiyalarni ikki turga bolish mumkin:
Oksidlanish darajasi ozgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish darajasi ayni birikma butunlay ionli tuzilishga ega deb tasavvur qilinganda, birikma tarkibidagi atomlarning olgan yoki bergan elektronlar sonini bildiruvchi shartli zaryadli qiymati. Uning zaryad ishorasi elementning elektromanfiylik qiymatiga bogliq bolib, agar elementning elektromanfiylik qiymati yuqori bolsa ayni birikmada u elektron biriktirib olib manfiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Agar elementning elektromanfiylik qiymati quyi bolsa ayni birikmada u elektron berib musbat oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Agar element: 1 ta elektron olsa 1, bersa +1
2 ta elektron olsa 2, bersa +2
3 ta elektron olsa 3, bersa +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Elementning birikmadagi oksidlanish darajasini aniqlashda asosan quyidagilarga etibor berish lozim:
1
|
Oddiy moddalarning oksidlanish darajasi 0 ga teng
|
2
|
Metallar doimo musbat oksidlanish darajasiga ega
|
3
|
Ishqoriy metallar va kumush doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
|
4
|
Ishqoriyyer metallari doimo +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
|
5
|
Alyuminiy doimo +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
|
6
|
Ftor faqat 1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
|
7
|
Qolgan metalmaslar ham manfiy, ham musbat oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
|
8
|
Vodorod metallar bilan hosil qilgan birikmalari metal gidrid (MeHx) larda 1, qolgan barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
|
9
|
Kislorod peroksidlarda 1, ftor bilan hosil qilgan birikmasida +2, qolgan birikmalarda esa 2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
|
10
|
Elementning eng yuqori oksidlanish darajasi davriy sistemadagi joylashgan guruh raqamiga teng.
( Cu va Au metallari bundan mustasno: Cu +2, Au +3 )
|
11
|
Elementning eng quyi oksidlanish darajasi 8 dan davriy sistemadagi joylashgan guruh raqami ayirmasiga teng.
|
12
|
Har qanday birikma tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari yigindisi 0 ga teng boladi.
|
Kopincha elementlarning oksidlanish darajalari shu elementning valentlik qiymatiga teng boladi. Valentligi ozgaruvchan elementlarning oksidlanish darajalari ham ozgaruvchan boladi. Lekin, valentlik va oksidlanish darajasi tushunchalari bir xil tushuncha emas. Bu tushunchalarni ozaro aralashtirib yubormaslik lozim. Quyidagi jadvalda valentlik va oksidlanish darajasining asosiy farqlari keltirilgan:
No
|
Oksidlanish darajasi
|
Valentlik
|
1
|
Oksidlanish darajasi 0 ga teng bola oladi.
|
Valentlik 0 ga teng bolmaydi.
|
2
|
yoki + ishoraga ega
|
Ishoraga ega emas
|
3
|
Kasr sonli qiymatlarni ham qabul qiladi
|
Qiymatlari faqat butun sonlardan iborat
|
4
|
Elementning birikmadagi olgan yoki bergan elektronlar soniga teng
|
Elementning birikmada hosil qilgan kimyoviy boglari soniga teng.
|
Hamma birikmalarda ham oksidlanish darajasi va valentlik qiymatlari teng bolmaydi. Masalan:
Birikima
|
Atom
|
Oks.dar.
|
Valentlik
|
Birikima
|
Atom
|
Oks.dar
|
Valentlik
|
CO
|
C
|
+2
|
III
|
H2O2
|
O
|
-1
|
II
|
HNO3
|
N
|
+5,
|
IV
|
NH4+
|
N
|
-3
|
IV
|
Bu holat kopincha organik birikmalarda yaqqolroq namoyon boladi. Malumki uglerod atomi barcha organik birikmalarda IV valentlikni namoyon qiladi, lekin, oksidlanish darajalari turlicha boladi (-4, -3, -2, -1, 0, +1, +2, +3, +4). Masalan:
Birikima
|
Oks.dar.
|
Birikima
|
Oks.dar.
|
Birikima
|
Oks.dar.
|
CH4
|
-4
|
C2H2
|
-1
|
HCOOH
|
+2
|
C2H6
|
-3
|
HCHO
|
0
|
RCOOH
|
+3
|
C2H4
|
-2
|
RCHO
|
+1
|
CO2
|
+4
|
Bu birikmalarning barchasida uglerod IV valentlik.
|
Oksidlanishqaytarilish reaksiyasi davomida element yoki ion elektron biriktirib olsa oksidlovchi hisoblanadi va ayni jarayonda oksidlovchi qaytariladi.
Oksidlanishqaytarilish reaksiyasi davomida element yoki ion elektron bersa qaytaruvchi hisoblanadi va ayni jarayonda qaytaruvchi oksidlanadi.
Faqat oksidlovchilar.
|
Ftor F2
Eng yuqori oksidlanish darajasiga ega atom tutgan birikmalar
Elektroliz anodi
|
H2SO4, HNO3, KMnO4, CrO3, K2Cr2O7, PbO2, HClO4, Mn2O7, H2SeO4, SO3, K2CrO4
|
Ham oksidlovchi, ham qaytaruvchilar
|
Oraliq oksidlanish darajasiga ega atom tutgan birikmalar
|
H2SO3, HClO3, HNO2, CO, SO2
|
Qaytaruvchilar.
|
Barcha metallar
Eng quyi oksidlanish darajasiga ega atom tutgan birikmalar
Elektroliz katodi
|
H2S, NH3, HCl, PH3, Metallar, HJ va yodidlar, HBr va bromidlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |