IV- Klinik bosqichi
OIV kaxeksiyasi.
Pnevmotsistli zotiljam.
Serebral toksoplazmoz.
1 oy va undan ko‘proq vaqt davomida ich ketishi bilan kechuvchi kriptosporidioz.
O‘pkaga bog‘liq bo‘lmagan kriptokokkoz.
Jigar, qoratalog‘ va limfa tugunlaridan tashqari, turli organlar zararlanishi bilan kechadigan sitomegalovirusli infeksiya (masalan, retinit).
Oddiy gerpes virusi chaqirgan, ichki organlarning yoki surunkali (1 oydan ko‘proq) teri va shilliq qavatlarning zararlanishi bilan kechadigan infeksiyalar.
Kuchayib boruvchi multifokal leykoensefalopatiya.
Turli disseminatsiyalangan endemik mikoz.
O‘pka, bronxlar, traxeya, qizilo‘ngach kandidozi.
Atipik mikobakteriyalar chaqirgan disseminatsiyalangan infeksiya.
Salmonellezli septitsemiya.
O‘pkadan tashqari sil.
Limfoma.
Kaposhi sarkomasi.
OIV–ensefalopatiya.
OIV–infeksiyasi – boqichma-bosqich kechuvchi, ko‘p sonli turli omillarga bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayondir. Kasallikning tabiiy kechishi o‘z ichiga yuqish davri, o‘tkir isitma davri, serokonversiya, simptomsiz davri, klinik ko‘rinishlar paydo bo‘lish\OITS davri va terminal davrlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |