OITS tarqalishi xaqida qisqacha ma’lumot, 2006 yil, dekabr.
2006 yilda OIV-infeksiyasi bilan yashovchi odamlar soni
|
Jami
|
39,5 million (34,1- 47,1 million)
|
Kattalar
|
37,2 million (32,1- 44,5 million)
|
Ayollar
|
17,7 million (15,1- 20,9 million)
|
15 yoshdan kichik bolalar
|
2,3 million (1,7- 3,5 million)
|
2006 yilda OIV-infeksiyasini yuqtirgan odamlar soni
|
Jami
|
4,3 million (3,6- 6,6 million)
|
Kattalar
|
3,8 million (3,2- 5,7 million)
|
15 yoshdan kichik bolalar
|
530 000 (410 000 – 660 000)
|
2006 yilda OITSdan o‘lganlar soni
|
Jami
|
2,9 million (2,5- 3,5 million)
|
Kattalar
|
2,6 million (2,2- 3,0 million)
|
15 yoshdan kichik bolalar
|
380 000 (290 000 – 500 000)
|
OITSning birinchi holatlari AQSHda ro‘yxatga olingan. 1981 yilning yozida AQSH kasallanishni nazorat qilish Markazining Los–Anjelos va Nyu- Yorkda 5 ta pnevmotsistli zotiljam va 26 ta Kaposhi sarkomasi kasalliklarini ilgari sog‘lom bo‘lgan gomoseksualistlarda aniqlanganligi haqidagi ma’ruzasi chop etilgan. Undan keyingi oylarda esa ayol va erkak giyohvandlar orasida, qon quyilgan, ayniqsa, gemofiliyali bemorlarda OITS tashhislandi. Bu bemorlar guruhlar haqidagi ma’lumotlar chuqur o‘rganib tahlil etilgandan so‘ng, kasallikning sababi jinsiy aloqa orqali, xamda qon va uning komponentlari orqali yuquvchi infeksiya ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Odam immuntanqislik virusi birin birinchi marta 1983 va 1985 yillarda ikki tadqiqotchi-olimlar (Montane va Galo) tomonlaridan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda aniqlandi va kasallikka sezuvchan hisoblangan IFA yordamida OIV-infeksiyasini tashhislash usuli ishlab chiqildi. Bu tadqiqot OIV-infeksiyasi tarqalishini baholashga imkon yaratdi. Butun dunyoda, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda, ko‘p sonli OIV antitanachalarini tashib yuruvchilar aniqlangandan so‘ng, OIV-infeksiyasi pandemiya shaklini olganligi aniq bo‘lib qoldi. Bemorlar qonida SD4+ limfotsitlar soni (immunosupressiya ko‘rsatkichi sifatida) bilan OIVga qarshi antitelolar aniqlanishi, OIV-infeksiyasini kechishi turlicha ekanligini: hech kanday belgilarsiz tashib yurishdan to OITS kasalligi belgilarini yaqqol namoyon bo‘lib kechishigacha bo‘lishini ko‘rsatdi.
OIV retroviruslar oilasi, lentiviruslar turiga kiradi («lenti» -sekinlashgan, uzoq davom etuvchi). Retroviruslarning o‘ziga hos hususiyati - genomini noyob tuzilganligi va qayta transkriptaza fermenti (RNKga bog‘liq DNK-polimeraza) borligi hisoblanadi. Virus tarkibida qayta transkriptaza borligi genetik ma’lumotlarni teskari (qayta) - DNKdan RNKga emas, balki RNKdan DNKga tomon yo‘nalishini ta’minlaydi.
OIVni 2 ta antigen shtammlari farqlanadi – OIV-1 va OIV-2. O‘zbekistonda inson uchun eng xavfli va yuqumli bo‘lgan OIV-1 shtammi ko‘p tarqalgan, OIV-2 shtammi esa faqatgina g‘arbiy Afrikada uchraydi.
OIV ko‘payishi ma’lum xujaylar bilan bog‘liq bo‘lib, u faqat yuzasida SD4+ retseptorlar bo‘lgan hujayralarning ichiga kira olish hususiyatiga egadir. Virus hujayra ichiga kirgach, u bilan bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Bu retseptorlarni asosan asab tizimining nospetsifik elementiga kiruvchi, shu bilan birga qon, limfa va to‘qima suyuqligi bilan aylanib yuruvchi hujayralar saqlaydi. OIV asab tizimining turli hujayralarida ham topilgan. Bu infeksiyaning kechishida markaziy asab tizimining zararlanishi katta klinik ahamiyatga ega bo‘lib, seroz meningit, ensefalopatiya va mielopatiya bilan namoyon bo‘ladi.
OIV yuqtirib olganlarning ko‘p qismida ich ketishi va ozib ketish kuzatilib, bu ichaklar epiteliyasini zararlanishi bilan bog‘liqdir. Agressiv virus ta’sirida SD4+ hujayralarni tezda parchalab, immunitetning hujayra bo‘g‘ini faoliyatini izdan chiqaradi. Bu o‘z navbatida bakteritsid ta’sirni, killerlik va o‘smalarga qarshi ta’sirini pasaytirib tashlaydi. Bu esa opportunistik infeksiyalarni rivojlanishi, autoimmun jarayonlar, xavfli o‘smalar paydo bo‘lishi va asab tizimining zararlanishiga olib keladi.
Virusning hayot sikli 1-2 sutka davom etib, juda tez ko‘payishi sababli, shu vaqt mobaynida 1 milliardga yaqin virus paydo bo‘ladi va organizmda uning juda katta miqdorda to‘planishi kuzatiladi.
Infeksiya manbai bo‘lib OIV–tashuvchi hisoblanadi. Virus tashib yurish 3 oydan 10 yilgacha va undan uzoqroq davom etishi mumkin. Bemor organizmida OIV quyidagi biologik suyuqliklarda:
Qon
Sperma
Qindagi ajralma
Ko‘krak sutida eng ko‘p miqdorda topilishi isbotlangan.
Ter, so‘lak, siydik, ko‘z yoshi va najasda ushbu virus juda kam miqdorda topilib, bular orqali infeksiyani yuqish xafvi juda kichikdir. Lekin qon aralashgan xar qanday biologik suyuqlik yuqish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |